From Wikipedia, the free encyclopedia
„Ayntraxt“ (nemischa: SG Eintracht Frankfurt e.V. ) — Frankfurt-Maynda joylashgan nemis professional futbol klubi. Bundesliga ishtirokchisi. Klubning uy stadioni Deutsche Bank Park boʻlib, sigʻimi 58 000 tomoshabinga moʻljallangan[1].
Ayntraxt Frankfurt | ||||
Toʻliq nomi | Eintracht Frankfurt e.V. | |||
Laqabi | SGE (Sportgemeinde Eintracht) Die Adler (Burgutlar) | |||
Asos solingan | 1899-yil 8-mart | |||
Stadion | Deutsche Bank Park | |||
Stadion hajmi | 58,000 | |||
Prezidenti | Mathias Beck | |||
Murabbiyi | Dino Toppmöller | |||
Sardori | Sebastian Rode | |||
Vebsayt | http://www.eintracht.de | |||
Musobaqasi | Bundesliga | |||
2023-24 | 6 | |||
|
1899-yil 8-mart kuni Frankfurt-Mayn shahrida Frankfurter Fußball-Club Victoria von 1899 va Frankfurter Fußball-Club Kickers von 1899 klublariga asos solingan. 1908-yilning 5-aprelida „Kickers“ futbolchisi Frits Bekker Germaniya milliy futbol terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyin — Shveytsariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkita gol uradi. 1908-yilning oʻzidayoq „Kickers“ 1. Frankfurter Hockeyclub klubini qoʻshib oladi. 1911-yil „Kickers“ va „Victoria“ning birlashishi natijasida yangi futbol klubi — Frankfurter Fußballverein (Kickers-Victoria) von 1899 paydo boʻldi. 1914-yilda, Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, mamlakat chempionati toʻxtatildi va birlashgan klubning aksariyat oʻyinchilari urushga ketishdi.
Urushdan qaytgach, Kickers-Victoria futbolchilari klubni tikladilar va 1920-yil aprel oyida ular Frankfurter Turngemeinde (1861-yilda tashkil etilgan) bilan birlashdilar va yangi klub — Turn- und Sportgemeinde Eintracht Frankfurt von 1861 ni tashkil etdilar. Aynan oʻsha paytda klub nomida „Ayntraxt“ (nemischa: birdamlik, kelishuv) soʻzi birinchi marta paydo boʻladi. 1927-yilda Germaniya gimnastika assotsiatsiyasining bosimi tufayli klub tarqatib yuborildi va uning asosida ikkita yangi jamoalar — Turngemeinde Eintracht Frankfurt von 1861 va Sportgemeinde Eintracht Frankfurt (F.F.V) von 1899 tuzildi. Ikki klubning tarixi uzoq davom etmadi.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng, yangi tashkil etilgan SG Eintracht 1946 klubi Hessen kubogini qoʻlga kiritadi. 1954-yilda „Ayntraxt“ futbolchisi Alfred Pfaff Germaniya Federativ Respublikasi futbol terma jamoasi safida jahon chempioni boʻldi. 1959-yilda „Ayntraxt“ Berlinda „Kickers Offenbach“ni oʻz tarixida birinchi va soʻnggi bor Germaniya chempioni boʻladi.
1960-yili „Ayntraxt 1946“ Chempionlar kubogining ilk bor Germaniyadan ishtirok etayotgan finalchisiga aylandi. Glazgoda kechgan uchrashuvda frankfurtliklar Madridning Real klubi tomonidan 3:7 hisobida magʻlub etiladi. Ushbu matchda frankfurtliklar kiritgan 3 goldan 2tasiga Erwin Stein mualliflik qilgan.
1963-yilda „Ayntraxt“ professional klublar oʻrtasida ilk bor oʻtkazilayotgan Germaniya futbol chempionatida qatnashadi. „Ayntraxt“ Bundesligadagi birinchi mavsumda uchinchi oʻringa sazovor boʻladi va GFR kubogi finaliga yoʻl oladi. Finalda „Myunxen 1860“ klubiga 0:2 hisobi bilan magʻlub boʻladi. 1968-yilda klub oʻz nomini ayni vaqtdagi Eintracht Frankfurt e.V.ga oʻzgartirdi.
XX asrning 60-70-yillari Frankfurt klubi uchun eng muvaffaqiyatli kechdi. GFR terma jamoasi safida klub futbolchilari — 1966-yilgi Jahon chempionati kumush medali sovrindori Alfred Lutz, jahon chempioni Bernd Hölzenbein va jahon hamda Yevropa chempioni Jürgen Grabowskilar toʻp tepadilar. 1974 va 1975-yillarda „Ayntraxt“ ikki marta Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.
Murabbiy Fridel Rausch boshchiligida klub UEFA kubogi finaliga chiqadi va 1980-yil 2-mayda boshqa bir nemis jamoasi — Myonxengladbaxning „Borussiya“ jamoasi ustidan gʻalaba qozonadi. 1981 va 1988-yillarda final oʻyinlarida „Kayzerslautern“ va „Boxum“ni magʻlub etib, „Ayntraxt“ yana ikki bor GFR kubogini yutadi. 1993 va 1994-yillarda „Ayntraxt“ ikki marta Yevropa kubogi chorak finaliga chiqa oldi, biroq 1980-yilgi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi. Oʻsha yillarda klub oʻyinchisi Anthony Yeboah Bundesliganing eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
1994-yildan keyin klubning ahvoli yomonlashdi va 1995/1996-yilgi mavsum yakunlariga koʻra „Ayntraxt“ Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi. Biroq shu yili — 1996-yilda frankfurtliklar darvozaboni Andreas Koepke Yevropa chempioni boʻldi. Oradan ikki yil oʻtib, 1998-yilda klub yana Bundesligaga qaytdi, ammo uch mavsum davomida ligadagi oʻrnini saqlab qolish uchun kurashib, 2001-yilda yana ikkinchi ligaga tushib ketdi.
„Ayntraxt“ning ikkinchi divizionga qaytishi jamoa bosh homiysi bankrot boʻlgan vaqtga toʻgʻri keldi va bu 8 million yevro miqdoridagi qarz shakllanishiga olib keldi. Faqat RMV, Fraport, Mainova, Messe Frankfurt kabi bir qator shahar kompaniyalarini oʻz ichiga olgan homiylar birlashmasining favqulodda tuzilishi jamoaning butunlay parchalanishidan saqlab qoldi. Klubdagi muammolar shu bilan tugab qolmadi. Litsenziya hujjatlarini rasmiylashtirishdagi xato tufayli Germaniya futbol assotsiatsiyasi klubga litsenziya berishdan bosh tortdi, bu esa klubni mintaqaviy havaskorlar ligasiga oʻtkazish xavfini keltirib chiqardi. Natijada „Ayntraxt“ rahbariyati baribir klubni Ikkinchi Bundesligada saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.
2003-yilda „Ayntraxt“ ikkinchi divizionda uchinchi oʻrinni egallab, Bundesligaga qaytishga erishdi. Jamoa bor-y yoʻgʻi yana bir yil kuchlilar orasida qola oldi.
2004-yilda klubni Friedhelm Funkel boshqargan va u bir yil ichida „Ayntraxt“ni Bundesligaga qaytarishga muvaffaq boʻlgan. 2006-yili frankfurtliklar Germaniya kubogi finalida Myunxenning „Bavariya“ jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Ammo Myunxen Chempionlar ligasida oʻynash huquqiga ega boʻlganligi sababli „Ayntraxt“ magʻlubiyatga qaramay, UEFA kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va u yerda guruh bosqichiga chiqishga muvaffaq boʻldi. Bundesligada Frankfurt klubi oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 2018/19-yilgi mavsumda erishib, 7-oʻrinni egalladi. Jamoaning asosiy yutugʻi 2018-yilgi mamlakat kubogi finalida „Bavariya“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonish boʻlib, bu ularga 2018/2019-yilgi mavsumda Yevropa ligasida qatnashish imkonini berdi va unda jamoa turning yarim finaligacha bora oldi. Penaltilar seriyasida musobaqaning boʻlajak gʻolibi "Chelsi"ga magʻlub boʻldi.
2021/2022-yil mavsumida „Ayntraxt“ futbol klubi Yevropa ligasi chorak finalida „Barselona“ni, yarim finalda esa „Vest Hem Yunayted“ klubini magʻlub etib, finalga yoʻl oldi. Final oʻyinida frankfurtliklar „Reynjers“ bilan kuch sinashadi[2].
Klub Yevropa ligasi finalning asosiy vaqtini Glazgoning „Reynjers“ klubi bilan 1:1 hisobida oʻtkazdi. Gʻolib penaltilar seriyasidagi 5:4 hisobi bilan „Ayntraxt“ foydasiga hal boʻldi[3].
Germaniya chempionati
Germaniya kubogi
Germaniya Superkubogi
Ikkinchi Bundesliga
Yevropa chempionlari kubogi
UEFA kubogi / Yevropa ligasi
Intertoto kubogi
Alp kubogi
Jamoa tarkibi futbol klubining rasmiy saytidagi maʼlumotlar asosida kiritilgan[4].
|
|
|
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.