From Wikipedia, the free encyclopedia
Ozarbayjon diasporasi – ozarbayjonlarning oʻz tarixiy vatanlaridan tashqarida undan uzoqda yashayotgan etnik guruhlari va ularning ijtimoiy faoliyatlari.
Bugun taxminan dunyodagi 50 millionda oshiq ozarbayjonlarning[1]deyarli 10 milliondan oshigʻi hozirda muhojirlikda yashaydi. Hozirda dunyoning 5 qitʼasida yashovchi ozarbayjonlar – oʻzlari yashayotgan mamlakatlarninig siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy faoliyatlari, sharoitlari va maʼnaviy qadriyatlari singari xilma-xildir.
XX asr boshlarigacha Ozarbayjondan xorijga koʻchib ketgan ozarbayjonlarning shaxsiy guvohnomalarida „Rossiya fuqarosi“ deb yozilishi – ularning millati „rus“ deb koʻrsatilishiga sabab boʻladi. Oʻsha paytda qoʻshni Rossiyaga koʻchib kelgan ozarbayjonlar „tatarlar“, Turkiyaga ketganlar esa „ozarbayjon turklari“ deb tanilgan va ro‘yxatga olingan. Bugungi Eronda yashovchi ozarbayjonlar „Eron fuqarolari“ sifatida koʻrsatildi.
Bunday noxush holat xorijda yashayotgan ozarbayjonlarni rus, turk va fors diasporalarining bir qismi sifatida qabul qilishga olib keldi, buning natijasida ozarbayjonlar boshqa xalqlar diasporasiga singib ketish xavfiga duch keldi. Biroq, muammolar va qiyinchiliklarga qaramay, ozarbayjonlar oʻzlarining milliy oʻziga xosligi, anʼanalari, axloqiy qadriyatlarini doimo saqlab kelgan va tarixiy vatan bilan aloqani yoʻqotmagan.
Ozarbayjonlar asosan Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikada istiqomat qilishadi. AQShda 1 million, Argentinada 12 000, Braziliyada 75 000 , Kanadada 170 000 va Meksikada 27 000 bor. Amerika qitʼasida joylashgan Gonduras, Gvatemala, Perularda ham ozarbayjonlar istiqomat qilishadi. Hozirda ularning aniq soni aniqlashtirilmoqda.
Amerikada yashovchi ozarbayjonlarning aksariyati Erondan kelgan muhojirlardir. Undan tashqari 1970 -yildan buyon Turkiyadan, 1991 -yildan buyon Ozarbayjondan ayrim ozarbayjonlar oqimining bu yerga koʻchib kelishi diasporaning tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Yevropa – ozarbayjon diasporasi geografiyasi va soni boʻyicha eng katta boʻlgan ikkinchi qitʼadir. Soʻnggi statistik maʼlumotlarga koʻra, Yevropadagi ozarbayjonlar soni Turkiya va Rossiyada 3,5 million, Ukraina va Belarusda, Germaniya, Buyuk Britaniyada yuz minglab, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Vengriya, Fransiya, Italiya oʻng minglab, Polsha, Ispaniyada, Avstriya, Albaniya, Finlandiya, Portugaliyada oʻn mingdan ortiq ekanligi maʼlum qilinmoqda. Shuningdek, Chexiyada 25 ming ozarbayjonlik istiqomat qiladi. Boshqa Gʻarb davlatlarida yashovchi ozarbayjonlar soni har bir davlatda mos ravishda 2000 dan 10000 gacha miqdordadir.
Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Shveysariya va Germaniyada yashovchi ozarbayjonlarning aksariyati Turkiyadan koʻchib kelgan ozarbayjonlardir. Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Polsha, Avstriya, Estoniya, Belarusiya, Rossiya, Ukraina, Moldova va Fransiyadagi hamyurtlarimiz Eron va Ozarbayjon Respublikasidan kelgan muhojirlardir.
Ozarbayjon diasporasining uchinchi yirik qismi Osiyoda joylashgan. Ular Bangladesh, Hindiston, Afgʻoniston, Pokiston, Iordaniya va Markaziy Osiyoda yuz minglab, Indoneziya, Yaman Arab Respublikasi, Yaman Demokratik Respublikasi, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Saudiya Arabistonida oʻn minglab kishilarni tashkil etadi. Suriya va Iroqda esa millionga yaqin ozarbayjonlar istiqomat qiladi.
Afrika qitʼasida yashovchi ozarbayjonlar soni Misr va Jazoirda yuz minglab, Sudanda 17 ming kishini tashkil etadi. Yaqinda olib borilgan izlanishlar natijasida ozarbayjonlarning Janubiy Afrika Respublikasi va Zairda ham istiqomat qilayotganligi aniqlandi.
Avstraliyada 10 mingga yaqin ozarbayjonlar istiqomat qilayotgani haqida maʼlumotlar bor.
Ozarbayjon diasporasining shakllanish tarixi bir necha bosqichlarga boʻlinadi:
Ozarbayjon Respublikasi, Eron, Gruziya, Iroq, Suriya, Turkiya va Dogʻistonda yashovchi etnik ozarbayjonlardan tashqari, Ozarbayjondan tashqari boshqa mamlakatlarda yashovchi ozarbayjonlar ham ozarbayjon diasporasini tashkil qiladi.
# | Mamlakat | Poytaxt | Ozarbayjonlar yashaydigan joy | Ozarbayjonlar soni | Tafsilotlar |
---|---|---|---|---|---|
1 | Eron | Tehron | Tabriz, Ardabil, Urmiya, Zanjon, Hamadon, Qazvin, Tehron, Mashhad . | 35 000 000[2][3] | Eron ozarbayjonlari |
2 | Rossiya | Moskva | Moskva, Derbent, Krasnodar, Rostov, Saratov, Yekaterinburg | 7-10 000 000 (2002-2019) | Rossiya ozarbayjonlari |
3 | Turkiya | Anqara | Istanbul, Kars, Igdir, Ardaxon | 5 500 000 (2016) | Turk ozarbayjonlari |
4 | Gruziya | Tbilisi | Tbilisi, Marneuli, Qardabani, Bolnisi, Dmanisi, Saqareko | 1 000 000 (2010) | Gruziya ozarbayjonlari |
5 | Qozogʻiston | Nur-Sulton | Nur-Sulton, Olmaota | 100 000 (2010) | Qozogʻiston ozarbayjonlari |
6 | Germaniya | Berlin | Berlin, Bremen, Gamburg, Mayns, Frankfurt- Mayn, Myunxen | 300 000 | Germaniya ozarbayjonlari |
7 | Ukraina | Kiev | Kiev, Odessa, Lvov, Simferopol, Sevastopol | 500 000 (2017) | Ukraina ozarbayjonlari |
8 | Nederlandiya | Amsterdam | Amsterdam, Rotterdam, Gaaga | 18 000 (2008)[4] | Gollandiya ozarbayjonlari |
9 | Angliya | London | London | 170 000 (2016)[5] | Britaniya ozarbayjonlari |
10 | AQSH | Vashington | Vashington, Nyu-York, Los-Anjeles, Xyuston, Dallas | 400 000 (2000) –1 250 000[6][7] | AQSh ozarbayjonlari |
11 | Kanada | Ottava | Toronto, Ottava | 3465 (2006)[8] | Kanadalik ozarbayjonlar |
11 | Afgʻoniston | Kobul | Kobul, Hirot | 239 900 (2009)[9] | Afgʻon ozarbayjonlari |
12 | Polsha | Varshava | Vrotslav, Krakov, Katovitse | 6000 (2018) | Polsha ozarbayjonlari[10] |
13 | Vengriya | Budapesht | Debrecen, Pec, Seqed, Gyor, Dunauyvaros, Miskolc | 1500-2000 (2019) | Vengriya ozarbayjonlari |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.