From Wikipedia, the free encyclopedia
Animizm (lotincha: anima — jon, ruh) — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyusinatsiya, oʻlim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bogʻlangan va u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bogʻliq ruh toʻgʻrisidagi tasavvurlar paydo boʻlgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga boʻlingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga taʼsir koʻrsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar. So'zning magik-mo'jizaviy kuchidan foydalanib, inson ruhiyatiga taʼsir etish, uni xastalikdan ozod qilish, tabiatiga ruhiy tetiklik bag'ishlash animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, yaʼni shifo bag'ishlash maʼnosi saqlanib qolgan.
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
[[Turkum:Dinning ilk ko]rinishi]]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.