Eroniy xalqlar (forscha: مردمان ایرانی; tojikcha: мардумхои эронӣ; osetin: ирайнаг адæмтæ) — hind-yevropa tillaridagioriylar oilasining eroniy tillarida soʻzlovchi, kelib chiqishi umumiy boʻlgan xalqlar. Eroniy xalqlar Yevrosiyo qitʼsidagi eng qadimiy xalqlar oilasidan biri hisoblanadi. Ushbu xalqlarning yuzaga kelishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikka borib taqaladi. Eroniy xalqlar rivojlanishi va kichik sub-oilalarga boʻlinishi qadimgi Baqtriya (hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududlari) hududida amalga oshgan. Eroniy xalqlarning umumiy soni taxminan 200 million kishini tashkil etadi. Hozirgi paytda Eroniy xalqlar asosan Eron, Afgʻoniston va Tojikiston, qisman Oʻzbekiston, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq, Suriya, janubiy Rossiya, Gurjiston va Xitoy hududlarida keng tarqalgan. Ushbu xalqlar eroniy tillarda soʻzlashadi. Eroniy xalqlar tili, madaniyati va tarixi, dunyoda eng koʻp tatqiq qilinadigan ilmiy yoʻnalishlardan biridir. Eroniy xalqlar va turkiy xalqlar tarixi va madaniyati bir-biri bilan chambarchas bogʻliq.
Qisqa faktlar Umumiy aholi soni, Katta aholiga ega mintaqalar ...
„Eroniylar“ yoki „eronliklar“ atamasi, tarixiy va qadimiy „Eron“ (forscha: ايراﻥ [ʔiˈɾɒn]) soʻzidan kelib chiqadi. Ushbu atama, qadimiy eron tilidagi a(i)ryāna — yaʼni oriylar yurti soʻzidan kelib chiqgan. Avestiylik tilida esa airyō.šayana „oriylar makoni“, airyå daiŋʹhāwō — „oriylar yurti“, parfiya va soʻgʻdiylar tilida aryān deb nomlangan. Hozirgi paytda, Eron dunyodagi mavjud davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, eroniy xalqlar etnik guruhi nafaqat hozirgi Eron hududida, balki uning tashqarisida ham keng tarqalgan[1].
Eroniy xalqlar kelib chiqishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikda, Baqtriya va Margʻiyona (hozirgi shimoliy Afgʻoniston va Pokiston va janubiy Oʻzbekiston va Tojikiston hududlari) hududida keng tarqalgan hindo-eron kontinuumining inqirozga uchrab barham topishi bilan boshlangan. Ushbu inqiroz oqibatida, hindo-oriylar, mintaniylar va vujudga kelayotgan eroniy xalqlar bir-biridan jugʻrofik va lingvistik tomondan uzoqlashib tarqoq holga kelgan.
Eramizdan avvalgi II-mingyillik oxirida, yangi vujudga kelgan eroniy xalqlar guruhlarning baʼzilari Oʻrta Osiyo hududlaridan koʻchib oʻtib, Hindukush, Mesopotamiya, Pomir va boshqa hududlarga oʻrnashishadi. Ushbu koʻchishlar oqibatida yanada koʻplab eroniy etnik guruhchalar yuzaga keladi[1].
Hozirgi paytda „eronliklar“ atamasi asosan zamonaviy Eron davlatida yashovchi xalqlarga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, hozirgi paytda va asosan undan oldinroq, ushbu atama bilan Eron hududidan bir necha marotaba kattaroq boʻlgan hududlarda yashovchi xalqlar nazarda tutiladi. Ushbu katta oʻlkaga Oʻrta Osiyoning janubiy qismi, Afgʻoniston, shimoliy Pokiston, Iroq va Suriya, shuningdek janubi-sharqiy Turkiya kiradi. Baʼzida ushbu hududlar „Katta Eron“ yoki „Buyuk Xuroson“ deb ataladi.
Janubi-gʻarbiy tillar
Fors tili (forscha, dariy, tojikcha), klassik davri X—XVI/XVII-asrlar. Hozirda turli fors-tojik sheʼvalar kontinuumini (birlashmasini) tashkil etadi va uchta adabiy tilga boʻlinadi.
Osetin tili (kudarja va ksancha - Janubiy Osetiyada, ironcha va digorcha - Shimoliy Osetiyada)
Yass tili †
Qadimgi eroniylar
Eramidan avvalgi I-mingyillik oxirida eroniy xalqlar katta hududlarga tarqalib, Oʻrta Osiyo, Eron togʻligi, Hindukush, Hind, Kavkaz va boshqa joylarda oʻrnashib olishadi.
Quyida qadimiy koʻchmanchi va koʻchmanchi boʻlmagan eroniy xalqlar koʻrsatilgan:
Hozirgi eroniy xalqlar va ularga qardosh baʼzi turkiy xalqlar vujudga kelishi bir nechta davrlarda yuz bergan:
Eramizdagi III-asrda eroniy koʻchmanchilar dezintegratsiyasi va ularning baʼzi turkiy va slavyan xalqlar bilan assimilyatsiyasi. Shimoliy Kavkaz hudularida XIII—XIV-asrlarda Moʻgʻullar istilosi va Amir Temur yurishlari oqibatida yangi vujudga kelgan va rivojlanishi toʻxtagan, biroq saqlanib qolgan alanlar etnosining davochilari — osetinlar vujudga kelishi.
Oʻrtafors, keyinroq esa yangi fors tilining butun Katta Eron hududiga tarqalishi va koʻpgina xalqlarning ushbu tilni qabul qilishi. Ushbu assimilyatsiya oqibatida fors tilining yangi sheʼva va turlarining vujudga kelishi. HamadondanFargʻonaga qadar umuniy fors-tojik tilining vujudga kelishi va ushbu hududlardagi aholining bir-birini tushunishni boshlashi.
Daylamiylar tomonidan Kaspiyoldi hudud ekspansiyasi va ushbu ekspansiya oqibatida zazalar va goʻroniylarning gʻarbga koʻchishi va kurdlar bilan assimilyatsiyasi.
Yangi vujudga kelgan turkiy tillarning ekspansiyasi va butun Oʻrta Osiyoda uzoq davom etgan eroniy tojik tilining boshqaruvi tugashi va uning Oʻrta Osiyo janubida va janubi-sharqida, shuningdek shimoliy Afgʻonistonda gegemoniyasi qolishi.
Eroniy madaniyatga ega va boshqa turkiy xalqlardan farqli oʻlaroq koʻchmanchi boʻlmagan oʻzbek etnosining vujudga kelishi.
Hozirgi eroniy xalqlar
Forslar (fors., dariy ایرانیها، تاجیکها fårsån, pårsån, irånihå) — eng asosiy va katta eroniy xalql. Forslarning umumiy soni har xil hisob-kitoblarga koʻra 40 milliondan 90 milliongacha kishini tashkil etadi va asosan Eron, qisman Afgʻoniston, Turkiya va boshqa davlatlarda keng tarqalishgan[2]. Asosan islom dininingshialikmazhabiga eʼtiqod qilishadi.
Tojiklar (dariy ایرانیها، تاجیکها fårsån, tåjikhå, tojik.forson, toҷikho) — forslarga juda yaqin qarindosh boʻlgan va ulardan til, tuzilish va madaniyat boʻyicha juda kam farqlanadigan eroniy xalq. Tojiklarning umumiy soni qariyb 20—25 million kishini tashkil etadi va asosan Tojikiston, Afgʻoniston, qisman Oʻzbekiston, Eron va Rossiyada keng tarqalgan. Asosan islom dinining sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilishadi[3].
Pushtunlar, baʼzida afgʻonlar (pusht. پښتون, gʻarbda paṣ̌tún, sharqda paxˇtún) — sharqiy-eroniy xalq. Koʻplari yarimkoʻchmanchi. Eroniy pushtu tilida soʻzlashishadi. Asosan Afgʻonistonning janubiy va sharqiy qismida, shuningdek shimoliy va gʻarbiy Pokistonda keng tarqalgan. Pushtunlarning umumiy soni qariyb 42—45 million kishini tashkil etadi[4]. Pushtunlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
Pashaiylar, baʼzida lagʻmoniylar (fors. پشهای) — janubi-sharqiy eroniy xalq. Asosan AfgʻonistonningQobul va Qunar daryolari va togʻliklarida, Pokistonning Haybar-Paxtunxva viloyatida keng tarqalgan. Pashaiylar soni taxminan 100 000 kishini tashkil etadi[5]. Asosan pashaiy tilida, shuningdek dariy va pushtun tillarida soʻzlashishadi. Dini va eʼtiqodi boʻyicha pashaiylar asosan islom dinining sunniy mazhabiga mansub, baʼzilari esa shia mazhabining ismoiliy oqimiga mansub.
Kurdlar (kurd.Kurd /کورد, Kurmancî /کورمانجی) — gʻarbiy-eroniy xalq. Asosan hozirgi Turkiya janubi-sharqi, sharqiy va shimoliy Iroq, gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy Eron, shimoliy va sharqiy Suriyada keng tarqalgan. Qabilali boʻlinishlarga ega boʻlib, kurd tilining turli sheʼvalarida soʻzlashishadi. Ushbu sheʼvalar ikki katta guruhga: kurmanji (shimoliy kurd tili) va sorani (janubiy kurd tili) sheʼvalariga boʻlinadi. Kurdlar etnosiga shuningdek zazalar va goʻroniylar ham qoʻshiladi. Kurdlar soni taxminan 35—40 million kishini tashkil etadi[6][7][8]. Dini va eʼtiqodi boʻyicha asosan islom dinining sunniy mazhabiga, shuningdek shia va alaviy mazhabi, yezidizm va xristian diniga boʻlinadi.
Balujlar (baluj. بلوچ balōč) — yarimkoʻchmanchi sharqiy-eroniy xalq. Asosan qabilalarga boʻlinadi va balujlarning soni taxminan 10 million kishini tashkil etadi. Asosan PokistonningBalujiston provinsiyasi, Afgʻonistonning janubi-sharqiy qismi va EronningSiston va Balujiston ostanida keng tarqalgan. Balujlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga mansub hisoblanishadi.
Mozandaronlar va Gilaklar (mozand. مزرونی، تاپوری mazruni, topuri,gilak. گیلک giläk) — forslarga yaqin qarindosh hisoblanadigan eroniy xalqlar. Eronning shimoliy qismidagi Mozandaron va Gilon ostanlarida, Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlari atrofida keng tarqalgan. Mozandaronlar soni taxminan 4 million, gilaklar soni esa taxminan 2—3 million kishini tashkil etadi. Ushbu ikki xalqning tillari Eronda hech qanday maqomga ega emas va ular fors tili sheʼvalaridan biri deb hisoblanadi. Ikkala xalq ham islom dinining shialik mazhabiga eʼtiqod qilishadi.
Lurlar va Baxtiyoriilar (fors. لر، بختیاری lor, baxtiyårī) — yarimkoʻchmanchi eroniy xalqlar. Asosan Eronning gʻarbiy qismida keng tarqalgan. Fors tili sheʼvalarida soʻzlshishadi. Lurlar soni taxminan 4—8 million kishini, baxtiyoriilar soni esa taxminan 150—200 ming kishini tashkil etadi. Asosan islomning shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi[9].
Hazoralar (hazōra) — Chingizxon davridan qolgan moʻgʻul askarlarining mahalliy aholi bilan aralashib vujudga kelganlar avlodlari. Asosan Afgʻonistonning togʻli hududlarida keng tarqalgan. Asosan dariy tili va fors-tojik tillari sheʼvalarida soʻzlashishadi. Hazoralar asosan islomning shialik mazhabiga mansub boʻlib, qariyb 7 million kishini tashkil etishadi[11].
Choraymoqlar (dariy. چارایماق) — kelib chiqishi turkiy boʻlgan eroniy yarimkoʻchmanchi xalq. Choraymoqlar bir nechta qabilalarga boʻlingan. Eng katta qabilalari bu: jamshidlar, feruzkoʻhilar, taymanlar va teymurlar. Asosan Afgʻonistonning shimoli-gʻarbi va Eronning shimoli-sharqida keng tarqalgan. Choraymoqlarning umumiy soni taxminan 900 ming kishini tashkil etadi[12]. Fors va dariy tilarining turli sheʼvalarida soʻzlashishadi va asosan islomning sunniylik hamda shialik mazhablariga mansub hisoblanishadi.
Tatlar (tat, parsi, dagli, lohijihon) — Kavkazortida keng tarqalgan eroniy xalq. Tili va kelib chiqishi boʻyicha boshqa eroniy xalqlardan ozroq farqlanishadi. Tatlarning umumiy soni qariyb 50 ming kishi va asosan Ozarbayjon, Eron va Rossiyashimoliy Kavkazida keng tarqalgan[13]. Asosan islom dinining shialik va sunniylik mazhablariga eʼtiqod qilishadi.
Tolishlar (tol. tolışon) — Kavkazortida keng tarqalgan eroniy xalq. Tolishlar kelib chiqishida eroniylardan tashqari turli Kavkaz etnoslari ham qatnashgan. Tolish tilida soʻzlashishadi. Tolishlarning umumiy soni ha-xil hisob-kitoblarga koʻra 260—800 ming kishini tashkil etadi va asosan Ozarbayjon janubi va Eronning shimoli-gʻarbidagi Gilon va Ardabil ostanlarida keng tarqalgan[14]. Asosan islomning sunniylik hamda shialik mazhablariga mansub hisoblanishadi.
XIX asrdan to hozirgacha eronshunosligida ham „Katta Eron“ ham „Eron“ atamalari ishlatilib kelinadi. Shuningdek „Buyuk Eron“ va „Eron madaniy oʻlkasi“ kabi atamalar ham uchrab turadi. „Katta Eron“ oʻlkasi hozirgi siyosiy jabhadan tubdan farq qilib, faqat tarixiy, madaniy va diniy birlikka ishora qiladi. „Katta Eron“ oʻlkasi tarixi Sosoniylarning ushbu oʻlkaga kiruvchi hududlarini bosib olib Sosoniylar davlatiga asos solinganida boshlangan va boshqa sulolalar tomonidan davom ettirilgan. Forslar ushbu hududlarni egallab olishgani bilan ular oʻz dini, tili va madaniyatini mahalliy xalqlarga singdirishgan. Asrlar osha ushbu xalqlar va hududlar juda qalin hamkorlikda boʻlishgan[17].
Eroniy xalqlar va birinchi navbatda forslar boshqa yerlarni bosib olayotgan paytda ushbu xalqlarga oʻz madaniyati va eʼtiqodini targʻib qilgani va ularning baʼzilari mahalliy xalqlar bilan assimilyatsiyaga uchragani oqibatida ushbu izlar yanada rivojlangan. Ushbu izlar, hozirgi baʼzi turkiy xalqlar etnogenezida chuqur ildizga ega va ushbu turkiy xalqlar eroniy xalqlar bilan tarixiy va madaniy jihatdan qarindosh. Ushbu xalqlar etnogenezida forsiy va eroniy qonlar katta qismni egallaydi. Eroniylarga qardosh ushbu turkiy xalqlarga ozarbayjonlar, turkmanlar, oʻzbeklar va uygʻurlar kiradi[18][19][20].
Baʼzi kurdlaryezidizm dini — islom dinidan juda katta farqlanib, islomdan oldingi diniy eʼtiqodlarni oʻz ichiga oladigan dinga eʼtiqod qilishadi. Shuningdek, eroniy xalqlardan baʼzilari zardushtiylik diniga eʼtiqod qilishadi. Zardushtiylar asosan Eron, Ozarbayjon va Afgʻonistonda tarqalgan.
Boshqa eroniy xalqlar va oʻlkalardan farqli oʻlaroq, Kavkazdagi alohida, boshqa eroniy xalqlar va oʻlkalardan uzoq joylashgan eroniy Alaniya (Osetiya) oʻlkasi boshqacha rivoj va inqirozga yuz tutgan. AlanlarningOʻrta OsiyodagiXorazm va Soʻgʻd eroniy oʻlkalari bilan mustahkam aloqalari eramizning I-mingyilligi oxirigacha uzilmay kelgan. Ushbu aloqalar susayishi va inqirozga yuz tutishi birinchi navbatda alanlarning Kavkaz xalqlari bilan aralashuvi va Vizantiyaga oshiqishi muhim rol oʻynagan. Keyinroq alanlar moʻgʻullar istilosidan keyin oʻzlarini tiklay olmay inqirozga yuz tutgan.
Alanlarning hozirgi avlodlari — osetinlar ushbu inqirozlar tufayli boshqa eroniy xalqlardan uzoqda qolib keishgan va Kavkazning baʼzi xalqlari bilan qoʻshilishgan. Buning natijasida osetinlar madaniyatida Kavkaz eroniy madaniyatdan ustun kelib osetinlarni eroniylikdan yanada uzoqlashtirgan. Shuning uchun hozirgi osetinlar eroniy xalq hisoblansa ham, boshqa eroniy xalqlardan keskin farq qilishadi. Ushbu farq osetinlarning eʼtiqodida yanada yaxshiroq koʻrinadi, chunki osetinlarning asosiy qismi xristan dininingpravoslavlik mazhabiga eʼtiqod qilishadi[21].
CIA: 14 million in Turkey, 6.2-6.5 million in Iraq, 6.5-7.7 million in Iran (all for 2011), plus several million in Syria, neighboring countries, and the diaspora
The Kurds: culture and language rights (Kerim Yildiz, Georgina Fryer, Kurdish Human Rights Project; 2004): 18 % of Turkey, 20 % of Iraq, 8 % of Iran, 9.6 %+ of Syria; plus 1-2 million in neighboring countries and the diaspora
Sandra Mackey, „The reckoning: Iraq and the legacy of Saddam“, W.W. Norton and Company, 2002. Excerpt from pg 350: „As much as 25 % of Turkey is Kurdish.“
The Azerbaijani are of mixed ethnic origin, the oldest element deriving from the indigenous population of eastern Transcaucasia and possibly from the Medians of northern Persia. This population was Persianized during the period of the Sāsānian dynasty of Iran (3rd-7th century ce).