T/R |
Hukmronlik davri |
Hukmdorlik ismi |
Asl ismi |
Ota-onasi |
Muhim voqealar |
1. |
750 – 754-yil 8-iyun |
As-Saffoh |
Abulabbos Abdulloh |
|
|
2. |
754-yil 10-iyun – 775 |
Mansur |
Abū Jaʼfar Abdulloh |
|
- 754-yilda akasi xalifa As-Saffoh (abbosiylar sulolasining asoschisi) merosxoʻr etib tayinlagan.
- Al-Mansur 753-yilda (hijriy 136) Makkaga ketayotib, xalifa deb eʼlon qilinib, keyingi yili qasamyod qilgan[7].
- Bagʻdodning asoschisi va eng mashhur Abbosiy xalifalardan biri.
- Hukmronligi davrida qochqindagi Umaviy shahzodasi Abdurahmon I Andalusda Kordova amirligiga asos solgan (756).
|
3. |
775 – 785-yil 4-avgust |
Al-Mahdiy billoh |
Abū Abdulloh Muḥammad |
|
- Otasi merosxoʻr etib tayinlagan va otasining vafotidan soʻng, oʻrnini egallagan.
- Mahdiy oʻz hukmronligini bir qancha siyosiy mahbuslarni ozod qilish, Makka va Madinaning muqaddas joylarini kengaytirish va bezash, haj ziyoratchilari uchun favvoralar va yotoqxonalar qurishdan boshlagan. Pochta xizmatini kengaytirdi, maxfiy xizmatni rivojlantirdi, shaharlarni mustahkamladi va qozilar sonini koʻpaytirdi. Hayratlanarli miqdorda koʻp xayriyalar ham qilgan.
|
4. |
785-yil avgust – 786-yil sentyabr |
Al-Hodiy |
Abū Muḥammad Mūsā |
|
- Otasi tomonidan merosxoʻr etib tayinlangan va otasi vafotidan keyin hukmronligini boshlagan.
|
5. |
786-yil 14-sentyabr – 809-yil 24-mart |
Horun ar-Rashid |
Horun |
|
- Otasi al-Mahdiy tomonidan ikkinchi merosxoʻr etib tayinlangan. Akasi al-Hodiy vafotidan keyin 786-yilda hukmronligini boshlagan.
- Hozirgi Marokash hududi 788-yil Idrisiylar sulolasi hukmronligi oʻrnatilgunga qadar Abbosiylar qoʻl ostida boʻldi.
|
6. |
809-yil mart – 813-yil 24/25-sentyabr |
Muhammad al-Amin |
Abū Mūsā Muḥammad |
|
- Otasi Horun ar-Rashid tomonidan birinchi merosxoʻr etib tayinlanib, 809-yilda otasining vafotidan keyin hukmronligini boshlagan.
- Oʻgay akasi Abdulloh al-Maʼmunni merosxoʻrlik huquqidan mahrum qilishga harakat qilgan. 811-yilda Toʻrtinchi fitna nomini olgan fuqarolar urushi boshlandi. Amin Bagʻdod qamali natijasida taxtdan agʻdarilib, oʻldirilgan.
|
7. |
813-yil sentyabr – 833-yil 9-avgust |
Maʼmun |
Abul Abbos Abdulloh |
|
- Otasi tomonidan ikkinchi merosxoʻr etib tayinlangan. Oʻgay ukasi Amin merosxoʻrlikdan mahrum qilishga harakat qilgan. Aminni taxtdan agʻdarib, 813-yildagi fuqarolar urushidan keyin oʻgay ukasi Aminning oʻrniga xalifa boʻldi. Fuqarolar urushida gʻalaba qozondi.
- Tarjima harakatini yoʻlga qoʻydi, „Donishmandlar uyi“ni tubdan yangiladi. Turli sivilizatsiyalarga oid bilimlarni toʻplash va tarjima qilishda olimlarni tizimli qoʻllab-quvvatladi.
- Hukmronligi davrida xalifalik Oʻrta yer dengizi orollari hisobidan hukmronligini kengaytirdi. Ayniqsa, Krit amirligi tashkil etildi (824/827) va Sitsiliyani musulmonlar bosib olishi boshlandi (827).
- 833-yilda Maʼmun hukmronligining oxiriga kelib, Ibn Abu Duod xalifaning yaqin hamkoriga aylandi. Oʻlim toʻshagida yotgan Mamun unga ukasi va oʻrinbosari al-Muʼtasimga Ibn Abu Duodni oʻz maslahatchilari tarkibiga kiritishni tavsiya qildi[9].
|
8. |
833-yil 9-avgust – 842-yil 5-yanvar |
al-Muʼtasim billoh |
Abu Isʼhoq Muhammad |
|
- Akasi Maʼmun rasmiy ravishda oʻz vorisi etib tayinlamagan. Tabariy bergan maʼlumotga koʻra, Maʼmun oʻlim toʻshagida yotganida oʻz oʻrniga oʻgʻli Abbosni emas, balki ukasining nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida maktub yozgan.
- Turk gʻilmoni hokimiyat lavozimlarini egallay boshladi. Boshqaruvning harbiylashuvi va markazlashuvi kuzatildi.
- 833-yildan Abbosiy amaldori Ahmad ibn Abu Duod boshchiligida mihna instituti boʻlgan moʻtaziliylikni rasmiy qoʻllab-quvvatlash boshlandi.
- Samarra shahriga asos soldi. 836-yilda poytaxtni Samarraga koʻchirdi.
|
9. |
842-yil 5-yanvar – 847-yil 10-avgust |
al-Vosiq billoh |
Abu Jaʼfar Horun |
|
- Otasi Muʼtasim oʻgʻli va merosxoʻrining boshqaruv tajribasiga ega boʻlishi uchun harakat qilgan.
- Merosxoʻrlikka nomzodi otasi tomonidan koʻrsatilgan. Vosiq otasidan keyin xalifalik taxtiga oʻtirib, mamlakatni olti yil boshqargan. Vosiq shishish kasalligidan vafot etgan.
|
10. |
847-yil 10-avgust – 861-yil 11-dekabr |
Mutavakkil |
Jaʼfar |
|
- Yosh shahzoda sifatida 842-yilda akasi Vosiq amir al-hajj etib tayinlagan. Akasining hukmronligi davrida saroy aʼyoni boʻlib qolgan.
- Moʻtaziliylikni rasmiy qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatib, mihnani bekor qilgan (848/851). Anʼanaviy diniy eʼtiqodga qaytgan.
- Mutavakkil Abbosiylarning oxirgi buyuk xalifasi. Vafotidan keyin sulola tanazzulga yuz tutgan. Oʻgʻli Muntasir koʻmagida qoʻriqchilari tomonidan oʻldirilgan.
|
11. |
861 – 862-yil 7 yoki 8-iyun |
al-Muntasir billoh |
Abu Jaʼfar Muhammad |
|
- Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan.
- Xalifa Mutavakkil (847—861) vafotidan keyin oʻgʻillariga xalifalikni meros qilib olish imkonini beradigan vorislik rejasini tuzgan edi. Unga koʻra, oʻrniga birinchi boʻlib toʻngʻich oʻgʻli Muntasir, soʻngra Muʼtazz va uchinchi oʻrinda Muayyad oʻtirishi kerak edi[12]. Biroq, Muntasir rejani oʻzgartirishga harakat qilib, deyarli muvaffaqiyatga erishdi.
- Abbosiylar xalifaligi tanazzulga uchradi.
- Aksariyat Abbosiy xalifalari kabi oʻz qavmdoshlari boʻlgan Banu Hoshimga vaqf bergan.
|
12. |
862 – 866 |
al-Mustaʼin billoh |
Ahmad |
|
|
13. |
866 – 869 |
al-Muʼtazz billoh |
Abu Abdulloh Muhammad |
|
- Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan.
- Muʼtazz hukmronligi (866—869) davrida xalifalik markaziy hokimiyati tanazzulga uchrashining apogeyini va avtonom sulolalar paydo boʻlishi orqali ifodalangan siyosiy tarqoqlik tendensiyalarining eng yuqori choʻqqisi kuzatildi.
- Turkiy harbiy ofitserlar tomonidan agʻdarilgan.
|
14. |
869 – 870-yil 21-iyun |
al-Muhtadiy billoh |
Abu Isʼhoq Muhammad |
- Vosiq
- Qurb, yunon kanizak
|
- Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan.
- Muhtadiy hukmdor sifatida islom olamida yuqori mavqega ega boʻlgan umaviylar xalifasi Umar ibn Abdulazizga taqlid qilishga intildi.
- Samarradagi anarxiya yakunida turkiy harbiylar tomonidan oʻldirilgan.
|
15. |
870-yil 21-iyun – 892-yil 15-oktyabr |
Muʼtamid |
Abul Abbos Ahmad |
|
- Muʼtamid hukmronligi „Samarradagi anarxiya“ning tugashi va Abbosiylar hokimiyatining qayta tiklanishining boshlanishi bilan xarakterlidir. Ukasi Muvaffaq harbiylarning sadoqatini taʼminlagan va akasiga katta taʼsir koʻrsatgan bosh qoʻmondon edi.
- „Abbosiylar uygʻonishi“ning boshlanishi. Safforiylar qoʻzgʻolonining qaytarilib, Zanjilar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
- Misrda muxtor Tuluniylar sulolasining barpo etilishi, Movarounnahr, Fors, Sind va Panjob, Shimoliy Afrika, Oʻrta Sharq va Arabistonda Abbosiylar hukmronligining bosqichma-bosqich tanazzulga uchrashi.
|
16. |
892-yil oktyabr – 902-yil 5-aprel |
al-Muʼtazid billoh |
Abul Abbos Ahmad |
- Al-Muvaffaq, Abbosiy shahzoda va bosh qoʻmondon
- Dirar (Hariz), yunon kanizak
|
- Muʼtamidning jiyani boʻlgan. Oʻz ismini merosxoʻrlar qatoriga qoʻshib, amakivachchasini merosxoʻrlikdan mahrum qilgan. Amakisining vafotidan keyin taxtni egallagan.
- Muʼtazid hukmdor sifatida otasining qobiliyatlarini meros qilib olib, iqtisodiy va harbiy qobiliyati bilan ajralib turdi. Qattiqqoʻlligiga qaramay, Abbosiylarning eng buyuklaridan biriga aylandi.
- „Abbosiylar uygʻonishi“ oʻz choʻqqisiga chiqdi. Jazira, Tugʻur, Jibalda xalifa hokimiyatining tiklanishi.
- Poytaxtning Bagʻdodga qaytishi. Qarmatlarning missionerlik faoliyati va bosqinlarining boshlanishi.
|
17. |
902-yil 5-aprel – 908-yil 13-avgust |
al-Muktafiy billoh |
Abu Muhammad Ali |
|
- Otasi xalifa Muʼtazid merosxoʻrlikka nomzod qilib koʻrsatgan.
- Muʼtazid oʻzining toʻngʻich oʻgʻli va vorisi Ali al-Muktafiyni birinchi navbatda Ray, Qazvin, Qum va Hamadon viloyatlariga hokim etib tayinlash orqali vorislikka tayyorlagan.
- Hukmronligi davrida Abbosiylar Misr va Suriyani Tuluniylardan butunlay tortib oldilar. „Abbosiylar uygʻonishi“ davri tugadi.
|
18. |
908-yil 13-avgust – 929 |
al-Muqtadir billoh |
Abu Fadl Jaʼfar |
|
|
19. |
929 |
al-Qohir billoh |
Abu al-Mansur Muhammad |
|
- Birinchi hukmronlik davri.
- Bosh qoʻmondon Muʼnis al-Muzaffar ikki kunga hokimiyatga chiqargan.
|
(18) |
929 – 932-yil 31-oktyabr |
al-Muqtadir billoh |
Abu Fadl Jaʼfar |
|
|
(19) |
932-yil 31-oktyabr – 934 |
al-Qohir billoh |
Abu al-Mansur Muhammad |
|
- Ikkinchi hukmronlik davri.
- 932-yil 31-oktyabrda akasi taxtdan agʻdarilib, oʻldirilganidan keyin xalifalik taxtini egallagan.
|
20. |
934 – 940-yil 23-dekabr |
ar-Radiy billoh |
Abul Abbos Ahmad/Muhammad |
|
- Dastlab otasi Muqtadir tomonidan merosxoʻr etib tayinlangan. Amakisi Qohir vafotidan keyin taxtga oʻtirdi.
- Ar-Radiy koʻpincha oxirgi haqiqiy xalifa sifatida tilga olinadi. Jumladan, juma namozlarida nutq soʻzlagan, faylasuflar bilan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun majlislar oʻtkazgan yoki davlat ishlari boʻyicha maslahatlashgan oxirgi xalifa edi. Shuningdek, muhtojlarga nafaqa tarqatish yoki zolim zobitlarning qattiqqoʻlligiga qarshi turgan oxirgi xalifa ham edi.
|
21. |
940 – 944 |
al-Muttaqiy billoh |
Abu Isʼhoq Ibrohim |
|
- Soʻnggi Abbosiylar davrining boshlanishi.
- Akasi ar-Radiy vafotidan keyin harbiylar tomonidan tayinlangan.
- Amir ul-umaro Tuzun hokimiyatdan agʻdarib, koʻzini koʻr qilgan.
|
22. |
944-yil sentyabr – 946-yil 29-yanvar |
al-Mustakfiy billoh |
Abdulloh |
|
|
23. |
946-yil 29-yanvar – 974 |
al-Mutiy lilloh |
Abul Qosim al-Fadl |
|
- Amakivachchasi Mustakfiyning oʻrnini egalladi. Hukmronligi davrida buvayhiylarning taʼsiri kuchaydi.
- Buvayhiy amiri Muʼizz al-Davlaning qoʻllovi bilan hokimiyatni egallagan.
- Hukmronligining soʻnggi yillarida Abbosiylar Misr, Falastin va Hijoz ustidan nazoratni butunlay yoʻqotdilar.
- 970-yilda insultdan keyin boshlangan qisman falajlanish tufayli kuchsizlanib qolgan al-Mutiy sogʻligʻini bahona qilib taxtdan voz kechishga majbur boʻldi. Oʻrniga oʻgʻli Abdulkarim Toiy (h. 974–991) 5-avgust kuni taxtga chiqdi.
|
24. |
974 – 991 |
At-Toiy amrilloh |
Abdulkarim |
|
- Otasi al-Mutiy tomonidan merosxoʻr etib tayinlangan va 970-yilgi insultdan keyin boshlangan qisman falajlik tufayli otasi taxtdan voz kechgan.
- Hukmronligi davrida Suriya qarama-qarshi guruhlar – Fotimiylar va Karmatlar oʻrtasida parchalanib ketgan. Buvayhiylar esa ichki nizolashayotgan guruhlarga boʻlinib ketishdi. Buning ustiga Vizantiya imperatori John Tzimisces 975-yilda sharqqa hujum qilib, gʻalaba qozondi. Oʻn yetti yillik xalifalik qilgan aṭ-Ṭaʼiʼ 991-yilda taxtdan tushirildi.
- Buvayhiy amiri Baho ad-Davla tomonidan taxtdan tushirilgan.
|
25. |
991-yil 1-noyabr – 1031-yil 29-noyabr |
al-Qodir billoh |
Ahmad |
- Isʼhoq ibn al-Muqtadir, abbosiy shahzoda
- Tumna, kanizak
|
- Amakivachchasi xalifa Toiyning oʻrniga oʻtirgan.
- Hokimiyatni egallashini buvayhiy amiri Baho ad-Davla qoʻllab-quvvatlagan.
- Hukmronligi davrida musulmon hukmdorlariga sulton unvonini bergan. Sultonlar keyingi barcha Abbosiy xalifalarning diniy noiblari boʻlib qoldilar.
- Anʼanaviy sunniylikni qoʻllab-quvvatlagan. Bagʻdod manifestini nashr ettirgan.
|
26. |
1031-yil 29-noyabr – 1075-yil 2-aprel |
al-Qoim bi-amrilloh |
Abu Jaʼfar Abdulloh |
- Qodir
- Badr ad-Dija (Qatr al-Nido), arman kanizak
|
|
27. |
1075-yil 2-aprel – 1094-yil fevral |
al-Muqtadiy bi-amrilloh |
Abul Qosim Abdulloh |
- Muhammad ibn al-Qoim, abbosiy shahzoda
- Urjuvuan, arman kanizak
|
- Abbosiy shahzodasi Muhammad Zakirat va arman kanizak Ummu valaddan tugʻilgan[16].
- Saljuqiylar sultoni Malikshoh I xalifani sharaflagan. Hukmronlik davrida xalifalik Saljuqiylar sultonligining butun hududida tan olingan. Fotimiylardan qutulgan Muqaddas shaharlar bilan bilan birga Hijoz yana Abbosiylar yurisdiktsiyasini tan oldi.
|
28. |
1094-yil fevral – 1118-yil 6-avgust |
al-Mustazhir billoh |
Abul Abbos Ahmad |
- Muqtadiy
- Toif al-Afvo, misrlik kanizak
|
- Otasidan keyin xalifa boʻlgan. Soʻnggi Abbosiylar davrining mashhur xalifasi edi.
- Suriyada birinchi salib yurishining boʻlib oʻtishi. Mavdudning Levant sohilidagi musulmon yerlarini qayta egallash uchun salib yurishlariga qarshi kurashga hissa qoʻshgani bilan mashhur.
|
29. |
1118-yil 6-avgust – 1135-yil 29-avgust |
al-Mustarshid billoh |
Abu Mansur al-Fadl |
|
- Otasining oʻrniga xalifa boʻldi. Soʻnggi Abbosiylar davrining taniqli xalifasi va arab shoiri ham edi.
- Mustarshid oʻz vaziri Amiduddavlo Jaloliddin Hasan ibn Alini lavozimidan boʻshatib, qamoqqa tashladi. Oradan bir yil oʻtib Ahmad ibn Nizomulmulkni ham vazirlikdan boʻshatdi.
- Magʻribda Almohodlar imperiyasining tashkil topishi (1121). Almohadlar Abbosiylarga qarshi boʻlishgan.
|
30. |
1135-yil 29-avgust – 1136 |
Ar-Rashid billoh |
Abu Jaʼfar al-Mansur |
- Mustarshid
- Xushf, iroqlik kanizak
|
- Otasi merosxoʻr etib tayinlagan. Otasi suiqasd natijasida oʻldirilganidan keyin taxtni egallagan.
- Saljuqiylar sultoni Gʻiyosiddin Masʼud tomonidan taxtdan agʻdarilgan.
- Rashid Billohni saljuqiylar taxtdan agʻdargan va Isfahonga qochib ketgan. U yerda 1138-yil iyun oyida toʻrtta shia Nizoriy ismoiliylari (qotillar) tomonidan oʻldirilgan. Bu voqea Alamutda bir hafta nishonlangan[17].
|
31. |
1136 – 1160-yil 12-mart |
al-Muqtafiy li-amrilloh |
Abu Abdulloh Muhammad |
- Mustazhir
- Ashin, suriyalik kanizak
|
- Xalifa Mustarshidning ukasi va Ar-Rashid Billohning amakisi.
- Muqtafiy soʻnggi Abbosiylar davrida muvaffaqiyatli armiya tuza oldi. Ilgari xalifalar saljuqiylarga harbiy jihatdan qaram edi.
- Saljuqiylarning Bagʻdodni qamal qilishi (1157) muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Xalifaning soʻnggi Abbosiylar davridagi siyosiy va harbiy taʼsiri qayta tiklandi.
|
32. |
1160-yil 12-mart – 1170-yil 20-dekabr |
al-Mustanjid billoh |
Abu Muzaffar Yusuf |
- Muqtafiy
- Thavus, turkiy yoki habash kanizak
|
- Otasidan keyin xalifalik davri boshlangan.
|
33. |
1170-yil 20-dekabr – 1180-yil 30-mart |
al-Mustadiy bi-amrilloh |
Hasan |
- Mustanjid
- Gʻada, arman kanizak
|
- Mustadiy otasi Mustanjiddan xalifalikni meros qilib olgan.
- Oʻzi ishlab topgan mablagʻ hisobidan tirikchilik qilgan. Shuning uchun zobitlari bozorda xalifa oʻz qoʻli bilan tayyorlagan koʻrpachalar sotishgan.
- Siyosiy va diniy hokimiyatini butun Yaqin Sharq, ayniqsa Misr hukmdori Salohiddin ham tan olgan. Xalifa Mustadiy Salohiddinga sulton unvonini bergan. Shuningdek, muqaddas shaharlar: Makka, Madina va Quddus ham uning boshqaruviga berilgan.
- 1171-yilda Fotimiylar xalifaligi tugatilib, Salohiddin boshqaruvi ostidagi Misrda Abbosiylar hokimiyati tiklandi.
|
34. |
1180-yil 2-mart – 1225-yil 4-oktyabr |
Al-Nosir |
Abul Abbos Ahmad |
- Mustadiy
- Sayyida Zumurrud
|
- Salohiddin tomonidan Quddusning salibchilardan tortib olinishi (1187).
- Al-Nosir soʻnggi Abbosiylar davrining nufuzli xalifasi boʻlgan.
- Tarixchi Angelika Hartmanning yozishicha, Al-Nosir Abbosiylar xalifaligining samarali boshqara olgan soʻnggi xalifasi boʻlgan[18].
- Siyosiy va diniy hokimiyati butun Yaqin Sharqda, xususan, Salohiddinning Ayyubiylar sulolasi hududida ham tan olingan.
|
35. |
1225-yil 5-oktyabr – 1226-yil 11-iyul |
az-Zohir bi-amrilloh |
Abu Nasr Muhammad |
|
- 1189-yilda merosxoʻr etib tayinlangan. Otasining vafotidan keyin taxtga chiqqan.
- Qisqa hukmronligi davrida soliqlarni pasaytirdi va bosqinlarga qarshi tura oladigan kuchli qoʻshin tuzdi. 1226-yil 10-iyulda, taxtga oʻtirganidan 9 oy oʻtib vafot etdi.
- Oʻzining qisqa hukmronligi davrida Sharqiy Islom olamining baʼzi qismlarida halokatli moʻgʻul istilosi boshlanganini koʻrdi.
|
36. |
1226-yil 11-iyul – 1242-yil 2-dekabr |
al-Mustansir billoh |
Abu Jaʼfar al-Mansur |
- az-Zohir
- Zahro, turkiy kanizak
|
- Otasi xalifa az-Zohirdan keyin xalifalik taxtiga chiqdi.
- Mustansir soʻnggi Abbosiylar davrining oxirgidan oldingi xalifasi edi.
- Hukmronligi davrida Sharqiy Islom olamini moʻgʻullar bosib olgan. Buxoro, Samarqand kabi buyuk shaharlar vayron boʻlib, millionlab musulmonlar oʻldirilgan.
|
37. |
1242-yil 2-dekabr — 1258-yil 20-fevral |
al-Mustaʼsim billoh |
Abdulloh |
- al-Mustansir
- Hajer, habash kanizak
|
- Soʻnggi Abbosiylar davrining soʻnggi xalifasi
- Abbosiylar sulolasining tugashi. Mustaʼsim tan olingan eng soʻnggi musulmon xalifasi ham edi. Uning oʻlimi xalifalikning Yaqin Sharqdagi siyosiy va diniy tuzilma sifatida to‘liq tugatilishini belgilab berdi.
- 15 yil, 2 oy, 15 kun hukmronlik qilgach, moʻgʻullar Bagʻdodni talon-taroj qilishi bilan qatl etilgan.
|