Dushanbe
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dushanbe (tojikcha: Душанбе, forscha: دوشنبه) — Tojikistonning poytaxti va eng katta shahri. Dushanbeda toʻrtta shahar tumani bor. 1929-yilgacha Dushanbening nomi Dushambe boʻlgan. 1929-yildan 1961-yilgacha Stalinobod deb atalgan. „Dushanbe“ soʻzi fors-tojikcha „dushanba“ degani. Shaharning bunday atalishiga sabab shahar joylashgan yerda dushanba kuni katta bozor ochiladigan qishloq boʻlgan.
shahar | |
38°34′23″N 68°47′11″E | |
Mamlakat | Tojikiston |
Hukumat | |
• Hukumat raisi | Rustam Emomali |
Asos solingan | XVII |
Ilk eslatilishi | 1676[1] |
Avvalgi nomlari |
Dushanbe (1924—1929), Stalinobod (1929—1961) |
Qachondan beri shahar | 1925 |
Maydon | 1,266 km2 (489 kv mi) |
Markazi balandligi | 706 m |
Rasmiy til(lar)i | tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
↗764 300[2]. |
Zichligi | 5905 kishi/km2 |
Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar, ruslar |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC+5 |
Telefon kodi | +992 37 |
Pochta indeks(lar)i | 734000 |
Avtomobil kodi |
СБ, ДБ (1959—1991) (1999-2009) 01РТ 2009-yil 01TJ |
Dushanbe dastlab Varzob daryosining boʻyidagi uchta kichik yondosh qishloq — Sariosiyo, Shohmansur va Dushanba oʻrnida paydo boʻlgan. Bu uch qishloqning eng yirigi Dushanba qishlogʻi boʻlgan. Shahar hududidan yunon-baqtriya davri (eramizdan avavvalgi 2-asr)ga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. Qoʻlyozmalarda Dushanba qishlogʻi 17-asr boshidan tilga olingan. Dushanbe 1924-yidan Tojikiston Muxtor respublikasi poytaxti boʻlgan. 1925-yil Dushanbega shahar statusi berilgan.
Dushanbeni Varzob daryosi shimoldan janubga, Kofarnihon daryosi sharqdan gʻarbga kesib oʻtadi.
Dushanbening iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha hararoti −0,6-9 °C, iyulniki 19.4-35.6 °C. Dushanbeda yiliga 625–630 mm yogʻin yogʻadi. Dushanbe Hisor vodiysida, Varzob daryosining dengiz sathidan 750-930 metr balandlikdagi keng terrasalarida joylashgan.
2013-yil 18-iyulda Dushnabe shahrining maydonini uch baravarga kattalashtirish qarori qabul qilindi[3]. Dushanbe shahri toʻrt tumanga boʻlinadi. Har bir tumanning oʻz maʻmuriy boshqarmasi mavjud.
Tuman nomi | Avvalgi nomi | Maydoni, km² |
Aholisi, kishi (2011) |
Tuman raisi |
---|---|---|---|---|
1. Ismoili Samoniy | Oktabrskiy | 25,8 | 131 600 | Qurbonov Alamxon Jamilovich |
2. Sino | Frunzenskiy | 43,8 | 285 400 | Safarov Zafar Abdulloyevich |
3. Firdavsiy | Sentralniy | 29,1 | 183 300 | Aleyev Saidnuriddin Akromovich |
4. Shohmansur | Jeleznodorojniy | 27,9 | 147 300 | Boboyev Samandar Boboyevich |
Dushanbening aholisi 1926-yil 5,600 kishi boʻlgan[4]. 1997-yil aholi soni 512,500 boʻlgan. 2008-yil aholi soni 679,400 boʻlgan.1-aprel 2014-yilga kelib aholi soni 778,500 kishiga yetgan[5].
Dushanbe — Tojikistonning yirik sanoat markazi. Shaharda respublika sanoat ishlab chiqarishining qariyb 1/3 qismi joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, toʻqimachilik mashinasozligi, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, savdo mashinasozligi, roʻzgʻor sovitkichlari, armaturalar, „Tojikkabel“, yoʻl qurish mashinalari remonti zavodlari mavjud. Qurilish materiallari (sement, yogʻochsozlik korxonalari, temir-beton konstruksiyalar zavodi) ishlab chiqariladi.
Shahar sanoatida yengil (tikuvchilik, poyabzal, ip-gazlama, trikotaj, shoyi fabrikalari) va oziq-ovqat, (sut kombinati, qandolatchilik, tamaki fabrikalari, vino, pivo, non, yogʻ-moy zavodlari) sanoati korxonalari ham salmoqli oʻrin tutadi.
Dushanbeni Dushanba-Vaxsh energetika sistemasi (shahar issiqlik elektr markazi, Norak, Perepadnaya, Markaziy, Bosh GESlar va Varzobdagi GESlar) elektr energiya bilan taʼminlab turadi.
Dushanbe shahri bir necha temir yoʻl va shosse yoʻllar tugunidir. Dushanbe xalqaro aeroporti shaharga xizmat koʻrsatadi. Shahar ichida avtobus va trolleybus qatnaydi.
Dushanbe 20-asr oʻrtalaridan yirik ilmiy va madaniy markazga aylandi. Shaharda Tojikiston Respublikasi fanlar akamdeiyasi va ilmiy tadqiqot institutlari ishlab turibdi. Dushanbeda oʻndan oshiq oliy oʻquv yurti, bir qancha oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, litsey va kollejlar mavjud.
Keyingi yillarda Dushanbeda koʻplab chiroyli maʼmuriy, oʻquv, madaniy va maishiy binolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, „Tojikkonsert“, Borbad nomidagi kinokonsert zali, „Dushanba“, „Tojikiston“ mehmonxonalari, Tojikiston davlat milliy universiteti, aerovokzal, „Rohat“, „Saodat“ choyxonalari, „Sadbarg“ maishiy xizmat uyi, Kasaba uyushmalari Saroyi, yozuvchilar uyi) va koʻp qavatli turar joy binolari qurilgan.
Dushanbeda yetti teatr (Sadriddin Ayniy nomli Akademik opera va balet teatri, A. Lohutiy nomli Tojikiston akademik drama teatri va boshqalar), filarmoniya, sirk, bir necha kinoteatr, „Tojikfilm“ kinostudiyasi, Firdavsiy nomli milliy kutubxona, fanlar akdemiyasining markaziy ilmiy kutubxonasi, A. Lohutiy nomli shahar markaziy kutubxonasi, qariyb 180 jamoat kutubxonasi, 7 muzey, Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi, radio, telemarkaz, respublika telegraf agentligi va boshqalar bor.
Dushanbeda poligrafiya kombinati, „Irfon“, „Adib“, „Maorif“, „Donish“, „Sharqi ozod“ nashriyotlari, Tojikiston ensiklopediyasi Bosh ilmiy tahririyati mavjud. Oʻttizga yaqin nomda tojik, oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillarda gazeta, oʻndan oshiq nomda jurnal nashr etiladi.
Shaharda 27 kasalxona, 60 vrachlik ambulatoriya-poliklinika muassasasi (shu jumladan 10 ta maxsus dispanser), 8 sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, 5 stadion, sport saroyi, 7 suzish havzasi mavjud. Dushanbe atrofidagi (Hisor togʻlarining janubiy yon bagʻirlarida) manzarali togʻ daralarida dam olish uylari va sanatoriylar bor.
Shaharda Vaxdat, Gʻalaba, maydonlari, Ayniy nomidagi bogʻ bor. Tojik mumtoz adabiyoti aseoschisi Abu Abdullo Rudakiyga, Abu Ali ibn Sino va Sadriddin Ayniyga haykal oʻrnatilgan, Ayniy va Mirzo Tursunzodaga maqbara barpo qilingan. Dushanbeda yana botanika bogʻi, mineralogiya muzeyi va boshqalar bor.
Millatlar qasri | Opera va balet teatri | Tojikiston hukumatni binolari | Qugirchoq teatri |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.