From Wikipedia, the free encyclopedia
Chu viloyati — Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat, respublika shimolida. Maydoni 18,8 ming km². Aholisi 747,9 ming kishi (1995), asosan, qirgʻizlar va ruslar, shuningdek, oʻzbek, ukrain, nemis, tatar, dungan, uygʻur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tarkibida 11 tuman, 5 shahar va 7 shaharcha bor. Qirgʻiziston poytaxti (Bishkek) ham viloyat xududida joylashgan. Undan tashqari, Toʻqmoq, Qorabolta, Kant, Shopokov shaharlari mavjud. Markazi — Qorabolta shahri Viloyatning relyefi togʻli. Balandligi 5000–5500 m. Chu viloyati hududiga Chu va togʻ oraligʻidagi Katta Kebin vodiylari, shuningdek, ularni oʻrab turgan Kirgʻiz, Ili, Kungay Olatovlarining yon bagʻirlari kiradi. Vodiyning gʻarbiy va oʻrta qismlari deyarli tekislik. Qirgʻiz Olatovining etaklariga yaqin tomoni hamda Qirgʻiz, Ili Olatovlari egallagan sharqiy qismi biroz qiya. Vodiyning sharqida Chu daryosining oʻng sohilida Kebin vodiysi joylashgan. Vodiydan jan.da daralar bilan boʻlingan oʻrtacha balandlikdagi togʻ tarmogʻi bor. 3500 m dan yuqorida koʻp yillik muzlik, qoyalar, muzli mintaqalar boshlanadi. Qirgʻiz Olatovidagi dovonlarning hammasi 3000 m dan baland. Togʻning eng baland joyi Olaarcha va Alameddin daryolarining boshlanishida joylashgan. Ayrim togʻ choʻqqilari 4500 m balandlikda. Sharkda Ili va Kungay Olatovlarining oraligʻida Katta Kebin vodiysi, vodiy ichkarisida Koʻkoyroq yaylovi joylashgan.
| |||||
Markazi | Toʻqmoq | ||||
Maydoni | 20 200 km² | ||||
Aholisi - Barchasi |
814 900 (2011) | ||||
Davlat tili | Qirgʻiz tili, rus tili | ||||
Gubernator | Siydanov Kubanichbek Siydanovich (2006 13-noyabrdan) | ||||
ISO 3166-2 | KG-C | ||||
Soat mintaqai | UTC +6 | ||||
Avtomobil kodi | C, S |
Foydali qazilmalardan polimetall rudalari, rangli metallar, nometallardan osh tuzi, gips, marmar, siyenit, granit, mergel, ʻ shagʻal, slanets va boshqa bor. Gaz, neft resurslari oʻrganilgan. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, ayrim yillari qishda qattiq sovuq boʻladi. Bahori qisqa, mart oxiridan havo isiy boshlaydi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 22°—25°. Eng yuqori temperatura 44°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7°. Eng past temperatura —40°. Qor 75—90 kungacha erimay turishi mumkin. Yiliga vodiyda 270—400 mm, togʻ yon bagʻirlarida 500—600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Daryolari Chu daryosi havzasiga mansub. Eng katta daryosi — Chu. Uning oʻng irmoklari — Katta va Kichik Kebin daryolari, chap irmoklari — Jeraliq, Toldibuloq, Shamish, Burana va boshqa Issiq va mineral buloqlar bor. Sunʼiy koʻl koʻp. Sharqiy, Fapbiy, Jan. Katta Chu sugʻorish kanallari va Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Chu, Kebin vodiylarining tekislik qismida boʻz tuproq, ayrim joylarda nam va shoʻr tuproq; och tusli qoʻngʻir tuproklar ham uchraydi. Tog etaklarida och tusli va qora qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Tabiiy oʻsimliklardan shuvoqefemerli chala choʻl oʻsimliklari, shuvoqgʻalladoshlar, chalov shuvoqli oʻtlar, qamish va butasimonlar uchraydi. Tog etaklari, asosan, chalov va qoraqiyoq oʻsimliklarga boy. Tog yon bagʻirlarida oʻtloklar, baland qismida butazor va oʻrmonlar mavjud. Qirgʻiz Olatovidagi daralarda, Katta Kebin vodiysida qaragʻay, qayin, archa, chetan daraxti va boshqa usadi. 3600 m dan yuqorida glyatsialnival mintaqa joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan togʻ takasi, kiyik, arxar, silovsin, tulki, boʻri, qunduz, sugʻur va boshqa, suvlarda har xil baliklar, goz, oʻrdak, ondatralar bor. Olaarcha daryosi darasida milliy bogʻ tashkil etilgan. Toʻqmoqda qirgʻovullarni koʻpaytirib tarqatish xoʻjaligi, Oqsuv davlat kompleks qoʻriqxonasi, Jarli Qayindi, Kebin davlat zoologiya qoʻriqxonlari mavjud.
Viloyatda rangli metallurgiya, yogʻochsozlik va mebelsozlik, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziqovqat sanoatlari bor. "Goldstar" radiozavodi, "Torgmash", taʼmirlashmexanika, Chu metall buyumlari ishlab chiqarish, Qayindi kabel zdlari, "Qirgʻizmebel" ishlab chiqarish birlashmasi, Toʻqmoq ipyigiruv fabrikasi, Qirgʻiz kamvolmovut kti, yirik panelli uysozlik zdi, kigiz, moʻyna fabrikalari, oziq-ovqat sanoati (konserva, yogʻpishloq, shakarqand, araqlikyor, tamaki, pivo zdlari, goʻsht, un va boshqalar) korxonalari ishlab turibdi. Chu viloyatida dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dehqonchilikning asosini gʻallachilik tashkil etadi. Qand lavlagi, mavrak, yalpiz, sabzavot, kartoshka, poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik taraqqiy etgan. Qoramol, choʻchqa, parranda, shuningdek, yilqi, quyon, tulki, nutriya boqiladi. Viloyat hududidan Lugovaya — Bishkek — Kebin — Baliqchi temir yoʻl oʻtgan (Chu viloyatidagi uz. 186 km). Vodiydan Talas, Oʻsh, Toshkent, Olmaota, Baliqchi, Noringa magistral avtomobil yoʻllari ketgan. Bishkek shahri yaqinidagi "Manas" aeroporti vodiyni Olmaota, Ostona, Toshkent, Moskva, Istanbul, Dehli, Qorakoʻl, Oʻsh, Norin, Jalolobod va boshqa shaharlar bilan bogʻlaydi. 300 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, oliy oʻquv yurtlari, muzey, teatr, madaniyat saroylari bor.[1]
Aholisi (1989) | % | Aholisi (1999) | % | Aholisi (2010) | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
barchasi | 796 692 | 100,00 % | 770 811 | 100,00 % | 803 230 | 100,00 % |
Qirgʻizlar | 233 699 | 29,33 % | 337 236 | 43,75 % | 474 805 | 59,11 % |
Ruslar | 331 049 | 41,55 % | 245 863 | 31,90 % | 167 135 | 20,81 % |
Dunganlar | 30 099 | 3,78 % | 43 958 | 5,70 % | 49 802 | 6,20 % |
Uygʻurlar | 10 402 | 1,31 % | 14 706 | 1,91 % | 15 276 | 1,90 % |
Oʻzbeklar | 12 096 | 1,52 % | 13 662 | 1,77 % | 14 755 | 1,84 % |
Qozoqlar | 15 384 | 1,93 % | 17 510 | 2,27 % | 12 800 | 1,59 % |
Turklar | 6 471 | 0,81 % | 13 286 | 1,72 % | 11 124 | 1,38 % |
Ukrainlar | 43 598 | 5,47 % | 25 713 | 3,34 % | 10 850 | 1,35 % |
Ozarbayjonlar | 5 882 | 0,74 % | 7 399 | 0,96 % | 10 196 | 1,27 % |
Tatarlar | 8 803 | 1,10 % | 8 494 | 1,10 % | 6 482 | 0,81 % |
Olmonlar | 71 880 | 9,02 % | 14 095 | 1,83 % | 5 919 | 0,74 % |
Kurdlar | 638 | 0,08 % | 3 741 | 0,49 % | 4 544 | 0,57 % |
Koreyslar | 5 792 | 0,73 % | 5 684 | 0,74 % | 4 388 | 0,55 % |
Tojiklar | 412 | 0,05 % | 2 569 | 0,33 % | 2 600 | 0,32 % |
Lezginlar | 2 090 | 0,26 % | 2 283 | 0,30 % | 2 246 | 0,28 % |
Darginlar | 1 719 | 0,22 % | 1 993 | 0,26 % | 1 812 | 0,23 % |
Qorachoylar | 1 991 | 0,25 % | 1 760 | 0,23 % | 1 379 | 0,17 % |
Chechenlar | 1 820 | 0,23 % | 1 784 | 0,23 % | 1 316 | 0,16 % |
Bulgʻorlar | 856 | 0,11 % | 806 | 0,10 % | 692 | 0,09 % |
Belaruslar | 2 468 | 0,31 % | 1 360 | 0,18 % | 574 | 0,07 % |
Loʻlilar | 599 | 0,08 % | 663 | 0,09 % | 409 | 0,05 % |
Avgʻonlar | 624 | 0,08 % | 451 | 0,06 % | 353 | 0,04 % |
Boshqirtlar | 484 | 0,06 % | 421 | 0,05 % | 270 | 0,03 % |
Moldavanlar | 753 | 0,09 % | 481 | 0,06 % | 267 | 0,03 % |
Armanlar | 315 | 0,04 % | 314 | 0,04 % | 240 | 0,03 % |
Xitoylar | 258 | 0,03 % | 282 | 0,04 % | 238 | 0,03 % |
Mordvalar | 1 274 | 0,16 % | 652 | 0,08 % | 217 | 0,03 % |
Bolgarlar | 246 | 0,03 % | 210 | 0,03 % | 209 | 0,03 % |
Polyaqlar | 618 | 0,08 % | 435 | 0,06 % | 189 | 0,02 % |
Agular | 122 | 0,02 % | 243 | 0,03 % | 159 | 0,02 % |
Chuvashlar | 776 | 0,10 % | 397 | 0,05 % | 141 | 0,02 % |
Turkmanlar | 88 | 0,01 % | 91 | 0,01 % | 123 | 0,02 % |
Yunonlar | 177 | 0,02 % | 135 | 0,02 % | 121 | 0,02 % |
Qalmiqlar | 124 | 0,02 % | 139 | 0,02 % | 109 | 0,01 % |
boshkalar | 3 085 | 0,39 % | 1 995 | 0,25 % | 1 490 | 0,19 % |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.