![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e7/Uzbekistan_Professional_Football_League.jpg/640px-Uzbekistan_Professional_Football_League.jpg&w=640&q=50)
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Oʻzbekiston futbol turnirlarini boshqaruvchi tashkilot / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston professional futbol ligasi, qisqacha OʻzPFL – Oʻzbekiston hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot[⇨]. 2008-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasidan alohida tashkilot sifatida ajratildi[⇨].
![]() | |
Davlat |
![]() |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Tashkil etilgan | 20-iyun, 2008-yil (16 yil avval) (2008-06-20) |
Yuqori liga |
Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Pro-ligasi Oʻzbekiston Birinchi Ligasi |
Xalqaro musobaqalar |
Osiyo Chempionlar ligasi OFK kubogi |
Veb-sayt | pfl.uz |
Bosh direktor | Diyor Imomxoʻjayev |
Kuboklar |
Oʻzbekiston kubogi Liga kubogi |
Homiylar |
Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Artel Uzcard Apex Insurance BMB Holding |
![]() |
Superliga[⇨], Pro liga[⇨], Birinchi liga[⇨], Futzal Oliy ligasi[⇨] va Birinchi ligasi[⇨], Oʻzbekiston kubogi[⇨], Liga Kubogi[⇨], Oʻzbekiston Superkubogi[⇨], Oʻzbekiston U-19[⇨] va Oʻzbekiston U-21[⇨] chempionatlari, boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport va tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Litsenziyalash boʻyicha Osiyo qitʼasida yetakchi ligalardan biri sanaladi[⇨].
2024-yil mart oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi beshta shirkat liganing rasmiy homiysi hisoblanadi[⇨].