From Wikipedia, the free encyclopedia
Eron oshxonasi dunyodagi eng qadimgi, noyob va nufuzli oshxonalardan biridir. Eron oshxonasi yunon, turk, arab va hind oshxonalariga katta taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, Eronning tarixiy nomidan kelib chiqib, uni „Fors milliy taomlari“ deb ham atashadi[1][2].
Guruch eronliklar ovqatlanish ratsionidagi asosiy mahsulotdir. Bundan tashqari goʻsht (asosan qoʻy goʻshti) ham eronliklarning deyarli har bir ovqatlanish mahalida uchraydi. Koʻkatlar va piyoz eron milliy taomlarida muhim ahamiyatga ega mahsulot boʻlib, deyarli har bir taomda ishlatiladi. Maʼlumki, chorvachilik uzoq vaqtdan beri bu mamlakatning qadimiy tarmogʻlaridandir. Xususan, sut, pishloq va ayniqsa qatiq kabi sut mahsulotlari eronliklarning dasturxonida doim uchraydi. Haqiqiy Eron pazandachiligi nozik taʼmlarni yaratishga va qayla va kabob kabi nisbatan oddiy taomlar bilan taomlar tayyorlashga moyildir. Eronda ishlatiladigan eng mashhur ziravor zaʼfarondir; Ammo boshqa koʻplab taʼm beruvchi qoʻshimchalar, jumladan, limon, yalpiz, zardchova, gulob, shuningdek, anor va yongʻoq kabilar eron milliy taomlarida keng foydalaniladi.
Guruchdan tashqari non ham eronliklar ovqatlanish rejimining asosiy tarkibiy qism hisoblanadi. Barbari, Taftan, Lavash va Sangaki kabi non turlari sevib isteʼmol qilinadi. Eronliklar Chelou turlarini tayyorlashda tah-e dig, Zirk zaʼfaron va Ojil foydalanadilar. Bu mamlakatdagi umumiy ovqatlanish maskanlarida birinchi taom sifatida kabob taklif etiladi. Kabobning keng tarqalgan turlariga kabobi baxtiyori, chelou kabob, joʻja kabob va Kubide kabobi kiradi.
Baliqli sabzi palov, Obgusht, doʻlma, zereshk palov, sabzi palov, fasenjon, qorme sabzi va mirzoqosimi kabi taomlar eronliklar dasturxoniga rang-baranglik bagʻishlaydi
Eron shirinliklarining barcha turlari ham disert sifatida isteʼmol qilinadi. Masalan, ranginak, folude va eron muzqaymoqlari bu mamlakatning eng mahhur disertlaridandir. Eronliklar nonushtasi oʻziga xos menyuga ega. Tushlik asosiy taom, kechki ovqat esa odatda engilroq boʻladi. Eron ikrasi dunyoda mashhurdir va bir vaqtlar Eron dunyodagi birinchi ikra ishlab chiqaruvchisi boʻlgan.
Eron afsonalarida aytilishicha, ovqat pishirish Zahhok hukmronligi davridan boshlangan. Undan avval devlar bu hunar bilan tanish boʻlishgan va mazali osh va boshqa taomlarni pishirishgan. Pahlaviy tilida bitilgan manbalar orasida Xosrov Kvatan va Ritekning (Xosrov va Ridg) risolasida xo'reshlar, ovqatlar va sosoniylar davrida ular qanday isteʼmol qilinishi maʼlumotlar qayd etilgan. Bu eron oshpazlik tarixini tayyorlashda ishonchli manba hisoblanadi.
Eronning bir qancha milliy taomlari va pazandachilik atamalarining forscha nomlarining arabchalashgan shakllari arab manbalarida uchraydi. Arab tilida pishirish boʻyicha koʻplab kitoblar mavjud boʻlib, ularning barchasi fors taomlari taʼsirida boʻlgan va shuning uchun ularda koʻplab forscha atama va soʻzlarni topish mumkin. Buning sababi shundaki, Abbosiy xalifalari koʻp sonli eronliklarni maʼmuriy va ish yuritish ishlariga jalb qilgan va buning natijasida arablar hayotiga fors oshxonasi elementlari va fors urf-odatlari kirib kelgan. Xususan, bu Abbosiylar davrida ham davom etgan. Fors tilida 4 ta mustaqil pazandachilik kitoblari mavjud:
Eron oshxonasi Afgʻoniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston va Turkiya bilan oʻxshashliklarga ega, chunki bu mamlakatlarning barchasi Eron oshxonasidan taʼsirlangan va Buyuk Eron madaniy sohasining bir qismidir.
Forscha nomi | Oʻqilishi | Forscha nomi | Oʻqilishi |
---|---|---|---|
آش | āsh | اشکنه | eshkene |
باقلاپلو | bāghla polo | بریان
(بریون) |
beryan |
ترشی | torŝi | حلوا | halvā |
خاگینه | xāgine | خورش قیمه | khoreš |
سمبوسه | sambose | شربت | šarbat |
شله زرد | šole zard | آبگوشت | Obgusht |
شیربرنج | širberenj | شیرینپلو | širin polou |
عدسپلو | adas polou | هلیم | Halim (ovqat) |
قلیه ماهی | gheliye Mahi | قلیه میگو | gheliye Meygu |
فرنی | Ferni | عدسی | adasi |
کاچی | Kochi | کباب | kabāb |
کله پاچه | kale pāče | کلوچه | Koloče |
کوفته | kufte | آلبالوپلو | ālbālu polou |
دلمه | dolme | دمپختک | Dempaxtak |
رشتهپلو | reshte polou | کوکو | kuku |
زرشکپلو | zerešk polou | سبزیپلو | sabzi polou |
کتلت | kotlet | کلمپلو | Kalampelyo |
کلهجوش | Kalejush | لوبیاپلو | lubiyā polou |
میرزاقاسمی | mirza ghāsemi | نخودپلو | noxud polou |
یتیمچه | yatimče | ترخینه | tarxine |
تهچین | tahčin | کباب چنجه | kabāb-e čenje |
فسنجان | fesenjān | شیشلیک | šišlik |
قورمهسبزی | Qorme sabzi | تخم مرغ گوجه | toxm-e morgh-e guje |
کشک بادمجان | kashk-e bademjan | هلیم بادمجان | halim bademjān |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.