From Wikipedia, the free encyclopedia
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi — 2021-yil 6-noyabr kuni Fargʻona shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[3]. Maktabga Kanada, AQSH, Filippin, Yangi Zelandiya, Zimbabve va Yamayka kabi xorijiy davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan[1]. Ular bilan birga 22 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi[4].
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Qashqar koʻchasi Fargʻona shahri, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston, | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Prezident maktabi |
Asos solingan sanasi | 2021-yil 6-noyabr |
Mutaxassislar | Mahalliy 22 ta, chet ellik 10 ta[1]. |
Direktor | Mo'minov Obidxon Norxo'jayevich[2]. |
Til | Oʻzbekcha Inglizcha |
Website | Fargʻona shahridagi Prezident maktabi |
Fargʻona shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 6-noyabrda ochilgan. Oʻquv kompleksi qurilishi uchun 80 milliard soʻm sarflangan[1]. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, shuncha oʻrinli yotoqxona, oshxona, sport zali, bosseyn va 15 oʻrinli oʻqituvchilar yotoqxonasi mavjud[3]. 2021-yilda 10 mingga yaqin talabgorlar ushbu maktabda oʻqish istagini bildirgan va ulardan 144tasi imtihon asosida oʻqishga qabul qilingan[3]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin[4].
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona viloyat boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.