Ostona
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ostona (qozoqcha: Астана)[2]; eski nomi: Nur-Sulton (qozoqcha: Нұр-Сұлтан) — Qozogʻiston poytaxti(1997 yil 10 dekabrdan beri). Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1 136 008 kishi (2020).
Ostona qozoqcha: Астана | |
---|---|
Poytaxt | |
51°11′0″N 71°24′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Hukumat | |
• Akim | Altay Kulginov |
Asos solingan | 1830 |
Ilk eslatilishi | 1830 |
Avvalgi nomlari | Akmolinsk, Tselinogarad, Akmola, Astana, Nur-Sulton |
Maydon | 79,733 km2 (30,785 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha,ruscha |
Aholisi | 1 078 384[1] |
Zichligi | 1299 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
qozoqlar 81 % ruslar 10 % ukrainlar 1,81 % tatarlar 1,34 % oʻzbeklar 1,10 % va boshqalar 5,63 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7172 |
Pochta indeks(lar)i | 010000 |
Avtomobil kodi | Z eskisi, 01 yangisi |
Sanoati
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavl, Rudniy bilan bogʻlagan.
Tarixi
Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.
Nomi
Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Tzelinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. U 2022 yilda Nur-Sulton deb atalgan. Ostona shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olmaota shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.
Ichki boʻlinishi
Ostona Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi
Qiziqarli xabarlar
- Ostona — Osiyo poytaxtlarining ichida shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan.
- Ostona — Yer sharidagi eng sovuq poytaxtlarning biridir, Mongoliya poytaxti Ulan-Batordan issiq, Kanada poytaxti Ottavadan sovuq.
Maorif
Kollejlar
- Ostona politexnik kolleji
- Tibbiyot kolleji
- Inovatsion texnalogiyalar kolleji
- Moliyaviy-iqtisoiy kolleji
- Gumanitar kolleji (Pedagogik kollej)
- Gumanitar-yuridik kolleji QazGYuU
- Yevrosiyo gumanitar institutining kolleji
- „Turon“ kolleji
- Boshqarish kolleji
- Moliyaviy akademiyaning kolleji
- Iqtisodiyot, oziq-ovqatlarni standartlash va texnalogiyalar kolleji
- Savdo-sanoat va iqtisodiyot kolleji
- Iqsodiy-hududiy kolleji
- Qozoq texnologiya va biznes universitetining kolleji
- Transport va aloqa kolleji
Oliy oʻquv yurtlari
Ostona shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:
- Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti davlat boshqarish akademiyasi
- L.N.Gumilev nomli Yevrosiyo milliy universiteti
- Yevrosiyo gumanitar instituti
- Qozoq milliy sanʼat universiteti
- S.Seyfullin nomli qozoq agrotexnik universiteti
- Qozoq gumanitar-yuridik universiteti
- M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Qozogʻistondagi filiali
- Qozogʻiston-Rossiya universiteti
- Ostona tibbiyot universiteti
- Nazarboyev Universiteti
- Moliya akademiyasi
- Qozoq moliyaviy-iqtisoiy va xalqaro savdo universiteti
- Qozoq texnalogiya va biznes universiteti
Sport saroylari
- Bosh stadion Nur-Sultan Arena — 30 000 kishini sigʻdira oladi[3]
- Qajimuqan Munaytpasov nomidagi stadoin — 12 350 kishini sigʻdira oladi
- Yopiq konʼki saroyi — 8 773 kishini sigʻdira oladi
- Alau muz saroyi — 8 000 kishini sigʻdira oladi
- Sari-Arqa — 8 000 kishini sigʻdira oladi
- Qozogʻiston sport saroyi — 6 532 kishini sigʻdira oladi
Aholisi
Ostona shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Ostona Qozogʻistondagi Almati shahridan keyin 2-oʻrinda.
Milliy tarkibi
1989-yilgi aholi soni | % | 1999-yilgi aholi soni | % | 2012-yilgi aholi soni | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 281252 | 100,00 % | 319324 | 100,00 % | 742918 | 100,00 % |
Qozoqlar | 49798 | 17,71 % | 133585 | 41,83 % | 480815 | 66,80 % |
Ruslar | 152147 | 54,10 % | 129480 | 40,55 % | 188928 | 23,35 % |
Ukrainlar | 26054 | 9,26 % | 18070 | 5,66 % | 13453 | 1,81 % |
Tatarlar | 9339 | 3,32 % | 8286 | 2,59 % | 9937 | 1,34 % |
Olmonlar | 18913 | 6,72 % | 9591 | 3,00 % | 7930 | 1,07 % |
Beloruslar | 8220 | 2,92 % | 5761 | 1,80 % | 3834 | 0,52 % |
Koreyslar | 1329 | 0,47 % | 2028 | 0,64 % | 4981 | 0,67 % |
Oʻzbeklar | 640 | 0,23 % | 429 | 0,13 % | 8166 | 1,10 % |
Polyaklar | 2762 | 0,98 % | 2537 | 0,79 % | 2412 | 0,32 % |
Ingushlar | 1889 | 0,67 % | 1822 | 0,57 % | 2732 | 0,30 % |
Ozarbayjonlar | 997 | 0,35 % | 902 | 0,28 % | 2978 | 0,40 % |
Qirg'izlar | 94 | 0,03 % | 196 | 0,06 % | 1808 | 0,20 % |
Chechenlar | 514 | 0,18 % | 752 | 0,24 % | 1063 | 0,14 % |
Boshqirdlar | 1187 | 0,42 % | 870 | 0,27 % | 1009 | 0,14 % |
Armanlar | 814 | 0,29 % | 576 | 0,18 % | 790 | 0,10 % |
Moldavanlar | 1004 | 0,36 % | 629 | 0,20 % | 7 | 0,9 % |
Uyg'urlar | 53 | 0,02 % | 161 | 0,05 % | 881 | 0,12 % |
boshqalar | 5498 | 1,64 % | 3649 | 0,83 % | 8711 | 0,90 % |
Hamdoʻst shaharlari
Shahar | Yil | Davlat |
---|---|---|
Anqara | - | Turkiya |
Istanbul | - | Turkiya |
Izmir | - | Turkiya |
Moskva | - | Rossiya |
Sankt-Peterburg | - | Rossiya |
Qozon | 2004 | Rossiya |
Pittsburg | - | AQSh |
Ammon | - | Iordaniya |
Riga | - | Latviya |
Toshkent | - | Oʻzbekiston[6] |
Gdansk | 1996 | Polsha |
Varshava | 2002 | Polsha |
Kiyev | 1998 | Ukraina |
Seul | 2004 | |
Dubay | - | Birlashgan Arab Amirliklari |
Pekin | - | Xitoy |
Manila | - | Filippin |
Tbilisi | 2005 | Gruziya [7] |
Bishkek | 2011 | Qirgʻiziston[8] |
Xanoy | - | Vyetnam |
Nice | 2013 | Fransiya |
Shaharning nazarga tushgan joylari
- Sulu-Jasil bulvari — Ostona markazidagi yangi koʻcha.
- Oq-Oʻrda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi.
- Boyterak — Ostonaning asosiy ramzi.
- Mustaqillik saroyi — davlatning rasmiy tadbirlarini, forumlarni, majlislarni, uchrashuvlarni, syezdlarni oʻtkizish joyi hisoblanadi.
- Barqarorlik va tinchlik saroyi — Dunyo va milliy dinlar liderlarining sʼezini oʻtkizish uchun moʻljallangan bino.
- Xan-Shatir — Ostonaning eng yirik koʻngil ochar markazi.
Boyterak | Mustaqillik saroyi | Qozogʻiston sport kompleksi | Nur-Sulton masjidi | Qozoq eli monumenti |
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.