Markaziy Osiyo — bu Osiyo qitʼasidagi sub-mintaqa boʻlib, janubi-gʻarbda Kaspiy dengizi va shimoli-gʻarbda Sharqiy Yevropadan sharqda Xitoy va Moʻgʻulistonga qadar, janubda Afgʻoniston va Erondan shimolda Rossiyaga qadar choʻzilgan.[1] Mintaqa oʻz ichiga sobiq sovet davlatlari boʻlmish Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonni oladi. Ushbu besh respublika nomidagi oʻxshashliklar tufayli mintaqadan tashqarida (asosan Gʻarbda) mintaqa davlatlari umumiy tarzda '-stanʼ davlatlari deb ham yuritiladi.

Qisqa faktlar Maydoni, Aholisi ...
Markaziy Osiyo
Thumb
Maydoni 4,003,451 km2
Aholisi 81,897,577 (2024)
Aholi zichligi 17.43/km2
Etnoxoronim Markaziy Osiyolik
Davlatlar

 O'zbekiston  Qozogʻiston  Qirgʻiziston  Tojikiston  Turkmaniston ([[O'zbekiston Qozog'iston Qirg'iziston Turkmaniston

Tojikiston|davlatlar roʻyxati]])
Qaram davlatlar Qoraqalpog'iston
Tillar Dungan, koryo-mar, Moʻgʻul, qirgʻiz, qoraqalpoq, qozoq, rus, tojik, turkman, uygʻur, oʻzbek
Vaqt mintaqalari

UTC+05:00

UTC+06:00
Yuqori darajali internet domeni .uz, .kg, .kz, .tj, .tm
Yirik shaharlar Toshkent,Samarqand,Buxoro,Xorazm,Qo'qon
Yopish
Thumb
Markaziy Osiyo
Thumb
Markaziy Osiyo
Thumb
Markaziy Osiyo
Thumb
Markaziy Osiyo
Thumb
Markaziy Osiyo XIII asr
Thumb
Markaziy Osiyo 1914-yil
Thumb
Markaziy Osiyo 1920-yil
Thumb
Markaziy Osiyo 2019-yil

Islomdan oldingi davrda va Islom dini mintaqaga kirib kelishi davrida (tahminan milodiy 1000-yil yoki undan oldin) Markaziy Osiyoda asosan eroniy tilda soʻzlashuvchi va madaniyatga ega boʻlgan xalqlar istiqomat qilgan[2][3]. Hududda baqtriyaliklar, soʻgʻdlar, xorazmliklar va yarim-koʻchmanchi skiflar hamda dahlar yashagan. Turkiy xalqlarning koʻchib kelishi bilan Markaziy Osiyo asta-sekin oʻzbeklar, qozoqlar, tatarlar, turkmanlar, qirgʻizlar va uygʻurlar kabi turkiy xalqlarning vataniga aylandi. Tojikistonni istisno qilganda, hududda amal qilgan Eroniy tillar oʻrniga Turkiy tillar kirib keldi.

Tarixan Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yoʻli bilan aloqador boʻlib, Yevropa va Uzoq Sharq orasida odamlar, tovarlar va gʻoyalar almashinuvi uchun chorraha vazifasini bajargan. Markaziy Osiyoning koʻpchilik davlatlari bugungi kunda ham dunyo iqtisodining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.[4][5]

XIX asr oxirlaridan XX asr oxirigacha Markaziy Osiyo ruslar tomonidan mustamlakaga aylantirilgan. Hudud dastlab Rossiya imperiyasi, keyinchalik Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritilgan boʻlib, bu ruslar va boshqa slavyan xalqlarining hududga koʻchib kelishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda kelib chiqishi Yevropalik boʻlgan koʻp sonli xalqlar mavjud boʻlib, ulardan asosiy qismi Qozogʻistonda istiqomat qiladi. Hududda 7 million ruslar, 500,000 ukrainlar va tahminan 170,000 nemislar yashaydi. Stalin davridagi majburiy koʻchirishlari sababli hudduda bugungi kunda 300,000 dan ortiq koreyslar ham istiqomat qiladi.[6]

Markaziy Osiyoda tahminan 80.2 million kishi istiqomat qilib, ular beshta davlatga taqsimlangan: Qozogʻiston (20 million), Qirgʻiziston (7 million), Tojikiston (10 million), Turkmaniston (6 million) va Oʻzbekiston (37.2 million).[7]

Tarixiy mintaqalar

Markaziy Osiyo shimolda Sibir oʻrmonlari bilan chegaralangan. Markaziy Osiyoning shimoliy qismi (Qozogʻiston) Yevrosiyo dashtining oʻrta qismini tashkil qiladi. Gʻarbda Qozoq dashti rus-ukrain dashtlari bilan tutashsa, sharqda Jungʻor va Mogʻul dashtlari bilan tutashib ketadi. Janubga qarab yer tobora quruqlashib, koʻchmanchi aholi ham siyraklashib boradi. Janubdagi sugʻorma dehqonchilik imkoni bor hududlarda aholi zichlashib, shaharlar shakllangan. Asosiy sugʻorma dehqonchilik hududlari Sharqdagi togʻ yonbagʻirlarida, Oks va Yaksart daryolari vodiylarida va Fors bilan chegaradagi Kopetdogʻning shimoliy yonbagʻirlarida joylashgan. Kopetdogʻdan sharqda Marv vohasi, shuningdek Hirot va Balx kabi muhim hududlar joylashgan. Tyan-Shan togʻlarining ikki tumshugʻi sharqdagi togʻlar orasida uchta oʻziga xos 'koʻrfazlarni' hosil qiladi. Ularning ichida eng yirigi shimolda, sharqiy Qozogʻistonda boʻlib, bu hudud tarixan Yettisuv, yoki Semirechye (ruscha: Semiréche) deb nomlangan va bu hududda Balxash koʻli joylashgan. Oʻrtaliqda kichik, lekin zich aholiga ega boʻlgan Fargʻona vodiysi joylashgan. Janubda esa keyinchalik Toxariston deb atalgan Baqtriya joylashgan boʻlib, bu hudud janubda Hindukush togʻlari bilan chegaralangan. Sirdaryo (Yaksart) Fargʻona vodiysida boshlansa, Amudaryo (Oks) Baqtriyada boshlanadi. Bu daryolarning har ikkisi ham shimoli-gʻarbga, Orol dengiziga qarab oqadi. Amudaryo Orol dengiziga quyiladigan joyida yirik deltani hosil qiladi va bu hudud Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi deb atalgan. Amudaryo shimolida nisbatan notanish, lekin Samarqand va Buxoro kabi savdo-sanoat markazlarini suv bilan taʼminlovchi Zarafshon daryosi joylashgan. Mintaqadagi yana bir yirik savdo markazi Toshkent boʻlib, bu shahar Fargʻona vodiysiga kirish nuqtasidan shimoli-gʻarbda joylashgan. Amudaryodan shimoldagi hududlar Movarounnahr, shuningdek, ayniqsa ipak yoʻli savdosida hukmron mavqeda boʻlgan soʻgʻd savdogarlariga nisbatan ishlatilganda, Soʻgʻd deb atalgan.

Sharqda, Jung'ariya va Tarim havzasi tahminan 1759-yilda Xitoyning Shinjon viloyatiga birlashtiriladi. Odatda Xitoydan otlangan karvonlar Tarim havzasining shimoliy yoki janubiy qismlaridan oʻtib, Qashqarda birlashishgan va u yerdan shimoli-gʻarbdagi Fargʻona tomonga, yoki janubi-gʻarbdagi Baqtriya tomonga harakatlanishgan. Buyuk ipak yoʻlining kichikroq yana bir shaxobchasi Tyan-Shanning shimolidan boshlanib, Jungʻoriya va Yettisuvdan oʻtgan va Toshkent yaqinida janubga qayrilgan. Koʻchmanchi qabilalar odatda Moʻgʻulistondan boshlanib, Jungʻoriya orqali oʻtishgan va Toshkent yaqinida janubga qayrilib, oʻtroq aholini istilo qilishgan, yoki gʻarbga, Yevropa tomonga harakatni davom ettirishgan.

Qizilqum choʻli Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan va Qoraqum Amudaryo hamda Turkmanistondagi Kopetdogʻ orasida joylashgan. Xuroson tahminan shimoli-sharqiy Eronni va Afgʻoniston shimoliy hududlarini anglatgan. Margʻiyona esa Marv shahri atroflarini anglatgan. Ustyurt platosi esa Orol Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidagi hududdir.

Janubi-gʻarbda, Kopetdogʻdan narida Fors davlati joylashgan. Aynan shu hudud orqali Fors davlati va Arab xalifaligi Markaziy Osiyoga suqilib kirgan va Rossiya Imperiyasi bosqiniga qadar mahalliy aholining madaniyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Janubi-sharqda Hindiston tomon yoʻl mavjud. Qadimda Buddizm shu yoʻl orqali shimolga tarqalgan va tarixda juda koʻp marotaba Markaziy Osiyolik jangovar qabilalar va podsholar shu yoʻldan oʻtib, Shimoliy Hindistonni istilo qilishgan va u yerda oʻz hokimiyatlarini oʻrnatishgan. Koʻchmanchi bosqinchilarning koʻpchiligi shimoli-sharqdan kirib kelgan. 1800-yillardan keyin Rossiya imperiyasi va keyinchalik Sovet Ittifoqi shaklida hududga shimoli-gʻarbdan G'arb sivilizatsiyasi kirib keldi.

Tarixiy mintaqalar nomlari

Tarixi

Garchi Orientalizm davrida Markaziy Osiyoning jahon tarixidagi hissasi kamaytirib koʻrsatilgan boʻlsada, bugungi kun tarixnavisligi Markaziy Osiyo tarixining ham 'markaziy' ahamiyatini tan olmoqda.[8] Markaziy Osiyo tarixi hududning iqlimi va geografiyasi bilan belgilanadi. Mintaqa iqlimining quruqligi ziroatchilikni qiyinlashtirgan boʻlsa, dengizlardan uzoqda joylashish mintaqaning savdo aloqalarini qiyinlashtirdi. Shu sababdan ham hududda yirik shaharlar soni ham boʻlib, hudud ming yillar davomida dasht koʻchmanchi qabilalari hukmi ostida boʻlgan.

Markaziy Osiyodagi koʻchmanchi qabilalar va oʻtroq xalqlar orasidagi munosabatlar uzoq vaqt davomida dushmanona tusga ega boʻlgan. Koʻchmanchi turmush tarzi harbiylar uchun oʻta mos boʻlib, ichki uyushqoqlikdan mosuvo boʻlganini hisobga olmasa, koʻchmanchi dashtliklar uzoq davr mobaynida dunyodagi eng qudratli harbiy kuchni tashkil qilishgan. Ular orasidagi ichki uyushqoqlikka baʼzan erishilgan boʻlsa, bu ham Markaziy Osiyodan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli tufayli edi. Tarix davomida baʼzan buyuk yetakchilar, yoki tarixiy shart-sharoit bir necha qabilalarning yagona kuchga birlashishiga sabab boʻlib, keyin ular deyarli toʻxtatib boʻlmas kuchga aylanar edi. Bularga misol qilib Yevropaga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan Hunlarni, Qadimgi Xitoydagi Besh varvarlar qoʻzgʻolonini, ayniqsa Yevrosiyoning katta qismini istilo qilgan moʻgʻullarni keltirish mumkin.

Islomgacha va Islomning dastlabki davrlarida Markaziy Osiyoda Eroniy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan.[2][9] Eng qadimgi Eroniy xalqlardan soʻgʻdlar va xorazmliklar oʻtroq hayot kechirgan boʻlsa, skiflar va keyinchalik alanlar kabi eroniy qabilalar koʻchmanchi, yoki yarim-koʻchmanchi hayot kechirgan.

Turkiy xalqlarning asosiy koʻchib kelish toʻlqini VI-XI asrlar oraligʻida sodir boʻlib, bu davrda turkiy xalqlar Markaziy Osiyoning deyarli barcha qismiga tarqalishgan. Yevrosiyo dashtlarida asta-sekinlik bilan hind-yevropa tillarida soʻzlashuvchi eroniy xalqlar oʻrniga, kelib chiqishi Sharqiy Osiyo va Moʻgʻulistonga borib taqaluvchi guruhlar hukmron mavqega ega boʻla boshladi.[10] VIII asrga kelib mintaqaga Arab xalifaligi va Islom kirib keldi, lekin aholi demografik holatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmadi. XIII asrda hududning moʻgʻul qabilalari tomonidan bosib olinishi hududda katta demografik oʻzgarishlarga sabab boʻldi, lekin xalqlarning madaniy yoki lingvistik holatiga taʼsir koʻrsatmadi.[11]

Markaziy Osiyo orqali oʻtgan istilo yoʻllari

Qachonlardir hind-yevropa tillarida soʻzlashuvchi eroniy va boshqa xalqlar istiqomat qilgan Markaziy Osiyoga Janubiy Sibir va Moʻgʻulistondan koʻplab bosqinchilik yurishlari uyushtirilgan va bu hududga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan. Genetik maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, bugungi kunda Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi turli-xil turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar vakillari geni ~22% va ~70% hollarda Sharqiy Osiyoga borib taqalsa (boshqa shimoli-sharqiy Osiyoliklar va sibirliklarga ham xos boʻlgan „Baykal ovchi-termachi geni“), hududdagi eroniy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar, ayniqsa tojiklar orasida hududda Temir davrida istiqomat qilgan hind-yevropaliklar bilan genetik aloqadorlik borligi aniqlangan. Baʼzi turkiy etnik guruhlar, ayniqsa qozoqlarda undanda yuqori foizda Sharqiy Osiyo xalqlari bilan qardoshlik aniqlangan.

Yirik shaharlari

Batafsil maʼlumot Oʻrni, Davlat ...
 
Markaziy Osiyoning eng yirik shaharlari
Oʻrni Davlat Aholi
Thumb
Olmaota
1ToshkentOʻzbekiston3,040,800
2OlmaotaQozogʻiston2,156,749
3OstonaQozogʻiston1,350,228
4ShimkentQozogʻiston1,189,209
5BishkekQirgʻiziston1,074,075
6AshxobodTurkmaniston727,000
7DushanbeTojikiston679,400
8NamanganOʻzbekiston1.000.000
9AktobeQozogʻiston560,820
10SamarqandOʻzbekiston1.542.900
Yopish


Batafsil maʼlumot Shahar, Gerbi ...
Shahar Gerbi Davlat Aholi Tasvir Maʼlumotlar
Ashxobod
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 1,030,063

(2022)

Thumb
Turkmaniston poytaxti va eng yirik shahri. 1818-yilda ruslar asos solgan qishloqdan oʻsib chiqqan shahar ancha yosh hisoblanadi. Shahar yaqinida Parfiya davlatining qadimgi poytaxti boʻlmish Niso xarobalari joylashgan.
Bishkek
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 1,074,075

(2021)

Thumb
Qirgʻiziston poytaxti va eng yirik shahri. Bishkek shuningdek Qirgʻizistonning Chuy viloyati maʼmuriy markazidir. Ushbu viloyat shaharni oʻrab turadi, lekin shahar ushbu viloyat tarkibida emas, balki viloyat-maqomidagi birlikdir.
Buxoro Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 280,187 (2020) Thumb Oʻzbekistonning Buxoro viloyati markazi va mamlakatdagi beshinchi eng yirik shahar. Buxoro mil. av. VI asrda shakllangan Fors tamadduni dunyoga kelishi bilan uning markaziy nuqtalaridan biri hisoblangan. milodiy XII asrga kelib esa turkiy tilda soʻzlashuvchilar koʻchib kelishni boshlagan. Shahar meʼmorchiligi va arxeologik yodgorliklari Markaziy Osiyo tarixi va sanʼatining tamal toshlaridan biridir.
Dushanbe
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 1,201,800

(2022)

Thumb
Tojikiston poytaxti va eng yirik shahri. Ayonki, shahar nomi hafta kunini anglatadi va shaharning avvaliga xalq orasida mashhur Dushanba kunlik bozor oʻtkaziladigan qishloqdan oʻsib chiqqanini koʻrsatadi.
Ostona
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 1,350,228

(2022)

Thumb
Qozogʻiston poytaxti va ikkinchi eng yirik shahri. 1994-yilda shahar yangi mustaqillikka erishgan respublikaning boʻlgʻusi poytaxti boʻlishi belgilandi va poytaxt 1997-yilda rasman Olmaotadan Ostonaga koʻchirildi. 2019-yilda shahar oʻz vazifasidan ketgan birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga „Nur-Sulton“ deb oʻzgartirildi, lekin 2022-yilda yana qayta Ostonaga oʻzgartirildi.
Olmaota
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 2,211,198 (2023)
Thumb
Mamlakatning eng yirik shahri. Shahar 1929-1997-yillar oraligʻida Qozogʻistonning (va undan oldin Qozoq SSRning) poytaxti boʻlgan. Poytaxt maqomini yoʻqotganiga qaramasdan, shahar Qozogʻistondagi yirik savdo-sanoat markazlaridan biri boʻlib qolmoqda. Olmaota Qozogʻistonning va Markaziy Osiyo mintaqasining tan olingan moliyaviy markazlaridan biridir.
Oʻsh
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 361,273 (2023) Thumb Qirgʻizistondagi ikkinchi eng yirik shahar. Shuningdek, Oʻsh shaharni oʻrab turuvchi Oʻsh viloyatining maʼmuriy markazi hamdir. Ushbu viloyat shaharni oʻrab turadi, lekin shahar ushbu viloyat tarkibida emas, balki viloyat-maqomidagi birlikdir.
Qoʻqon Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 259,700 (2022) Thumb Oʻzbekiston sharqidagi Fargʻona viloyatida joylashgan shahar. Fargʻona vodiysining janubi-gʻarbida joylashgan. Qoʻqon Toshkentdan 228 km janubi-sharqda, Andijondan 115 km gʻarbda va Fargʻonadan 88 km gʻarbda joylashgan. Shahar baʼzan „Shamollar shahri“ deb ataladi. XVIII-XIX asrlarda mavjud boʻlgan Qoʻqon xonligi poytaxti.
Samarqand
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 513,572 (2019)
Thumb
Oʻzbekistondagi eng yirik ikkinchi shahar va Samarqand viloyati markazi. Shahar ayniqsa Gʻarb va Xitoy orasidan oʻtgan Buyuk Ipak yoʻlidagi markaziy maqomi, shuningdek Markaziy Osiyo tamadduni beshiklaridan ekani bilan tanilgan. Mirzo Ulugʻbek (1394-1449) aynan shu shaharda ulkan rasadxona barpo etadi.[19]
Toshkent
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 3,000,000 (2023)
Thumb
Oʻzbekiston poytaxti. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar. Islomgacha va Islomning dastlabki davrlarida shahar Choch nomi bilan tanilgan. Toshkent Chirchiq daryosi boʻyidagi voha sifatida paydo boʻlgan boʻlib, qadimgi davrlarda Qangʻ davlatining yozgi poytaxti vazifasini bajargan.[20]
Yopish

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.