From Wikipedia, the free encyclopedia
Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide, qisqacha Fraport nomi bilan tanilgan, Frankfurtmayn shahridagi Frankfurt aeroportini boshqaradigan va dunyo boʻylab bir qancha boshqa aeroportlari boshqaruvida oʻz ulushiga ega boʻlgan nemis transport kompaniyasi. Ilgari kompaniya shahardan 130 kilometr gʻarbda joylashgan kichikroq Frankfurt-Han aeroportini ham boshqargan. Xetra va Frankfurt fond birjalarida listingga kiritilgan. Kompaniyaning hozirgi bosh ijrochi direktori Stefan Schulte . 2019-yil holatiga koʻra, kompaniyada 22 514 nafar xodim ishlaydi. Yillik daromadi esa taxminan 3,3 milliard yevroni tashkil qiladi. Fraport 2002-yildan 2012-yilgacha Bundesliga futbol jamoasi Ayntraxt Frankfurtning bosh homiysi boʻlgan.
Turi | Aktiengesellschaft (AG) |
---|---|
Xizmatlari | Aeroport operatori |
Tarmogʻi | Transport |
Qachon asos solingan | 1924 (Südwestdeutsche Luftverkehrs AG sifatida)[1] |
Joylashuvi |
Frankfurt aeroporti Frankfurtmayn, Hesse, Germaniya |
Rahbariyat | Stefan Schulte (CEO va Boshqaruv raisi), Karlheinz Weimar (Kuzatuv kengashi raisi) |
Aylanma daromadi | €3.260 mlrd (2019)[2] |
Operatsion foydasi | €705 mln (2019)[2] |
Boyligi | €12.627 mlrd (2019-yil oxiri)[2] |
Ishchilar soni | 22,514 (2019)[2] |
Vebsayti | www.fraport.com |
Fraport AG oʻz aeroportlarida hamda uchinchi tomon boshqaradigan aeroportlarda yerda xizmat koʻrsatish operatsiyalari bilan ham shugʻullanadi. Yerda xizmat koʻrsatish faoliyatini asosan tartibga solinmagan kontekstda amalga oshiradi. Fraport, shuningdek, Frankfurt aeroporti va Indira Gandi xalqaro aeroportini dunyodagi eng yirik yoʻlovchi layneri A380 uchish-qoʻnishiga tayyor qilish uchun jalb qilingan.
Frankfurt aeroportiga aloqador turli boshqaruv va infratuzilma shoʻba korxonalariga qoʻshimcha ravishda, Fraport holdinglari quyidagi aeroportlarni boshqaradigan kompaniyalarni oʻz ichiga oladi:
Kompaniya | Aeroport(lar) | Mamlakat | Ulushi | Aeroport boshqaruvining boshlanishi | Shartnoma muddati |
---|---|---|---|---|---|
DIAL Delhi International Airport Private Limited | Indira Gandi xalqaro aeroporti (DEL) | Hindiston | 10% | 2006-yil | 2036-yil |
Fraport TAV Antalya Management A. S. | Antaliya aeroporti (AYT) | Turkiya | 50/51% | 1999 yil | 2024-yil |
Fraport Twin Star Airport Management AD | Burgas aeroporti (BOJ), Varna aeroporti (VAR) | Bolgariya | 60% | 2006-yil | 2041-yil |
Lima Airport Partners S. R.L. | Xorxe Chaves xalqaro aeroporti (LIM) | Peru | 80,01% | 2001-yil | 2041-yil |
Ljubljana Airport | Lyublyana aeroporti (LJU) | Sloveniya | 100% | 2014 yil | cheklanmagan |
Northern Capital Gateway MChJ | Pulkovo aeroporti (LED) | Rossiya | 25% | 2010-yil | 2040-yil |
AirMall | Baltimor-Vashington xalqaro aeroporti (BWI), Boston Logan xalqaro aeroporti (BOS), Pitsburg xalqaro aeroporti (PIT), Klivlend Hopkins xalqaro aeroportlarida (CLE) chakana savdo | AQSh | 100% | 2014-yil | nomaʼlum |
Xi’an Xianyang International Airport Co., Ltd. | Sian Sianyang xalqaro aeroporti (XIY) | Xitoy | 24,5% | 2008-yil | 2022-yilda sotiladi |
Fraport Brasil – Fortaleza | Pinto Martins – Fortaleza xalqaro aeroporti (FOR) | Braziliya | 100% | 2018-yil yanvar[3] | 2047-yil |
Fraport Brasil – Porto Alegre | Salgado Filho xalqaro aeroporti (POA) | Braziliya | 100% | 2018-yil yanvar[4] | 2042-yil |
2015-yil dekabr holatiga koʻra, Gretsiya hukumati Fraport va Copelouzos grek energetika kompaniyasi bilan 14 ta mintaqaviy aeroportlarni 40 yillik imtiyozli muddatga ijaraga olish va boshqarish boʻyicha 1,2 milliard yevrolik xususiylashtirish shartnomasini imzoladi[5][6]. Fraport 2017-yilning 11-aprelidan boshlab 14 ta mintaqaviy aeroportlarni boshqarishni boshladi[7]. Har bir aeroportning bosh rejasi va qurilish ishlari tugagandan soʻng 14 ta aeroportning kompyuter renderi (tashqi koʻrinishlarini) eʼlon qilindi[8].
Fraport boshqaruviga oʻtkazilgan aeroportlar[6][5]:
Fraport tomonidan boshqariladigan grek aeroportlaridagi yuqori narx siyosati hamda samolyotlar uchun toʻxtash joylari yoʻqligi sababli ham mahalliy, ham xorijiy fuqaro aviatsiyasi samolyotlari egalari tomonidan koʻplab shikoyatlar kelib tushdi. Gretsiyaning yirik „To Vima“ gazetasida[9] hamda AOPA Hellas uyushmasi veb-sayti[10][11] bu haqda maqolalar eʼlon qilindi.
Kompaniyaning ustavida roʻyxatga olingan manzili sifatida Frankfurtmayn shahri koʻrsatilgan. Fraport inshootlari shaharning Flughafen tumanidagi Frankfurt aeroporti mulkida joylashgan. Uning bosh ofis binosi 178-bino, Tor 3 (3-darvoza) yaqinida joylashgan.
Kompaniyaning hozirgi aksiyadorlik tuzilmasi quyidagicha.
Aksiyadorlar | Ulushi |
---|---|
Hessen yeri | 31,31% |
Stadtwerke Frankfurt am Main Holding GmbH | 20,32% |
Deutsche Lufthansa AG | 8,44% |
Lazard Ltd | 5,02% |
Erkin sotuvda/ maʼlumot yoʻq | 34,91% |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.