Nest One
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nest One (tarjimasi „Uya Bir“) — Toshkent shahrida qurib bitkaziligan koʻp funksiyali osmonoʻpar bino. Balandligi 266,5 m boʻlib[1], „Toshkent City“ XKMning 4-loti[2].
Nest One | |
---|---|
2023-yil oktyabr | |
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Tashkent city |
Shahar | Toshkent |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 2017-yil |
Qurilishi tugagan | 2023-yil[1] |
Balandligi | |
Balandligi | 267 m |
Eng yuqori qavati | 51 |
Texnik holati | |
Material | Beton, metal |
Nest One |
Kompleksning markaziy va eng baland minorasi 51 qavatdan iborat boʻlib, turar joy xonalari, ofislar, restoranlar, sport maydonchalari va boshqa jamoat joylarini oʻz ichiga oladi. Kompleksning qoʻshni binolarida ofis maydoni va besh yulduzli „The Ritz-Carlton“ mehmonxonasi joylashgan[3].
Loyihaning umumiy maydoni 187,284 kv.m. Yer uchastkasining umumiy maydoni 14,779 kv.m. Loyiha byudjeti 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Qurilganidan soʻng „Nest One“ Oʻzbekistondagi birinchi osmonoʻpar bino va eng baland bino, shuningdek, Abu Dabi Plaza majmuasidan keyin Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng baland binoga aylanadi.