SSSR tarqalganidan keyin tuzilgan xalqaro tashkilot From Wikipedia, the free encyclopedia
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlgani qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga Mustaqil davlatlar hamdostligining maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi. 1993-yil dekabrda Mstaqil davlatlar hamdostligiga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi haqiqiy aʼzolari bilan birga Mustaqil davlatlar hamdo'stligi faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. Mustaqil davlatlar hamdo'stligining quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa Mustaqil davlatlar hamdo'stligining doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. Mstaqil davlatlar hamdostligi organlarining faoliyati Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH bayrogʻi | |
MDH emblemasi | |
Qisqartma | MDH |
---|---|
Turi | Xalqaro hukumatlararo tashkilot |
Ishga tushgan sanasi | 8-dekabr, 1991-yil |
Joylashuvi | Rossiya , Moskva |
Aʼzolari |
9 aʼzo davlatlar, 1 kuzatuvchi davlat |
Vebsayti | https://e-cis.info |
Til(lar)i | rus tili |
CIS (orthographic projection, only Crimea disputed).svg |
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Mustaqil davlatlar hamdo'stligida ishtirok etmoqda. U Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi[1].
Bu tashkilotga 9 mustaqil davlat aʼzodir:
Kuzatuvchi davlat:
Tashkilotni tark etgan davlatlar:
Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:
Oʻzining Mustaqil davlatlar hamdo'stligi tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi kelishuvni amalga oshirmagan. Bular quydagilar:
1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (Mstaqil davlatlar hamdostligi) tashkil topdi. Mstaqil davlatlar hamdostligi ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.
1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.