From Wikipedia, the free encyclopedia
Jijak (arabcha: جيجاك), shuningdek Ummu Ali (arabcha: أم علي) nomi bilan ham tanilgan, Mutazidning turkiy Ummu valadi va boʻlajak xalifa Muktafiyning onasi[1].
Jijak جيجاك | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning ummu valadi | |||||
Davri | 877/78 — 900-yillar 5-aprel | ||||
Tugʻilishi | Abbosiylar xalifaligining shimoli-sharqiy chegarasi | ||||
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Mutazid | ||||
Farzandlari | Muktafiy | ||||
| |||||
Dini | Islom |
Jijak Čiček (turkcha „gul“) turkiy choʻri boʻlib, Ahmad ibn Talhaning, boʻlajak xalifa Muʼtazid, kanizagi edi[2][3]. 877/8-yilda Ali ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan[2][3]. Oʻgʻli tugʻilgandan keyin unga Ummu Ali, yaʼni Alining onasi nomi berilib, bu ism uning uchun umumiy ism boʻlib qolgan.
Uning oʻgʻli xalifa Ali ismi berilgan birinchi xalifa edi. 892-yilda Mutazid xalifa boʻlgach, Jijakning nafaqasi oshirilgan. Mutazid, shuningdek, oʻgʻli Ali toʻngʻich oʻgʻil va merosxoʻr boʻlgani sababli, viloyat noibi etib tayinlash orqali vorislikka tayyorlashga harakat qilgan. Jumladan, tax. 894/95-yilda dastlab Ray, Qazvin, Qum va Hamadonga, 899-yilda Jazira va chegara hududlar noibi boʻlib, Abbosiy ajdodlarining sevimli shahri Raqqada qarorgoh qurgan.
Jijak toʻngʻich farzand va Mutazid vorisining onasi sifatidagi xizmatlari tufayli muhim va nufuzli ummu valadga aylangan.
900-yillarda, oʻgʻlining xalifa boʻlishidan oldin yoki koʻp oʻtmay vafot etgan. Vafotidan keyin raqibi Shagʻob Haramda obroʻ topgan. Jijakning nufuzi baland boʻlsa ham, hech qachon siyosiy hokimiyatga intilmagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.