From Wikipedia, the free encyclopedia
Narimon Majitovich Umarov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2020-yildan), Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi (2015-2020), partiyadan prezidentlikka nomzod[1] boʻlgan.
Narimon Umarov | |
---|---|
Adolat partiyasi raisi | |
Mansab davri 2013-yildan – 2020-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Dilorom Toshmuhamedova |
Vorisi | Bahrom Abduhalimov |
Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2009-yil – 2013-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Boriy Alixanov |
Vorisi | Baxtiyor Abdusamatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-mart 1952-yil Toshkent |
Mukofotlari |
1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
1974-yilda „Gidroenergeo“ ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.
1997-2009 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshligʻi.
2009-2013 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, „Ekosan“ ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi raisi.
2013-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston „Adolat“ SDP Siyosiy Kengashi raisi.
2014-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
2015-yildan 2020-yilgacha Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari.
2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qoʻmitasi raisi[2]
Oilali. Uch nafar farzandi bor.
2020-yil 26-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.