Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Zulayho Mahkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi[1].
Zulayho Mahkamova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2022-yil 1-martdan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1968-yil Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani |
1968-yil Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.
1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga o'qishga kirib, 1986-yilda a'lo baholar bilan o'qishni tamomlagan, shundan so'ng 1986-yili Namangan Davlat Pedagogika Institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[2].
Mehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, bo'lim mudirasi, katta o'qituvchi), 1998-2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011-2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017-2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan[2]. Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.[3]
2022-yil 1-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlab kelmoqda[1].
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.