oʻzbek davlat arbobi, senator From Wikipedia, the free encyclopedia
Ushbu maqola pedagog haqida. Iqtisodchi haqida Jamshid Xoʻjayev maqolasiga qarang.
Jamshid Baxtiyorovich Xoʻjayev (1987-yil 3-iyun, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani) – oʻzbekistonlik pedagog va senator. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi. Navoiy viloyati hokimining oʻrinbosari.
2008-yilda Navoiy pedagogika institutini milliy istiqlol gʻoyasi yoʻnalishida tugatgan. Qiziltepa tumanida 15-maktab oʻqituvchisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2010—2015-yillarda Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi Navoiy viloyati boʻlimida turli lavozimlarda ishlagan. 2015—2017-yillarda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyati kengashi raisi lavozimlarda ishlagan[1].
2017—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi raisi boʻlgan. 2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi[2].
2021-yil 23-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevga birinchi oʻrinbosar boʻldi[3][4][5].
2023-yil 15-avgust kuni Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi[6].
2017-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.