From Wikipedia, the free encyclopedia
Marojil (arabcha: ; vaf. 786-yil) xalifa Horun ar-Rashidning ummu valadi va xalifa Maʼmunning onasi.
Marojil مرجل | |
---|---|
Abbosiy xalifaning ummu valadi | |
Davri | 786 – 786-yil 14/15-sentyabr |
Tugʻilishi | Badgʻis, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
tax. 786 Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod |
Turmush oʻrtogʻi | Horun ar-Rashid |
Farzandlari | Maʼmun |
Marojil Abbosiy shahzodasi Horunning (boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid) fors qul kanizi edi. Bir rivoyatga ko'ra, u abbosiylar xonadoniga harbiy asir sifatida keltirilgan. Marojil shahzoda Horunga kanizaklikka berilgunga qadar Abbosiylar xonadonida tarbiyalangan. Marojil Horundan ikki yosh kichik edi.
Marajilning yagona farzandi Abdulloh (boʻlajak Maʼmun) Bagʻdodda milodiy 786-yil 13-sentyabrdan 14-sentyabrga oʻtar kechasi tugʻilgan. Keyinchalik „uch xalifa kechasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan oʻsha kechada Maʼmunning amakisi Hadiy vafot etib, oʻrniga otasi Horun ar-Rashid Abbosiylar xalifaligi hukmdori etib tayinlangan[1]. Horun 786-yil yigirma yoshida xalifa boʻlgan. Oʻsha vaqtda Horun baland boʻyli, koʻrinishi chiroyli, nozik, ammo kuchli, jingalak sochli va terisi zaytun rangli edi[2]. Horun xalifa boʻlishi bilan Bagʻdoddagi Katta masjidda juma namozini oʻqidi. Soʻngra amir al-moʻminin huzuriga kelganidan xursand boʻlganlarini eʼlon qilib, bayʼat qilish uchun saf tortgan amaldorlar va oddiy xalq oldida chiqish qildi[3]. Horun oʻz hukmronligini qobiliyatli vazirlarni tayinlashdan boshlagan. Vazirlar hukumat ishini shu qadar yaxshi olib borganki, natijada xalqning ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan[4]. Marojil Horunning taxtga oʻtirishiga guvoh boʻlib, xalifadan Ummu Abdulloh unvonini oldi. Biroq, 786-yil sentyabrda Horun taxtga oʻtirgan kechada Abdulloh tugʻilganidan keyin Marojilning ahvoli yomonlasha boshladi.
Farzandi tugʻilganidan koʻp oʻtmay Marojil vafot etdi. Abdulloh Horun ar-Rashidning rafiqasi, xalifa Mansurning (h. 754–775 nabirasi Zubayda qoʻlida tarbiyalandi[5]. Marojilning Xuroson bilan aloqasi borligi Maʼmunning kelajakdagi faoliyatiga katta hissa qoʻshdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.