From Wikipedia, the free encyclopedia
Nursulton Abishevich Nazarboyev (6-iyul 1940-yil, Chemolgʻan qishlogʻi, Almati viloyati) — Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti, bu mansabda 1990-yildan 2019-yilgacha boʻlgan. Nazarboyev 1984-1989 yillarda Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi, 1989-1991-yillarda Qozogʻiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi boʻlib ishlagan. U «Millat lideri» unvoni sohibidir[5][6][7] (qozoqcha: Елбасы, Yelbasi).
Nursulton Abishevich Nazarboyev | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Нұрсұлтан Әбішұлы Назарбаев | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Nursulton Nazarboyev 2021-yilda | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1-Qozogʻiston Prezidenti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1991-yil 10-dekabr – 2019-yil 20 mart | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Hukumat boshligʻi |
Sergey Tereshchenko Akejan Kajegeldin Nurlan Balgimbayev Qosim-Joʻmart Toqayev Imangali Tasmagambetov Daniyal Axmetov Karim Masimov Serik Axmetov Karim Masimov Bakitjan Sagintayev | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qozoq SSR Prezidenti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1990-yil 24-aprel – 1991-yil 10-dekabrgacha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etildi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vorisi | lavozim bekor qilindi; u oʻzi Qozogʻiston Prezidenti sifatida | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
13-Qozogʻiston KP MQ birinchi kotibi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1989-yil 22-iyun – 1991-yil 28-avgustgacha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Gennadiy Kolbin | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vorisi | Lavozim bekor qilindi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
13-Qozoq SSR Oliy Kengashi raisi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1990-yil 22-fevral – 1990-yil 24-aprelgacha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Kiylibay Medeubekov | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vorisi | Yerik Asanbayev | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10-Qozoq SSR Vazirlar Kengashi raisi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1984-yil 22-mart – 1989-yil 27-iyulgacha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Bayken Ashimov | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vorisi | Uzaqbay Qaramanov | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
6-iyul 1940-yil Chemolgʻan ovuli, Qaskelen tumani, Olma-Ota viloyati, Qozoq SSR, SSRI | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Siyosiy partiyasi |
SIKP (1962—1991) Nur Oʻtan | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
Sara Nazarboyeva Asel Isabayeva[1][2][3][4] | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bolalari |
Darigʻa Nazarboyeva Dinara Qulibayeva Aliya Nazarboyeva Tauman[2][3][4] Bayken[2][3][4] | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Onasi | Aljan Nazarboyeva | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Otasi | Abish Nazarboyev | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mukofotlari |
SSJI:
Boshqa davlatlar:
Diniy mukofotlar: | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Imzosi |
Nursulton Nazarboyev 1940-yil 6-iyulda Almati viloyatining Qaskelen tumanidagi Chemolgʻan qishlogʻida Abish va Aljan Nazarboyevlarning oilasida dunyoga kelgan. Nursulton Nazarboyev Katta juzning shaprashti urugʻiga kiradi[8]. Unga ota-onasi Nursulton deb ism qoʻygan. Chaqaloqqa ism tanlashning oʻzi bir hikoyaga aylangan. Toʻyga tashrif buyurgan qarindosh-urugʻlar har xil ismlarni taklif qilgan. Eng soʻnggida yangi tugʻilgan oʻgʻilning buvisi Mirzabola shunday degan: „Mening sevimli nevaram ikki ismni olib yursin, uning ismi Nursulton boʻlsin”[manba kerak]. Mirzabola nevarasining muvaffaqiyatli inson boʻlib voyaga yetishiga katta hissa qoʻshgan.
Nazarboyevning otasi — Abish 1903-yil Olatov togʻining etaklarida, Nazarboy biyning oilasida dunyoga kelgan. Abish Nazarboyev quvnoq, hurmatli kishi boʻlgan. U nafaqat qozoq tili, balki rus va bolgar tillarini ham bilgan. Abish Nazarboyev qozoq va rus qoʻshiqlarini ixlos bilan kuylagan. U 1971-yil vafot etgan.
Nazarboyevning onasi — Aljon 1910-yil Jambul viloyati Qoʻrday tumani Qasiq qishlogʻida dunyoga kelgan. Aljon Nazarboyeva 1977-yil olamdan oʻtgan[9].
Maktabda Nursulton Nazarboyev yaxshi oʻqigan. U faqat oʻz sinfidagina emas, balki maktabdagi eng aʼlochi oʻquvchilardan biri boʻlgan.
1960-yil Dneprodzerjinsk texnik uchilishini, 1967-yil Qaragʻandi metallurgiya kombinatiga qarashli oliy texnik oʻquv yurtini, 1976-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy qoʻmitasiga qarashli Oliy partiya maktabini bitirgan.
Xizmat yoʻlini 1960-yil Temirtau shahridagi Qaragʻandi metallurgiya kombinatida oddiy ishchi boʻlib boshladi va domna sexining katta gazchisi vazifasigacha koʻtarildi.
1990-yilning aprelidan — Qozoq SSR Prezidenti. 1991-yil 1-dekabrda ilk bor Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi boʻlib oʻtdi. Saylov natijasida Nursulton Abishevich Nazarboyev (98,7 %) ovoz bilan gʻalabaga erishdi. 1995-yil 29-aprelda umumxalq referendum natijasida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevning vakolatligi 2000-yilgacha uzaytirildi. 1999-yil 10-yanvarda oʻtgan umumxalq saylovning natijasida N.A.Nazarboyev 79,78 % ovoz yigʻib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qayta saylandi. 2005-yil 4-dekabrda saylovda 91,5 % ovozga ega boʻlib, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qaytadan saylandi.[11]
Oppozitsiya Nazarboyevni kelishmovchiliklarda aybladi. U gʻolib boʻlgan prezidentlik saylovi, qozoq oppozitsiyasi va gʻarb nazoratchilarining tanqidiga uchrab, ularning fikricha saylov demokratik standartlarga mos ravishva oʻtmadi deb baholandi.[12]
2011-yil 3-aprelda belgilangan muddatidan oldin boʻlgan prezident saylovida toʻrtinchi bor 95,5 foiz ovoz bilan Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlib, 2016-yilgacha Nursulton Nazarboyev saylandi.[13] Qozogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga koʻra, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti Qozogʻiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi. Agarda Qozogʻiston Respublikasining toʻngʻich prezidenti boʻlsa, qonunda bunga cheklash qoʻyilmagan.
2011-yil dekabr oyida Mangʻistau viloyatida qatʼiy naroziliklar uyushtirildi. BBCda yozishicha N.A.Nazarboyev boshqaruv vaqtidagi eng katta qatʼiy naroziliklar aksiyasi shu edi.[14]
Xotini – Sara Nazarbayeva – Xalqaro „Boʻbek“ bolalar xayriya fondini boshqaradi.
Prezidentning uchta qizi bor:
N. A. Nazarboyevning yettita nevarasi va ikkita chevarasi bor.
Nazarboyev oʻzining „Moya jizn“ nomli xotiralar kitobida Asel Isabayena ismli ikkinchi turmush oʻrtogʻi hamda Taumen va Bayken ismli oʻgʻillari borligi haqida maʼlum qiladi[3][4].
N.A.Nazarboyev bir qator ilmiy mehnatlarning, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari va jamoviy-siyosiy mavzu boʻyicha kitoblarning avtori:
Nursulton Nazarboyev nomini turli obektlarga berish haqidagi takliflar qozoq jamoatinining baʼzida noroziligiga sabab boʻladi. Biroq Nursulton Nazarboyev barcha takliflarga rozi ham boʻlmadi. Oʻz nomini taʼlim va fan sohasiga bogʻlashni istagan N.Nazarboyev oʻz nomidagi universiteti va intellektual maktablarining[17] ochilishiga roziligi bildirdi. N.Nazarboyev nomidagi taʼlim markazlarini oʻzining nazoratiga ushlashga harakat qiladi. Nazarboyev nomidagi taʼlim mahkamalari Nazarboyev fondi va Nazarboyev Markazini orqali muvofiqlashtiriladi.
Yangi mustaqil davlat — Qozogʻiston Respublikasining (16.12.1991) — rivojlanishi, barcha atributlari — milliy havfsizlik, davlat boshqaruvi va hokimiyat butkul tarmoqlarining oʻzaro harkatlanish tizimi — milliy davlatning shakllanishi Nazarboyev nomi bilan chambarchas bogʻliq. Nazarboyev rahnamoligida konstitutsiyaviy takomillashish protsesi yuzaga chiqdi, 1995-yilning avgust oyida Qozogʻiston Respublikasining asosiy Qonunini qabullagan umumxalq referendum asosida nihoyasiga yetdi. Qozogʻistonda demokratik institutlarni bunyod qilish Nazarboyevning eng yaxshi mehnatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Soʻz va nashriyot erkinligi, saylov va saylanish huquqi, partiyalar va ijtimoiy birlashmalarni tashkil qilish huquqi, din erkinligi kabi fuqoroviy jamoatning barqaror qadriyalari N.Nazarboyevning vaqtidagi konstitutsiyaviy normalarga aylandi. Iqtisodiy siyosatni, demokratik oʻzgarishlarni, rejadagi kabi yuzaga chiqarishga davlat tuzilmalarining, prezidentlik respublika sifatida xalq tanlagan naʼmunasi oʻz samarasini berdi.[18]
Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasining, Xalqaro injinerlik akademiyasining va Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy fanlar akademiyasining akademigi. Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetining hurmatli professori. Belarus Fanlar akademiyasining hurmatli aʼzosi. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining hurmatli professori.
N.A.Nazarboyev – Qozogʻistonning eng oliy oʻzgacha namunadagi «Altin Qiran» (Oltin Burgut) ordeni bilan, shuningdek dunyoning koʻplagan davlatlarining, xalqaro va ijtimoiy tashkilotlarining oliy mukofotlari bilan taqdirlangan.[18]
N.Nazarboyev SSJI parchalangunga qadar SIKP aʼzosi boʻlgan. Qozogʻiston Respublikasning Konstitutsiyasida prezident biron-bir partiya aʼzosi boʻlib ishlashga hamda uni boshqarishga man qilinadi. Lekin u «Nur Oʻtan» siyosiy partiyasini qoʻllab-quvvatladi. 2007-yili Konstitusiyaga oʻzgartirish kiritdi va N.A.Nazarboyev «Nur Oʻtan» partiyasining rasmiy bosh lavozimiga kirishdi[19].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.