From Wikipedia, the free encyclopedia
Azamat Ziyo (toʻliq ismi: Azamat Ziyo Hamid oʻgʻli; 1963-yil 23-iyun, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — davlat hamda jamoat arbobi, akademik[1][2][3][4]. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi[5]. „Milliy tiklanish“ partiyasi aʼzosi[6]. „Oʻzbekiston tarixi“ jurnali bosh muharriri[7]. 1963-yil 23-iyun kuni Toshkentda, taniqli oʻzbek tarixchi-olimi Hamid Ziyoev (1923—2015) oilasida tugʻilgan.
Azamat Ziyo | |
---|---|
Tavalludi |
23-iyun 1963-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Mashhur ishlari |
Oʻzbek davlatchilik tarixi Oʻzbek ayollari tarix sahnasida Amir Temur xorijda Amir Temur va Tugʻluq Temur Oʻzbekistonda Firdavsiy hayoti va ijodini oʻrganishga doir Temur tugʻilgan joy va masalasiga doir Temuriylar davri Hindiston tarixnavisligi |
Mukofotlari |
„Shuhrat“ medali Doʻstlik ordeni |
Azamat Ziyo 1985-yili Toshkent davlat universitetining (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitet) Sharq tillari fakulteti Eron boʻlimini bitirgan.1985—1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining katta laboranti, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi[8].
1990-yildan tarix fanlari nomzodi (disertatsiya mavzusi: „Silsilat as-salotin tarixiy manba sifatida“), 1999-yildan tarix fanlari doktori (disertatsiya mavzusi: „Oʻzbek davlatchiligi tarixidan“ (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). Azamat Ziyoga 2007-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[manba kerak].
1997—2000-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti Devoni Axborot markazi tahlil guruhining bosh konsultanti, Oʻzbekiston Prezidentining matbuot kotibi, Oʻzbekiston Prezidentining Ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi. 2019-yili Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori etib tayinlangan[9].
Azamat Ziyoning deyarli yigirma yillik faoliyati oʻzbek parlamentida kechgan: 2000—2005-yillarda Oliy Majlis Yoshlar ishlari qoʻmitasining raisi, 2005—2010-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, 2010—2019-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi[8].
1998-yildan Oliy Majlis deputati, 2005-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 2020-yildan Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi aʼzosi, Oliy Majlis Senati aʼzosi[10].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.