![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/8/8a/O%25E2%2580%2598zbekiston_Superligasi_logosi.jpg/640px-O%25E2%2580%2598zbekiston_Superligasi_logosi.jpg&w=640&q=50)
Oʻzbekiston Superligasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston Superligasi (sobiq nomi — Oliy liga) — Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Homiylik nuqtai nazaridan Coca-Cola Superligasi deb ham yuritiladi. Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi Oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Superligasi | |
![]() | |
Toʻliq nomi | Oʻzbekiston Superligasi |
---|---|
Davlat | Oʻzbekiston |
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1 |
Asos solingan sana | 1992-yil |
Xalqaro musobaqalar | Osiyo Chempionlar ligasi |
Klublar soni | 14 ta |
Quyi divizion | Pro liga |
Ichki kuboklar | O'zbekiston kubogi Liga kubogi |
Eng kuchli jamoa | Paxtakor (14 marta) |
Eng yaxshi toʻpurar | Anvar Berdiyev (225ta gol) |
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi | Asror Aliqulov (520ta oʻyin) |
Sayt | Rasmiy sayti |