Qozogʻiston
Markaziy Osiyo va (qisman) Yevropadagi davlat / From Wikipedia, the free encyclopedia
Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqcha: Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikasy) – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Ostona shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Ostona, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qoragʻandi va Oqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hisoblanadi.[6] Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.[7] Qozogʻiston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil) Qozoqlar aholining 70.4% ni tashkil qiladi.
Qozogʻiston Respublikasi Qazaqstan Respublikasy
| |
---|---|
Shior: «Alğa Qazaqstan!» (norasmiy) | |
Madhiya: «Менің Қазақстаным» (Mening Qozogʻistonim) | |
Poytaxt | Ostona |
Eng katta shahar | Almati, Ostona, Chimkent, Qaragʻandi |
Rasmiy til(lar) |
Qozoqcha (Davlat) Ruscha (Rasmiy) |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Qosim-Joʻmart Toqayev | |
• Bosh vazir |
Oʻljas Bektenov |
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan) | |
• Sana |
16-dekabr 1991-yil |
Maydon | |
• Butun |
2 724 902[1] km2 (9-oʻrin) |
• Suv (%) |
1,50%[2] |
Aholi | |
• 2023-yilgi roʻyxat |
↗ = 19 967 964[3] (64-oʻrin) |
• Zichlik | 6,66/km2 |
YIM (XQT) | 2019-yil roʻyxati |
• Butun |
$164.207 milliard[4] (54-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$8,763[4] |
Pul birligi | Tenge (KZT) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5[5] |
Qisqartma | KZ, KAZ |
Telefon prefiksi | 7 |
Internet domeni | .kz |