This portal is not manually maintained. However, please contactGazampwhen you plan to make significant changes.
This portal has a single page layout. Any subpages are likely no longer needed.
Iltimos, tahrirlashda ehtiyot boʻling, ayniqsa avtomatlashtirilgan tahrirlash dasturidan foydalansangiz, and seek consensus before making major changes.Texnik xizmat ko'rsatish maʼlumotlarini qanday yangilashni bu yerda bilib oling.
Toshkentdagi Xalqaro biznes markazi, Nest One binosi
Toshkent — Oʻzbekistonningpoytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8km2 ni tashkil etadi.
2023-yilning 1-iyulidagi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 995 000 nafar kishini (Oʻzbekiston aholisining qariyb 8 foizi) tashkil etadi. 2018-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrining YIMi $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi. XVI-XVII asrlarda Toshkent Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. XVIII–XIX asrlardan boshlab ushbu shahar Qoʻqon xonligi tomonidan zabt etilgunga qadar, mustaqil shahar-davlatga aylangan edi. 1865-yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi hamda Turkiston general-gubernatorligi markazi boʻldi. Sovet davrida bu shahar butun Sovet Ittifoqining majburiy deportatsiyasi tufayli katta oʻsish va demografik oʻzgarishlarga guvoh boʻlgan. 1966-yilda boʻlgan Toshkent zilzilasi tufayli Toshkentning katta qismi vayron boʻlgan edi, biroq u namunali Sovet shahri oʻlaroq qayta qurilgan. Oʻsha paytda Toshkent Sovet Ittifoqining Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan keyin turadigan toʻrtinchi yirik shahar boʻlgan. (Full article...)
Toshkent uchrashuvi (1966) – Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida 1965-yilda roʻy bergan qurolli toʻqnashuvni hal qilish maqsadida Pokiston prezidenti M. Ayyubxon bilan Hindiston hukumati rahbari L. B. Shastrining uchrashuvi (1966-yil 4—10-yanvar). Uchrashuv SSSR Ministrlar Soveti Raisi Aleksey Kosigin ishtirokida oʻtgan. Toshkent uchrashuvida Toshkent deklaratsiyasi imzolanib, unda ikki mamlakat oʻrtasidagi janjalli masalalarni tinch yoʻl bilan hal qilishga kelishilgan. (Full article...)
Litsey ingliz tili, matematika, informatika kabi fanlardan kengaytirilgan taʼlim beradi. Ikkinchi kurs talabalari litseydagi o‘qishlarini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan ''Xalqaro Foundation Studies'' sertifikati kurs bilan birlashtirish imkoniyatiga ega. Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri u yerda taklif qilingan bakalavr dasturlaridan biriga yozilishlari mumkin. (Full article...)
Image 3
SSSR IIV Toshkent Suvorov harbiy maktabi (ruscha: Ташкентское суворовское военное училище МВД, ТшСВУ) – 1943—1960-yillarda Toshkent shahrida faoliyat yuritgan harbiy taʼlim muassasasi. (Full article...)
Image 4
Toshkent tramvay tarmogʻi yoki Toshkent tramvayiToshkent shahridagi hozirda faoliyat koʻrsatmayotgan tramvay tizimi, Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va eng yirigi boʻlgan. 1912-yil 29-dekabr kuni foydalanishga topshirilgan, 2016-yil 2-may kuni faoliyatini toʻxtatgan. (Full article...)
Image 5
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) – Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan. (Full article...)
Image 6
Navoiy teatri, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri – Oʻzbekistonningopera va balet sanʼati sohasidagi asosiy teatri. Uning tashkil topishi Muhiddin Qoriyoqubovning Oʻzbek davlat konsertetnografik ansambli bilan bogʻliq. Teatr 1939-yil 11-iyunda tashkil etilgan. (Full article...)
Image 7
„Toshkent“ Respublika fond birjasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-aprelda qabul qilingan „Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilishni taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoniga asosan tashkil etilgan. , 1994 yil 745-son, uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish siyosati bilan chambarchas bogʻliq.
„Toshkent“ RFB faoliyatining predmeti va maqsadi oldindan belgilangan joyda va maʼlum bir vaqtda belgilangan qoidalar asosida ommaviy va ochiq birja savdolarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan birja tovarlari bilan savdo qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarning erkin muomalasi uchun zarur shart-sharoitlar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talab va taklifning haqiqiy nisbati asosida qimmatli qogʻozlar bahosini shakllantirish yoʻli bilan oshkor etish. (Full article...)
Image 8
Bunyodkor PFK (Bunyodkor Professional futbol klubi; 2005-2008 yillarda — Quruvchi PFK nomi bilan faoliyat yuritgan) — Toshkent shahri jamoasi. Oʻzbekiston Oliy Ligasi vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egallagan. 2008-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi. „Quruvchi“ bundan buyon endi „Bunyodkor“ deb yuritiladi. (Full article...)
Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda. (Full article...)
Image 11
"Aloqabank" — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki. 1994-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtgan. Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri), Xorazm (Urganch shahri) filiallari bor. Respublikada asosan aloqa tarmogʻini qayta qurish va rivojlantirishga oid davlat dasturlarida ishtirok etadi, fan-texnika yutuqlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi, davlat byudjetining kassa ijrosiga doir hisob-kitoblarni moliyalashtiradi, mijozlarga turli bank xizmatlar koʻrsatadi. Aksiyadorlik kapitali summasi (mln. soʻm, 1997-yil 1-yanvar) 42,3, zaxira kapitali 10,5, berilgan kreditlar 136,9, koʻrilgan yillik foyda 67,8; jami aktivlari 724,1. (Full article...)
36 mavsum (1956—1991) SSSR chempionatining turli ligalarida, shu jumladan Oliy ligada oʻynadi. „Paxtakor“ oliy darajadagi Sovet futbol ligasida oʻynagan yagona oʻzbek klubi boʻlgan va Sovet kubogi finalida ishtirok etgan yagona Markaziy Osiyo klubi edi 1992-yildan muntazam Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi (2018-yildan – Superliga)ning doimiy ishtirokchisi. (Full article...)
Toshkent darvozalari tarixiy manbalardaBinkat darvozalaridan maʼlum. Ibn Havqalning yozishicha, Binkat ark, shahriston, ichki va tashqi raboddan iborat boʻlib, ularning har biri mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Arkning 2 darvozasi, shahristonning Abbos (Abul Abbos), Kesh (Qasr) va Junayd (Gunbaz) deb atalgan 3 ta darvozasi boʻlgan. Ichki rabodning Raboti Hamdeyn (Xumdon), Ohanin (temir qoplangan), Mir (amir), Farkon (Anhor boʻyi), Surkada, Karmanj, Koʻyi Saxl, Roshidizak, Koʻyi Xoqon, Koʻshki Dehqon deb atalgan 10 ta darvozasi, tashki rabodning esa Fagʻkat (Parkat), Xaskat (Xushkat), Sandijak (Sangdizak), Ohanin, Bakrdizak, Sakrak, Sagʻrbod (Bofaryad) deb atalgan 7 darvozasi bor edi. (Full article...)
Muzeyda jami 372021, jumladan botanika boʻyicha 10496, zoologiya boʻyicha 359642 (shundan 355045 hasharotlar), geol. boʻyicha 1883 eksponat bor (2004). Muzeyda oʻlkashunoslik va muzeyshunoslikmasalalari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari qam olib boriladi. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib koʻradi. (Full article...)
2023-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,2 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 48 ta. Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. (Full article...)
Image 17
Tashkent Asosiy stansiya Toshkent-Samarqand temir yoʻl lineasi bu Toshkent shahri va Samarqand shahrini bir biri bilan bogʻlovchi tezyurar va zamonaviy temir yoʻl lineasi hisoblanadi. Temir yoʻlning umumiy uzunligi 344km ga teng va u deyarli yangidan qurilgan. Asossiy qismi Oʻzbekistonning 4 ta viloyati hududidan oʻtadi bular: Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand. (Full article...)
Image 18
Fayl:Tashkent Airport-Logo.png Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti – Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi. (Full article...)
Image 19
Fayl:Tashkent Airport-Logo.png Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti – Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi. (Full article...)
Image 20
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi — Toshkentda joylashgan sanʼatmuzeyi boʻlib, unga 1918-yili asos solingan. Birinchi nomi Xalq sanʼati muzeyi edi. 1918—1935-yillarda KenasNikolay Romanov saroyida joylashgan. 1935—1966-yillarda Xalq uyida boʻlgan. 1974-yili Xalq uyi oʻrnida muzey uchun yangi bino qurilgan (meʼmorlar: I. Abdulov, A. K. Nikiforov, S. A. Rozenblum). Muzeyda Yevropa va Rossiya rassomlari ishlari namoyish etiladi, koʻrgazmalar uyushtiriladi.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomda. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N.K.Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va hay kaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan. Turkiston oʻlkashunoslik muzeyining badiiy boʻlimidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy toʻplamlardan sanʼat asarlari keltirilib boyitilgan (V.L. Borovikovskiy, K. P. Bryullov, V. A. Tropinin, I.M.Nikitin, O.A.Kiprenskiy, I.K.Ayvazovskiy, S.V.Ivanov, I.N. Kramskoy, N.N.Ge, A.K. Savrasov, I. I.Shishkin, V.G. Perov va boshqalar); muzeyda 19-asr rus rassomlarining nodir asarlari toʻplangan (I.Ye.Repin, V. A. Serov, I.I. Levitan, N.K.Rerix va boshqalar). Muzey fondi 50 mingdan ziyod eksponatga ega (2005), tomoshabinlar soni yiliga 250 mingdan oshadi. Muzeyda Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati, rus sanʼati, Gʻarbiy Yevropa sanʼati, Xorijiy Sharq xalklari sanʼati boʻlimlari, xazina, taʼmirlash ustaxonasi, fotolaboratoriya bor, lektoriy tashkil etilgan. Muzey ilmiy muassasa sifatida Oʻzbekiston tasviriy sanʼati boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boradi: sanʼat asarlari sotib oladi, ularni ilmiy yoritadi, muzey xazinasidagi sanʼat asarlarini tahlil qiladi, tavsiflaydi, ilmiy asarlar, katalog , albomlar nashr etadi (mas, "Yapon gravyurasi Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi toʻplamida" katalogi; "Davlat sanʼat muzeyi" albomi, "Toshkentda eng yaxshi" turkum maʼlumot kitobi va boshqalar), xazinasidagi sanʼat asarlari asosida mavzuli koʻrgazmalar tashkil etadi, chet mamlakatlar (AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqalar) koʻrgazmalarida ishtirok etadi (jumladan, "EKSPO—2000" xalqaro koʻrgazmasi, Germaniyada; Xalqaro gilamdoʻzlik koʻrgazmasi hamda "Qadimshunoslik va amaliy sanʼat", AQShda va boshqalar). Ayniqsa, mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy aloqalar kengaydi. Muzey Xalqaro muzeylar qoʻmitasi (IKOM) aʼzosidir. (Full article...)
Image 21
Oʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi — respublikadagi yirik kutubxonalardan biri. 1933-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. 1943-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibiga kirgan. 1964-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kutubxonalari tizimi markazlashtirilib, 24 ta (2005-yilda 27 ta) ilmiy tekshirish institutlarining kutubxonalari birlashtirildi. 1983-yildan maxsus qurilgan binoda. Fondida 3,6 mlndan ortiq asar saqlanadi (2005), shundan 698,2 mingdan ziyod nusxasi chet el nashrlaridir, shuningdek, 70 dan ortiq SD disk maʼlumotlar bazasiga ega. 20 mingdan ortiq kitobxonga xizmat koʻrsatadi.
Kutubxona fondi nodir asarlarga boy: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi birgina Sharqshunoslik instituti kutubxonasida 60 mingga yaqin noyob qoʻlyozmalar bor; fan va texnika sohasidagi nodir qadimiy nashrlar alohida jamlangan [A.P.Fedchenkoning ,,Qoʻqondan. 1871-yildagi Qoʻqon xonligi boʻylab qilingan sayohatlar haqida" (1871); Klavixoning ,,1403—1406-yillarda Klavixoning Amir Temur saroyiga Samarqandga qilgan sayohati kundaligi" (1881); Oʻrta Osiyo tadqiqotchisi B.A.Fedchenkoning kutubxonasi katta qimmatga ega], shuningdek Oʻzbekiston olimlarining dissertatsiya va avtoreferatlari ham toʻplangan. (Full article...)