Varna (aeroport)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Varna aeroporti (bolgarcha: Летище Варна) (IATA: VAR, ICAO: LBWN) – Bolgariyaning tarixiy dengiz porti yaqinida joylashgan aeroport. Varna aeroporti Bolgariyada kattaligi jihatidan uchinchi oʻrinda turadi. Aeoroport Varna markazidan 10 kilometr uzoqlikdagi Aksakovo shahri yaqinida joylashgan. Aeroport Varna, Golden Sands va Bolgariyaning shimoli-sharqida istiqomat qiluvchi aholiga xizmat koʻrsatib keladi. Aeroportning eng gavjum davri may oyining oxiridan oktyabr oyining boshlariga toʻgʻri keladi.
Varna aeroporti Летище Варна | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: VAR – ICAO kodi: LBWN | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Jamoatchilik | ||
Egasi | State-owned | ||
Operator | Fraport Twin Star Airport Management AD | ||
Xizmat doirasi | Varna | ||
Joylashuvi | Varna, Bolgariya | ||
Ochilgan | 9-may, 1948-yil | ||
Havo yoʻli tuguni |
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 70 m / 230 ft | ||
Koordinatalari | 43°13′55″N 27°49′31″E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
09/27 | 2 517 | 8 258 | Asphalt |
Maʻlumotlar (2022) | |||
Passengers | 1,484,186 | ||
Passenger change 21-22 | 46,9% | ||
Aircraft movements | 11,420 | ||
Movements change 21-22 | 23,6% | ||
Source: Bulgarian AIP at EUROCONTROL |
Aeroport tarixi 1916-yilda Bolgariyadagi birinchi gidroport uchun ikkita shiypon qurilgan Peynerjik hududida (hozirgi Chayka turar-joy massivi) qurilishidan boshlangan. 1919—1920-yillar oraligʻida va faqat 1947- yilga kelib ikki shahar oʻrtasida doimiy aviakompaniya tashkil etilgan. Tihina aeroporti hozirgi Asparuhov koʻprigidan gʻarbda joylashgan boʻlib, haqiqatan ham zamonaviy shahar talablari uchun juda ibtidoiy ahvolda boʻlgan. Axiyri, 1946- yilga kelib hukumat tomonidan qaror qabul qilingan va bir necha kilometr gʻarbda yangi aeroport qurilgan. Qurilish va qayta tiklash uchun bir necha yil talab etilgan.1972- yilga kelib yangi terminal va 1974- yilda esa yangi uchish-qoʻnish yoʻlaglari qurilgan.
2013- yilga kelib yangi yoʻlovchi terminali ochildi va 20-asrda qurilgani yopildi.
Varna shahridan 25 mamlakatning 70 ga yaqin yoʻnalishlariga, Bolgariya va xorijiy aviakompaniyalar bilan mahalliy va xalqaro reyslar mavjud. Aeroport Varna portiga va temir yoʻl tizimiga yaqin masofada joylashgan. Aeroportda ILS CAT I tizimiga ega 09/27 asfalt bilan qoplangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi va 24 ta samolyot uchun toʻxtash perroni mavjud. 2006-yil iyun oyida Bolgariya hukumati Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide kompaniyasiga Varna va Burgas aeroportlarida 35 yil muddatga 500 million yevrodan ortiq investitsiya, jumladan 2008-yilga kelib yangi yoʻlovchi terminalini qurish uchun imtiyoz berdi.
2011-yil 15-oktyabrdan 2012-yil 28-fevralgacha Varna aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruksiya qilish uchun yopildi. Barcha reyslar Burgas aeroportida amalga oshirildi[1].
2016- yilda aeroport 1 689 595 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan, bu 2015-yilga nisbatan 20,8 foizga koʻp.
Aeroportda uchta terminal mavjud: 1-terminal 1972-yilda qurilgan (hozirda yopilgan), yoz mavsumida foydalaniladigan 3-terminal (2007-yil iyun oyida ochilgan) va yangi 2-terminal 2013-yilning avgust oyida ochilgan.
1-terminal (yopiq)koʻp yillar davomida bir necha marta kengaytirilgan. Joʻnab ketish zonasida 21 ta roʻyxatga olish va oltita xavfsizlik nazorat punkti faoliyat yuritgan. Terminalda turli xil savdo nuqtalari: kafelar, fas-fud restoranlari, valyuta ayirboshlash va dyuti-fri doʻkonlari, uchib kelish joyida esa ikkita yuk karusellari mavjud boʻlgan. 1-terminalda ham VIP zonasi va biznes zal mavjud boʻlib 2010- yilda VIP zonasi taʼmirlandi. 2014-yil holatiga koʻra barcha reyslar, shu jumladan bepul parvozlar 2-terminal tomonidan boshqarilardi. Shu sababli, VIP zonasidan tashqari barcha eski terminallar keyinchalik yopilgan.
2-terminal 2013-yil 18-avgustda ishga tushgan.2- yiliga 1 800 000 yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlib, 25 ta roʻyxatga olish stoliga ega. U 18 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. 2-terminal~binolarda mavjud meʼmoriy qismni kengaytirish sifatida ularning sigʻimini oshirish uchun moʻljallangan. Minskdan Sofiaga birinchi boʻlib,2-terminaldagi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish Bolgaria Air mahalliy aviaqatnovi tomonidan amalga oshirilgan.2-terminal dizayni Londonda joylashgan Pascall+Watson arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Quyidagi aviakompaniyalar Varna aeroportida muntazam va charter reyslarini amalga oshiradi[2] | |
Aviaqatnovlar | Manzillar |
---|---|
Air Serbia | Mavsumiy: Belgrade[3] |
Arkia | Mavsumiy: Tel Aviv |
Austrian Airlines | Mavsumiy: Vienna |
Avion Express | Mavsumiy: Vilnius |
Vienna | Mavsumiy reys: Antalya,[4][5] Nevşehir[6] |
Bulgaria Air | Sofia Mavsumiy: Tel Aviv Mavsumiy reys: Antalya (2023-yil 1-sentyabrdan),[7] Bodrum (2023-yil 31-avgustdan),[8] Enfidha[9] |
Discover Airlines | Mavsumiy: Frankfurt, Munich (2024-yil 24-maydan)[10] |
easyJet | Mavsumiy: Berlin, London–Gatwick |
Edelweiss Air | Mavsumiy: Zürich |
Enter Air | Mavsumiy reys: Gdańsk, Katowice, Warsaw-Chopin, Wrocław |
European Air Charter | Mavsumiy reys: Antalya,[11] Bodrum,[12] Cologne/Bonn, Dalaman (2023-yil 22-sentyabrdan),[13] Düsseldorf, Enfidha, Hamburg, Hannover, Helsinki, Heraklion (2023-yil 5-sentabrdan),[14] Leipzig/Halle, Munich, Stuttgart, Tel Aviv |
Eurowings | Mavsumiy: Cologne/Bonn, Düsseldorf, Hamburg, Stuttgart |
Freebird Airlines Europe | Mavsumiy reys: Leipzig/Halle |
GetJet Airlines | Mavsumiy reys: Vilnius |
Israir Airlines | Mavsumiy: Tel Aviv |
Jet Time | Mavsumiy reys: Aalborg, Billund |
LOT Polish Airlines | Mavsumiy: Warsaw–Radom[15][16] Mavsumiy reys: Katowice, Warsaw-Chopin, Wrocław |
Luxair | Mavsumiy: Luxembourg |
Norwegian Air Shuttle | Mavsumiy: Copenhagen, Helsinki, Oslo |
Ryanair | Vienna Mavsumiy: Katowice,[17] Kraków[18] Sofia, Vilnius[19] |
SkyUp[20] | Mavsumiy: Kyiv–Boryspil (toʻxtatilgan)[21]
|
Yili | Yoʻlovchilar | Oʻzgarishlar | Yuklar(tonnada) | Oʻzgarishlar | Havo kemasi | Oʻzgarishlar |
---|---|---|---|---|---|---|
1998 | 273,678 | N/A | N/A | |||
1999 | 511,819 | 87.0% | N/A | N/A | ||
2000 | 691,689 | 35.1% | N/A | 9,425 | ||
2001 | 932,549 | 34.8% | N/A | 9,549 | 1.3% | |
2002 | 1,090,709 | 16.9% | N/A | 9,006 | 5.7% | |
2003 | 1,186,349 | 8.8% | N/A | 10,107 | 12.2% | |
2004 | 1,319,127 | 11.2% | N/A | 11,277 | 11.6% | |
2005 | 1,546,925 | 17.3% | N/A | 13,616 | 20.7% | |
2006 | 1,522,658 | 1.6% | N/A | 14,721 | 8.1% | |
2007 | 1,478,093 | 2.9% | N/A | 14,971 | 1.7% | |
2008 | 1,432,703 | 3.1% | N/A | 15,129 | 1.1% | |
2009 | 1,206,535 | 15.8% | N/A | 12,699 | 16.1% | |
2010 | 1,198,956 | 0.6% | N/A | 12,577 | 1.0% | |
2011 | 1,163,884 | 2.9% | N/A | 11,263 | 10.4% | |
2012 | 1,211,196 | 4.1% | N/A | 10,739 | 4.7% | |
2013 | 1,303,679 | 7.6% | N/A | 11,516 | 7.2% | |
2014 | 1,387,494 | 5.2% | N/A | 12,063 | 4.7% | |
2015 | 1,398,694 | 0.8% | N/A | 11,959 | 0.9% | |
2016 | 1,689,595 | 20.8% | N/A | 14,818 | 23.9% | |
2017 | 1,970,700 | 16.6% | 293 | 93.0% | 15,950 | 7.6%[22] |
2018 | 2,281,134 | 15.8% | 136 | 40.6% | 17,776 | 11.4% |
2019 | 2,084,319 | 8.7% | 123 | 9.3% | 15,468 | 13.0% |
2020 | 622,215 | 70.1% | 44 | 64.1% | 6,881 | 55.5% |
2021 | 1,010,494 | 62.4% | 34 | 23.9% | 9,239 | 34.3% |
2022 | 1,484,186 | 46.9% | 104 | 205.8% | 11,420 | 23.6%[22] |
2023 (01.01-31.07) | 1,059,166 | 44.0% | 41 | 52.3% | 7,957 | 36.1%[22] |
409-avtobus liniyasi aeroportni Varna shahri markazi va yaqin atrofdagi kurortlar bilan bogʻlaydi (marshrut: Varna aeroporti – Varna savdo markazi – Varna avtobus bekati / Grand Mall – shahar markazi – Avliyo Konstantin va Helena – Golden Sands)[23]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.