Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2020–2025)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining senatorlaridan iboratdir. Parlamentning quyi palatasi kabi Senat ham mamlakatning asosiy vakillik organi bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi[1]. Oliy Majlis Senati Oʻzbekistonda alohida siyosiy institut bo‘lib, keng vakolatlarga ega bo‘lib, qonun ijodkorligi jarayonining yaxlit tizimida, jumladan, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan o‘zaro hamkorlikda muhim o‘rin egallaydi. Oliy palataning nazorat funksiyalarini amalga oshirish parlament faoliyatining asosiy elementlaridan biri sifatida barcha darajadagi qonunlarning to‘g‘ri tatbiq etilishiga, har bir shaxsning huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlashga qaratiladi[2]. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.