From Wikipedia, the free encyclopedia
Teizm xudo(lar)ning mavjud ekanligiga boʻlgan ishonchdir. Teistlarga koʻra xudo(lar) olamni yaratgandir. Deizmdan farqli oʻlaroq, teizm xudo (yoki xudolar) olam ishlariga muntazam aralashib turadi, deb hisoblaydi. Aksar teistlar dindordirlar; zero, ba’zi dinlar teistikdir, ya’ni teizm gʻoyasiga asoslanadi.
|
Teizm (yun. theos — xudo) — xudo olamdan tashqarida turadi, olamni oʻz irodasi bilan yaratgan va unda mavjud boʻlgan mutlaq shaxs deb tushunuvchi diniy dunyoqarash. Narigi dunyodagi xudoni tan olish T.ni panteizmdan, xudoning doimiy faolligini tan olish esa deizmdan farqlanib turadi. T. kelib chiqishi jihatidan oʻzaro yaqin boʻlgan iudaizm, xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. "T." atamasini dastlab ingliz faylasufi R. Kedvort (1617—88) qoʻllagan.
Teistik dinlar qatoriga Yahudiylik, Xristianlik, Islom, Bahoiylik, Zardushtiylik, Hinduiylik, Sikhizm va hokazo kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.