Burgas aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Burgas aeroporti (IATA: BOJ, ICAO: LBBG) (bolgarcha: Летище Бургас) – Bolgariyaning janubi-sharqidagi xalqaro aeroport va mamlakatning ikkinchi eng yirik havo bandargohi. Shimoldagi Sarafovo mahallasi yaqinida, shahar markazidan taxminan 10 km uzoqlikda joylashgan. Aeroport, asosan, Burgas shahri va yozgi dam olish mavsumida koʻplab sayyohlarni jalb qiladigan Bolgariya janubidagi qirgʻoqboʻyi kurortlariga xizmat koʻrsatadi[1].
Burgas aeroporti Летище Бургас | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: BOJ – ICAO kodi: LBBG | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Davlat mulki | ||
Operator | Fraport Twin Star Airport Management AD | ||
Xizmat doirasi | Burgas | ||
Joylashuvi | Burgas, Bolgariya | ||
Ochilgan | 27-iyun, 1937-yil | ||
Havo yoʻli tuguni |
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 41 m / 135 ft | ||
Koordinatalari | 42°34′13″N 027°30′55″E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
04/22 | 3 200 | 10 500 | Beton |
Maʻlumotlar (2023) | |||
Yoʻlovchilar soni | 1,848,169 | ||
Yoʻlovchilar sonining oʻzgarishi 22-23 | 12,4% | ||
Parvozlar soni | 13,174 | ||
Parvozlar sonining oʻzgarishi 22-23 | 7,2% |
1937-yil 27-iyunda fransuzlarning CIDNA kompaniyasi (hozirda Air France tarkibida) Burgas aeroporti hududida radio stansiya qurish uchun tanladi va undan foydalanish boʻyicha Bolgariya hukumati bilan shartnoma imzoladi. Shartnomada Burgas aeroporti xodimlari bolgar boʻlishi aniq koʻrsatilgan edi[manba kerak].
1947-yil 29-iyunda Balkan Bulgarian Airlines Junkers Ju 52/3m samolyotida Burgas, Plovdiv va Sofiya oʻrtasida mahalliy reyslarni yoʻlga qoʻydi. 1950- va 1960-yillarda aeroport beton uchish-qoʻnish yoʻlagi qurish orqali kengaytirildi va modernizatsiya qilindi. 1970-yilda 45 ta yoʻnalishga xizmat qiluvchi xalqaro aeroportga aylandi.
Bolgariyada turizm sektori oʻsishi Burgas aeroportida jiddiy tirbandlikni yuzaga keltirdi va muntazam yoʻlovchi tashishni kengaytirish va boshqarish uchun katta investitsiyalarga muhtoj boʻldi. 2006-yil iyunda Bolgariya hukumati Fraport AG Frankfurt Airport Services Worldwide kompaniyasiga 500 million yevrodan ortiq investitsiyalar evaziga Varna va Burgas aeroportlaridan 35 yil muddatga foydalanish imtiyozini berdi[2].
Fraport Varnada joylashgan BM Star kompaniyasi bilan hamkorlikka kirdi. Konsessioner kelishuv muddati davomida ikki aeroportga 403 million yevro kiritishga vaʼda berdi. Fraport 35 yillik konsessiya davomida 403 million yevro sarmoyaning 60 foizini toʻlaydi. Investitsiyalar konsessiya muddati davomida yangi terminal inshootlari, transport vositalari va jihozlariga hamda aeroportlarda perron maydonlarini kengaytirishga yoʻnaltiriladi[3].
2011-yil dekabrda 2-terminal qurilishi boshlandi. Yangi terminal 2 700 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻlishi va 20 000 metr kvadrat maydonni egallashi rejalashtirilgan edi. Terminal binosi zarur boʻlganda quvvatini oshirish imkoniyatiga ega qilib loyihalashtirilgan. Qurilish ishlari 2013-yilda yakunlandi va oʻsha yilning dekabridan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
2-terminal 1950-yillarda qurilgan va 1990-yillar boshlarida kengaytirilgan eskiroq 1-terminalni almashtirdi va hozirda barcha yoʻlovchilar oqimi yangi terminaldan oʻtmoqda. Terminal 31 ta roʻyxatga olish punkti, uchta bortga chiqish talonini nazorat qilish punkti, toʻqqizta xavfsizlik yoʻlaklari va sakkizta uchib ketish darvozalari bilan jihozlangan. Uchib kelish zonasida (Shengen va Shengen boʻlmagan zonalarga boʻlingan) 12 ta immigratsiya stansiyasi va toʻrtta bagaj karuseli (bittasining uzunligi 120 metr (390 ft) va uchtasiniki esa 70 metr (230 ft) dan) mavjud. Yoʻlovchilar uchun qulayliklar orasida xarid qilish uchun 800 square metre (8,600 kv ft) maydon hamda oziq-ovqat va ichimliklar (F&B) xizmatlari uchun 1,220 square metre (13,100 kv ft) mavjud. Shuningdek, 550 square metre (5,900 kv ft) ochiq hovli ham bor[4].
Uchish-qoʻnish yoʻlagining uzunligi 3,200 metr (10,500 ft)[5].
2016-yil 31-oktyabrda Burgas aeroportida taksi yoʻllarini rekonstruksiya qilish va reabilitatsiya qilish boshlandi. Loyiha 3500 kvadrat metr „H“ taksi yoʻlagini toʻliq reabilitatsiya qilishni, „A“ taksi yoʻlagini, shuningdek, uchish-qoʻnish yoʻlagini ushlab turish punktiga tutash hududni toʻliq reabilitatsiya qilishni oʻz ichiga oladi. Aerodrom yoritgichlari va yondosh yorugʻlik uskunalarini boshqarish va monitoring qilish tizimi almashtiriladi. Fraport Twin Star Airport Management kompaniyasining ushbu loyihalarga jami sarmoyasi 12 million levdan dan ortiq[6].
Quyidagi aviakompaniyalar Burgas aeroportiga muntazam va charter reyslarini amalga oshiradi[7]:
Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Aer Lingus | Mavsumiy: Dublin |
airBaltic | Mavsumiy: Riga[8], Tallin[9] |
Avion Express | Mavsumiy charter: Vilnyus |
BH Air | Mavsumiy charter: Aberdin, Amsterdam, Belfast–Xalqaro, Billund, Brussel, East Midlands, Edinburg, Glazgo, Gyoteborg, Groningen, Humberside, Kardiff, Kopengagen, Leeds/BradfordLeeds/Bradford, London–Gatvik, London–Southend[10], Manchester, Nyukasl upon Tyne, Stavanger[11], Teesside[12] |
Bluebird Airways | Mavsumiy: Tel-Aviv |
Brussels Airlines | Mavsumiy charter: Brussel[manba kerak] |
Bul Air[manba kerak] | Mavsumiy charter: Bratislava, Katovitse, Koshitse, Varshava–Shopen |
Bulgaria Air | Mavsumiy: Sofiya, Tel-Aviv Mavsumiy charter: Antaliya[13], Bratislava, Brno, Budapesht, Koshitse, Kuvayt, Ostrava[14], Pardubitse, Poprad/Tatry, Praga, Yerevan |
Buzz | Mavsumiy charter: Bidgoshch, Katovitse, Krakov[15], Poznan, Varshava–Shopen, Vroslav |
Corendon Dutch Airlines | Mavsumiy: Amsterdam, Brussel[16][17], Maastrixt/Axen[18][19] |
Discover Airlines | Mavsumiy: Frankfurt[20] |
easyJet | Mavsumiy: Berlin, London–Gatvik, Manchester |
Enter Air[15] | Mavsumiy charter: Gdansk, Katovitse, Portu[21], Poznan, Praga[manba kerak], Varshava–Shopen, Vroslav |
European Air Charter | Mavsumiy charter: Leypsig/Halle[22], Lins[23], Tel-Aviv |
Eurowings | Mavsumiy: Düsseldorf, Hamburg, Kyoln/Bonn, Zalsburg[24], Shtutgart |
Finnair | Mavsumiy charter: Helsinki[25] |
Fly Lili | Mavsumiy charter: České Budějovice[26][yaxshiroq manba kerak], Erfurt/Veymar[27], Hannover[28], Vroslav[29]
|
Freebird Airlines Europe | Mavsumiy charter: Leypsig/Halle[30], Paderborn/Lippstadt[31] |
GetJet Airlines | Mavsumiy charter: Vilnyus[32] |
Iberojet | Mavsumiy charter: Madrid[33] |
Jet2.com | Mavsumiy: Birmingem, Bristol[34], East Midlands, Edinburg (2025-yil 1-maydan boshlanadi)[35], Glazgo, Leeds/Bradford, Liverpul[36], London–Stansted[37], Manchester, Nyukasl upon Tyne |
Jet Time | Mavsumiy charter: Billund, Helsinki[31], Kopengagen, Umeå[38] |
LOT Polish Airlines | Mavsumiy charter: Varshava–Shopen[manba kerak], Vroslav[manba kerak] |
Luxair | Mavsumiy: Luksemburg |
Norwegian Air Shuttle | Mavsumiy: Helsinki, Kopengagen, Oslo, Stokgolm–Arlanda |
Ryanair | Mavsumiy: Bratislava, Budapesht, Dublin, Gdansk, Kaunas, Krakov, London–Luton, Poznan, Vena, Varshava–Modlin |
Scandinavian Airlines | Mavsumiy charter: Kopengagen, Oslo[manba kerak], Stavanger[manba kerak], Trondheim[manba kerak] |
Skyline Express Airlines | Mavsumiy charter: Varshava–Shopen[39][yaxshiroq manba kerak] |
SmartLynx Airlines | Mavsumiy charter: Riga[40], Tallin[32] |
Smartwings[41] | Mavsumiy: Bratislava, Brno, Koshitse, Ostrava, Parij–Sharl de Goll, Praga Mavsumiy charter: České Budějovice[42], Gdansk[43], Katovitse[43], Pardubitse[31], Varshava–Shopen[43] |
Sunclass Airlines | Mavsumiy charter: Helsinki[44], Oslo[45] |
Sundair | Mavsumiy: Berlin |
TUI Airways[46] | Mavsumiy: Birmingem, Bristol, East Midlands (2025-yil 22-maydan boshlanadi)[47], Kardiff, London–Gatvik, Manchester, Nyukasl upon Tyne Mavsumiy charter: Dublin[48] |
TUI fly Belgium[49] | Mavsumiy: Brussel |
TUI fly Deutschland | Mavsumiy: Hannover[50] |
TUI fly Netherlands | Mavsumiy: Amsterdam |
TUI fly Nordic | Mavsumiy charter: Stokgolm–Arlanda[51] |
Uzbekistan Airways | Mavsumiy charter: Toshkent[52] |
Wizz Air | London–Luton Mavsumiy: Budapesht, Debretsen, Gdansk, Katovitse, Lyublin, Vena, Varshava–Shopen |
15-yoʻnalishli avtobus aeroportni Burgas janubiy avtobus bekati bilan bogʻlaydi[53].
Burgasdan Pomorie, Aheloy, Ravda, Nessebar va Quyoshli plyajga shaharlararo avtobuslar ham aeroport yaqinida toʻxtaydi. Toʻxtash terminal binosi qarshisidagi asosiy yoʻldagi aylanma tugunda joylashgan.
Taxi Piazza Burgas aeroportidagi kelish terminali oldida joylashgan. Burgas aeroportidan shaharga taksida borish tirbandlik darajasiga qarab taxminan 15 daqiqa davom etadi. Narxlar shaharning qayeriga borishga qarab 25 yevrodan boshlanadi[54].
Burgas aeroportiga shaxsiy avtomobili bilan kelgan yoʻlovchilar va mehmonlar asosiy terminal binosiga yaqin joylashgan tijoriy toʻxtash joyidan foydalanishlari mumkin. Avtoturargohda 199 ta mashina uchun joy mavjud va unga kuniga 24 soat kirish mumkin[55].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.