From Wikipedia, the free encyclopedia
Dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) – bir-biri bilan birlashtirib boʻlmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi taʼlimot. Dualizm plyuralizm koʻrinishlaridan biri. Dualizm terminini nemis faylasufi X. Volf (1679— 1754) kiritgan. Dualizm quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: gʻoyalar dunyosi va voqeiy dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va materiya, tabiat va ruh, jon va tan, obyekt va subʼyekt, bilim va eʼtiqod, u dunyo va bu dunyo, tabiat saltanati va ilohiy marhamat saltanati va b. Dualizm falsafiy, diniy, antropologik, etik shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Qadimgi davrda diniy-etik Dualizm Avestoda uchraydi. Unda dunyo taraqqiyoti jarayoni bir tomondan yaxshilik, haqiqat, yorugʻlik, ikkinchi tomondan, yomonlik, jaholat, qorongʻulik oʻrtasida abadiy kurash sifatida tasavvur qilinadi. Dualizm falsafada dunyoning negizida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki mustaqil narsa – ruh va materiya mavjud deb bilishida koʻrinadi. Bu ayniqsa R. Dekart va I. Kant qarashlarida koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Gegel D.ni idealistik monizm asosida, yaʼni mutlaq gʻoya va borliq oʻrtasidagi qarama-qarshilikni dialektik sintez asosida bartaraf qilishga urinadi. Monizmning boshqa shakllari ham shu yoʻldan boradi. Dualizm keyingi vaqgda psixologiyadagi psixofizik parallelizm nazariyasiga asos boʻldi.
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.