Marcos Leonardo

From Wikipedia, the free encyclopedia

Marcos Leonardo

Markos Leonardo Santos Almeida ((Brazilian Portuguese: [ˈmaʁkuz leoˈnaʁdu]); 2003-yil 2-mayda tugʻilgan), Markos Leonardo nomi bilan tanilgan, „Santos“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydigan braziliyalik futbolchi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Marcos Leonardo
Thumb
2022-yilda Markos Leonardo Santos safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcos Leonardo Santos Almeida[1]
Tavallud sanasi 2-may 2003-yil (2003-05-02) (21 yosh)[1]
Tavallud joyi Itapetinga, Braziliya
Boʻyi 1.75 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Santos
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014–2020 Santos
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020– Santos 130 (43)
2023–2024 Benfica 17 (8)
2024– Al Hilal 3 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Braziliya U16 5 (2)
2021– Braziliya U20 13 (15)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-iyun uchun)
Yopish

Klub karerasi

Thumb
Markos Leonardo 2022-yilda Santos bilan

Baiya shtatining Itapetinga shahrida tugʻilgan Markos Leonardo 2014-yil may oyida San-Pauluning Taubate shahriga koʻchib oʻtgan[2]. 2014-yilda Santos jamoasining yoshlar tarkibiga qoʻshilgan[3]. 2019-yil 23-oktyabrda klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan va uch yillik shartnoma imzolashga rozi boʻlgan[4].

2020-yil 21-iyulda Markos Leonardo Campeonato Paulista ligasida roʻyxatdan oʻtgan besh nafar yosh bitiruvchilardan biri edi[5]. U oʻzining professional debyut oʻyinini 20-avgust kuni oʻtkazgan va Yeferson Soteldo oʻrniga ikkinchi boʻlimda „Sport Recife“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) maydonga tushgan[6].

2020-yil 15-sentyabrda Markos Leonardo Libertadores kubogi debyutini „Olimpia“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[7]. Leonardo 4-oktyabr kuni oʻzining birinchi professional golini kiritgan[8].

2020-yil 20-oktyabrda Markos Leonardo Defensa y Justicia jamoasi qarshi oʻyinda gol urdi va Libertadoresda gol urgan oltinchi eng yosh va toʻrtinchi eng yosh braziliyalik futbolchiga aylangan[9].

2022-yilning 15-yanvarida Markos Leonardo „Santos“ bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirishga rozi boʻlgan[10]. U soʻzsiz jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va keyingi yillarda klub uchun muntazam ravishda gol urishni boshladi va 2023-yil 8-oktyabrda „Palmeyras“ klubiga qarshi oʻyindan soʻng klub tarixidagi 50 ta eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylandi[11].

Terma jamoadagi faoliyati

Markos Leonardo 2019-yilgi Montaigu turniri va UEFA taraqqiyot turnirida Braziliyani 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi tarkibida oʻynagan[12]. 2021-yil 12-fevralda u va „Santos“dagi jamoadoshi Renyer Braziyaliyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan[13].

Shaxsiy hayot

Markos Koringa nomi bilan tanilgan Markos Leonardoning otasi ham futbolchi va hujumchi boʻlgan. Biroq, u faqat oʻzining tugʻilgan Baiya shahridagi havaskorlar turnirlarida ishtirok etgan[14].

Faoliyat statistikasi

2023-yil 7-dekabr[15]
Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻtkazgan oʻyinlar va gollar natijalari
Klub Mavsum Liga Paulista Braziliya kubogi Xalqaro Jami
Boʻlim Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Santos 2020 Seriya A 18 4 0 0 1 0 3 [izoh 1] 1 22 5
2021 yil 16 5 7 0 6 1 11 [lower-alpha 1] 1 40 7
2022 35 13 12 4 6 2 4 [izoh 2] 2 57 21
2023 yil 31 13 11 4 4 3 3 [izoh 2] 1 49 21
Karyera jami 100 35 30 8 17 6 21 5 168 54
Yopish
  1. Libertadores kubogida toʻqqizta oʻyin va bitta gol, Sudamerikana kubogida ikkita oʻyin

Yutuqlar

Individual

Manbalar

Eslatmalar

Havolalar

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.