From Wikipedia, the free encyclopedia
Andijon shahridagi Prezident maktabi – 2021-yil 28-oktyabr kuni Andijon shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Bitiruvchilarning xalqaro malaka imtihonlarini topshira olishini taʼminlash maqsadida oʻzlari qiziqqan tanlov fanlari boʻyicha chuqur oʻqitiladi. Muassasada 11-sinf oʻquvchilari Cambridge Assessment tomonidan tashkil etiladigan imtihonlarni topshiradi .
Andijon shahridagi Prezident maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Andijon shahri, Andijon viloyati Oʻzbekiston, | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Prezident maktabi |
Asos solingan sanasi | 2021-yil 28-oktyabr |
Mutaxassislar | Mahalliy 23 ta, chet ellik 5 ta |
Direktor | Doniyorbek Axmadaliyev |
Faculty | Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari |
Sinflar | 5-sinfdan 11-sinfgacha |
Gender | aralash (oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda oʻqitiladi) |
Til | Oʻzbekcha Inglizcha |
Tuition | bepul |
Website | Andijon shahridagi Prezident maktabi |
Website | https://andijanps.uz |
Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi. Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim .
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi
.Andijon shahardagi Prezident maktabiga 2021–2022-oʻquv yilida maktabga 10 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan .
Andijon shahridagi prezident maktabi Alisher Navoiy Shox koʻchasida joylashgan Andijon shahar hokimligi va tahririyat binolarining oʻrnida bunyod etilgan[2][3][4][5]. Maktab 86 mlrd soʻmlik loyiha asosida 7,5 oy davomida qurilgan[6]. Andijon shahrida Prezident maktabi 2021-yil 28-oktyabr kuni ochilgan[7][8][9]. Oʻquv muassasasiga dastlab 10 ming nafar maktab bolalari imtihon topshirgan. Shundan 144 nafari saralab olingan[10]. Ularga taʼlim berish uchun 50 nafar tajribali pedagoglar jalb qilingan, shulardan 5 nafari xorijlik mutaxassislar hisoblanadi. Oʻquvchilari bilan birga 23 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Muassasasida 23 nafar tarbiyachilar bolalarning taʼlimdan tashqari paytdagi boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun masʼul.
Maktab standart texnik jihozlar hamda nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan jihozlangan[11]. Taʼlim muassasasida tibbiyot xonasi mavjud boʻlib oʻquvchilar sogʻliqlari doimiy nazoratda, oʻquv muassasasida sportga katta eʼtibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan taʼminlangan, choʻmilish havzasi, basketbol hamda futbol maydonchalari oʻquvchilar ixtiyorida. Maktab kutubxonasida badiiy va oʻquv adabiyotlari mavjud boʻlib oʻquvchilar ulardan oʻzlarining boʻsh vaqtlarida foydalanidi[12].
Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan[11].
Prezident maktabiga 4-sinfni tamomlagan oʻquvchilar qabul qilinadi[13]. Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim[14].
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi[13].
Qabul komissiyasiga oʻquvchining quyidagi hujjatlari elektron tarzda „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ sayti orqali onlayn topshiriladi: tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi, tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasi[izoh 1], 3x4 oʻlchamdagi rasm[izoh 2], baholar tabelining nusxasi[izoh 3], oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasporti maʼlumotlari[15]. Agarda hujjatlarni topshirishda kamchiliklar kuzatilsa, ularni 48 soat ichida tuzatib, qayta joʻnatish talab etiladi[16].
Prezident maktabiga kirish imtihonlarini oʻtkazish muddati va joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalar qoʻllangan holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish, talabgorlarga kirish imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taʼqiqlanadi. Ushbu talablar buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar[17].
Prezident maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich saralash imtihoni hisoblanib, matematika fanidan 30 ta test topshirigʻidan iborat. 2-bosqich tanqidiy fikrlash (16 ta masala), muammoni yechish boʻyicha (24 ta masala) va ingliz tilidan test savollaridan iborat[izoh 4]. Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi. Oʻtgan yillarga tegishli boʻlgan baʼzi bir test naʼmunalari „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytiga yuklab borilishi mumkin[18].
Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot „Cambridge Assessment“ tomonidan amalga oshiriladi[17]. Kirish imtihonlari (1–2 bosqich) natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi. Talabgor oʻquvchi Prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy vakillari oʻquvchining Prezident maktabida haftada 5 kun davomida internat shaklida taʼlim olishiga rozilik bildirishi talab etiladi[19].
Prezident maktabiga oʻqishga kira olmagan 5-sinf oʻquvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin[20].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.