Senator From Wikipedia, the free encyclopedia
Matmuratov Batir Djoldasovich (1960-yilning 10-oktyabr sanasida tavallud topgan) — Millati oʻzbek. Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Maʼlumoti oliy va mutaxasisligi iqtisodchi va huqushunos[1][2]. Shuningdek yuridik fanlari nomzodi hamda dotsent[3].
Batir Matmuratov | |
---|---|
Tavalludi | 1960-yil, 10-oktyabr |
Mukofotlari | “Sodiq xizmatlari uchun” medali |
Batir Djoldasovich 1960-yilning 10-oktyabr kunida Oʻzbekiston Respublikasida tavallud topgan.
2020-yil 20-yanvar kungi Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida bir qancha masalalar koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga Batir Matmuratov nomzodligi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi lavozimiga taklif qilingan. Qarshi ovozlar mavjud boʻlmadi Senator lavozimiga saylandi[4]. 2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medalini qoʻlga kiritdi[1].
Botir Matmuratov korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida, 2017-yildan oldin korrupsiyaga oid deyarli hech qanday qatʼiy qonun-qoidalar mavjud boʻlmaganligi yoki tubdan oʻzgarib chiqilmaganligini aytib oʻtadi. Shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi organlar korrupsiyaga qarshi kurashda mustaqil boʻlishlarini taʼminlashi kerakligi, shu yoʻnalish yaxshi rivojlanmaganligi hamda baʼzi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hokimiyat organlari bilan birlashib ketganligi, hamda bu holat davom etaversa, hech qachon bu idoralar mustaqil boʻlsa olmasligini takidlaydi[5].
Bu borada tibbiyot sohasida korrupsiya mavzusiga esa shunday fikr bayon etadi:
Albatta, shifokorlarga, hamshiralarga og‘ir gap aytishning o‘zi qiyin. Sababi ularning faoliyati murakkab. Lekin hamma sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyotda ham nopok kimsalar uchrab turadi. Endi bir jihat – biz xalqimizning o‘zida korrupsiyaga qarshi murosasizlikni kuchaytirishimiz kerak. Ko‘pchilik qaysidir shifokor dang‘illama uy qursa, qimmatbaho mashina minsa, «qandingni ur» deb maqtab qo‘yadi. Aslida u necha kishining ko‘z yoshlari evaziga bu boylikni to‘plagan.
— Batir Matmuratov
Bu fikrlari orqali, xalq orasida ham korrupsiyaga qarshi birga harakat qilishni tadbiq etish hamda barcha shifokorlar ham korrupsiyaga yoʻl qoʻymasligi haqida aytib oʻtadi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.