From Wikipedia, the free encyclopedia
Pasport (frans. passeport — portga kirish ruxsatnomasi) — ayrim davlatlarda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining P.i — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqdovchi asosiy hujjatdir. Oʻzbekiston Respublikasi da P. berish va undan foydalanish, qayd etish, roʻyxatdan chiqarish tartibi, shuningdek, P. tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida"gi Nizom bilan belgilanadi. Mazkur Nizomga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlgan barcha fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi fukarosi P.iga ega boʻlishlari shart. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. P. xorijga joʻnab ketish chogʻida ham amal qiladi. Xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻri-sida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1992-yil 2-iyul)ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida"gi qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida do-imiy yashab turgan shaxslarga, "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisi-da"gi qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga ham beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.ini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi P.i butun Oʻzbekiston Respublikasida yagona namunada oʻzbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, uzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat boʻladi. P.ga uzbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar yoziladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; tugʻilgan yili, kuni, oyi; tugʻilgan joyi; millati; jinsi, shaxs uxshashligini aniqdash raqami. P.da uning egasining imzosi, P. bergan masʼul shaxs imzosi bulishi, shuningdek, P. berilgan vaqt va amal qilish muddati koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, P.ga: balogʻatga yetmagan bolalarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kuni, oyi; har-biy xizmatga munosabati toʻgʻrisidagi; nikoxdan utish va nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi; pasport egasining yashaydigan va doimiy qayd etilgan joyi haqidagi; vaqtincha qayd etilgani toʻgʻri-sidagi; chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi; xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi maʼlumotlar yoziladi. Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga tUlganda ichki ishlar organlari ularga yangi P. beradi. 45 yoshga toʻlgan fuqarolar P.ining amal qilish muddati cheklanmaydi. P. tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va ma-halliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar. Fuqarolar: P.siz, yoki haqiqiy boʻlmagan P. bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, P.ni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda P.lardan gʻarazli maqsadlarda foydalanganlik, P.ni avaylab saqlamay uni yuqotganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi krnunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.