4-xalifa From Wikipedia, the free encyclopedia
Ali ibn Abu Tolib (tax. 600-yil – 661-yil, Koʻfa) – islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi. Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan. Muhammadning amakivachchasi va kuyovi (Fotima zahro eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bogʻliqdir.
Ali | |
---|---|
Tavalludi | 17-mart 599 |
Vafoti | 29-yanvar 661 |
Fuqaroligi | Rashidun xalifaligi |
Otasi | Abu Tolib |
Onasi | Fotima bint Asad |
VII asr oʻrtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jangchi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656 – yil iyunda Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻmbarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsada, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi. Bundan norozi boʻlgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorojiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkin qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661 yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan soʻng vafot etadi. Islomda Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar al-Xattob singari islom gʻalabasi yoʻlida katta xizmat koʻrsatgan arbob, islom ahkomlari, Qurʼon va uning tavsirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bogʻliq koʻp masalalarning chuqur bilimdoni boʻlgan. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. – „shia“ – guruh, bu oʻrinda „Ali tarafdorlari“ mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda koʻp rivoyatlar toʻqilgan va bu sunniylar oʻrtasida ham keng yoyilgan. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bogʻlanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali Oʻrta Osiyo va Eronda hech qachon boʻlmagan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.