Kanadadagi shahar From Wikipedia, the free encyclopedia
Toronto — Kanadaning sharqiy qismidagi shahar. Ontario provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001, shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). Transport yoʻllari tuguni. Ontario koʻli sohilidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdosanoat, moliya va madaniy markazi. Katta T.da mamlakat sanoat mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoklari: umumiy mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, radio elektronika, poligrafiya, kimyo, texnikrezina. Shuningdek, farmatsevtika, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Metropoliten qurilgan. 2 unt, Ontario qirollik muzeyi, badiiy galereya bor.
Toronto oʻrnida XVII asrda indeyslar qishlogʻi, XVIII asrda fransuzlarning savdo manzilgohi, keyinroq fort boʻlgan. 1793-yilda inglizlar kelib oʻrnashgan (1834-yilgacha Yorkdebatalgan). 1793—1841-yillarda inglizlar mustamlakasi Yuqori Kanadaning maʼmuriy markazi. 1837— 38 yillarda mustamlakachilarga qarshi kurash markazi boʻlgan.
Meʼmoriy yodgorliklaridan yogʻoch devorlar va York qalʼasi qoldiqlari, sud binosi va boshqa sakdangan. Zamonaviy binolardan 72 qavatli bino va balandligi 553 m li teleminora kurilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.