From Wikipedia, the free encyclopedia
Mirzayev Zoir Toirovich (oʻzbekcha: Мирзаев Зоир Тоирович; 10-mart 1968-yil, Samarqand) – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2010-yildan), Samarqand viloyati hokimi (2010-2016), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri (2016-2018), Qashqadaryo viloyati hokimi (2019-2021)[2][3], Toshkent viloyati hokimi (2021-yildan)[4].
1968-yil 10-martda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti – oliy. 1994-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[5].
1984—1989-yillarda – Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi „X.Nizomatov“ kolxozining ishchisi, 1994—1995-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining iqtisodchisi, 1995—1996-yillarda – Jomboy tumani hokimligi moliya boʻlimi mudirining oʻrinbosari, 1996—1997-yillarda Samarqand viloyati Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi bosh inspektori, 1997-2000-yillarda – Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi, 2000—2001-yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasining boshligʻi, 2003—2004-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi, 2004—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2008—2010-yillarda – Samarqand shahar hokimi, 2010-yil 17-dekabrdan 2016-yil 15-dekabrgacha Samarqand viloyati hokimi[6], 2016-yildan 2018-yilgacha Bosh vazir oʻrinbosari – Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari, 2018-yilda qisqa muddat Bosh vazir oʻrinbosari – agrosanoat, oziq-ovqat va xalq isteʼmol mollari majmuasi rahbari vazifalarida mehnat qilgan. 2018-yil 28-oktabrda Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻoln tumanida bir guruh fermerlarning ariqqa tushirilishi voqeasi ortidan ishdan olingan[7][8] 2018-yil 6-noyabrdan 2019-yil 26-oktabrgacha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi[9], 2019-yildan 2021-yilgacha Qashqadaryo viloyati hokimi[10] vazifalarida ishladi. 2021-yildan – Toshkent viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, 2023-yil Zoir Mirzayevning Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanishi haqida xabarlar ham tarqaldi. Biroq, Toshkent viloyatining amaldagi hokimi hozirda oʻz vazifasini bajarib kelmoqda.
2024-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[11]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.