From Wikipedia, the free encyclopedia
Limon (Citrus limon) — Rutaceae oilasining gullaydigan oʻsimliklaridagi kichik doimiy yashil daraxtlarning bir turi boʻlib, bu ajoyib va foydali mevaning asil vatani Osiyoda. Birinchi navbatda Shimoliy- Sharqiy Hindiston (Assam) va Shimoliy Myanma hamda Xitoy davlatlaridir[1]. Daraxtning ellipsoid sariq mevasi butun dunyoda pazandalik va oshpazlikka oid boʻlgan maqsadlarda, birinchi navbatda uning sharbati uchun ishlatiladi, yaʼni bu ham pazandalik, ham tozalash uchun ishlatiladi[1]. Pulpa va uning qobigʻi pishirishda ham ishlatiladi. Limon sharbatida taxminan 5 % dan 6 % gacha limon kislotasi mavjud boʻlgani tufayli, pH 2,2 atrofida boʻladi va unga nordon taʼm beradi. Limon sharbatining oʻziga xos nordon taʼmi, limonad va limonli beze pirogi kabi ichimliklar va ovqatlarning asosiy tarkibiy qismiga aylanadi.
Limonning kelib chiqishi nomaʼlum, ammo baʼzi ilmiy maʼnbalarga koʻra limon ilk bor Assamda (Hindistonning shimoli -sharqidagi mintaqa), Myanma shimolida yoki Xitoyda oʻstirilgan deb taxmin qilinadi[1]. Limonning genomik tadqiqotiga asoslangan holda, uning achchiq apelsin (nordon apelsin) va sitron oʻrtasidagi gibrid ekanligini koʻrsatdi[2][3]. Limonlar Evropaga janubiy Italiya yaqinida miloddan avvalgi II asr boshlarida, Qadimgi Rim davrida[1] kirib kelinganligi aniqlangan. Ammo bu fikrlar bahsga sabab boʻladi. Buning dalillari noaniq va zamonaviy nazariyalarga tayanilmagan, limonning butun Oʻrta er dengizi hududida paydo boʻlganligini miloddan avvalgi 100 yilga taqalishini ilgari suradilar. Taxminan eramizning 400-yillarida ular Moorishning Ispaniyadagi bogʻlarga ekilgan[4]. Ular keyinchalik Forsga, soʻngra eramizning 700-yillarida Iroq va Misrga olib kelingan[1]. Limon birinchi marta adabiyotda 10-asrda dehqonchilikka oid arab risolasida qayd etilgan va shuningdek, ilk islom bogʻlarida manzarali oʻsimlik sifatida ishlatilgan[1]. 1000—1150-yillar oraligʻida arab dunyosi va Oʻrta er dengizi mintaqasida keng tarqalgan[1]. Ispaniyaning Andalusiya hududida limon va ohak yetishtirish haqidagi maqola Ibn al-Avvomning 12-asrdagi qishloq xoʻjaligiga oid "Qishloq xoʻjaligi kitobi" nomli risolada keltirilgan[5].
Evropada ilk bor yirik limon yetishtirish haqidagi gʻoya 15-asrning oʻrtalarida Genuyada boshlangan. Limon keyinchalik Amerika qitʼasiga 1493-yilda Kristofer Kolumb oʻz sayohatlarida Hispaniolaga limon urugʻini olib keladi va olimlarga tanishtiriladi. Shuningdik Ispaniyaning Yangi Dunyo boʻylab zabt etilishi limon urugʻining tarqalishiga yordam berdi. U asosan manzarali oʻsimlik sifatida va mevasidan dorivor maqsadlarda ishlatilgan[1]. Shudan keyin 19-asrda Florida va Kaliforniyada limon eng koʻp ekila boshlaydi[1].
1747- yilda Jeyms Lindning iskorbit bilan ogʻrigan dengizchilar ustida tajribalar oʻtkaziladi, limon sharbatini ularning ratsioniga qoʻshilishi reja qilinadi, ammo S vitamini hali muhim parhez tarkibiy qismi sifatida maʼlum emas edi[1][6].
Limon soʻzining kelib chiqishi Yaqin Sharq maʼnosida ham keladi[1]. Bu soʻz qadimgi fransuzcha limondan, soʻngra Italyancha limondan, Arabcha laymūn yoki līmūn soʻzlaridan va forscha līmūn dan olingan boʻlib, sanskrit tilidan (nimbū, " ohak ") sitrus mevalari uchun umumiy atama boʻlib xizmat qiladi[7].
„Bonnie Brae“ turiga mansub limonning koʻrinishi choʻzinchoq, silliq, ingichka poʻstlogʻli va urugʻsizdir[8]. Ular asosan AQShning San-Diego okrugida yetishtiriladi[9].
„Evrika“ turiga mansub limon kuchati yil boʻyi yashilligini yuqotmaydi va moʻl-koʻl hosillik beradi, shuningdik u doimiy oʻsib boradi. Bu oddiy supermarket limoni boʻlib, yil davomida meva va gullarni birga ishlab chiqarish xususiyatiga ega ekanligi tufayli „Toʻrt fasl“ (Quatre Saisons) nomi bilan ham tanilgan. Ushbu nav mahalliy xaridorlarga oʻsimlik sifatida ham mavjud[10]. Yashil va sariq rang- barang tashqi teriga ega pushti goʻshtli Evrika limoni ham mavjud[11].
Lissabon limoni ham Evrikaga juda oʻxshaydi va boshqa oddiy supermarket limonidir. Ammo farqli ravishda liissabon Evrikaga qaraganda yumshoqroq, terisi yupqaroq va urugʻlari kamroq yoki umuman yoʻq boʻladi. Odatda Evrikadan koʻra Lissabon navidan koʻproq sharbat ishlab chiqariladi[12][13].
„Femminello Sent Tereza“ yoki „Sorrento“[14] nomli limon navlari asosan Italiyada paydo boʻlgan. Bu mevaning qobiq qismida limon moylari koʻp boʻlganligi tufayli bu limoncello tayyorlashda anʼanaviy ravishda ishlatiladigan navlardan biridir.
Limon S vitaminining boy manbai boʻlganligi tufayli 100 g maʼlumot miqdorida kunlik qiymatning 64 foizini taʼminlaydi. Boshqa muhim oziq moddalar tarkibida esa biroz kam.
Maʼlimki, limon sharbati va qobigʻi turli xil ovqatlar va ichimliklarda ishlatiladi. 1 dona butun limondan marmelad, limon tvorogi va limon likyori tayyorlanadi va bu ajoyib gʻoya. Limon boʻlaklari va limon qobigʻi ovqat va ichimliklar uchun garnitür sifatida ishlatiladi. Limon qobigʻi hamda mevaning maydalangan tashqi qobigʻi asosan pishirilgan mahsulotlar, pudinglar, guruch va boshqa mahsulotlarga lazzat qoʻshish uchun ishlatiladi.
Limon sharbatidan limonad, alkogolsiz ichimliklar va kokteyllar tayyorlash uchun foydalaniladi. Shuningdik baliq uchun marinadlarda ishlatiladi, uning kislotasi esa baliqdagi aminlarni uchuvchan boʻlmagan ammoniy tuzlariga aylantirib neytrallaydi. Natijada goʻshtda kislota qattiq kollagen tolalarini qisman gidrolizlaydi va uni yumshatadi[15]. Buyuk Britaniyada limon sharbati tez-tez kreplarga qoʻshiladi..
Limon sharbati shuningdek, oksidlanishga moyil boʻlgan va tilimlangandan keyin jigarrang boʻladigan (fermentativ qizil tusga kirish), masalan, olma, banan va avakado kabi baʼzi oziq-ovqatlarda qisqa muddatli konservant sifatida ishlatiladi.
Marokash mamlakatida limonlar bankalarda yoki tuz bochkalarida saqlanadi. Tuz esa limonning qobigʻi va poʻstlogʻiga kirib, ularni yumshatadi shunda deyarli cheksiz davom etishi uchun ularni davolaydi[16]. Shundan soʻng Konservalangan limon turli xil idishlarda ishlatiladi. Konservalangan limonlarni Sitsiliya, Italyan, Yunon va Fransuz taomlarida ham bemalol tatib kurish mumkin.
Limon yogʻi limon terisidagi yogʻli hujayralardan olinadi. Mashina esa hujayralarni parchalaydi va moyni yuvish uchun suv purkagichdan foydalanadi. Yogʻ/suv aralashmasi filtrlanadi va santrifüj orqali ajratiladi[17].
Limon daraxtining barglari odatda choy tayyorlashda, goʻsht va dengiz mahsulotlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Limonlar fermentatsiyaga asoslangan jarayonlar rivojlanishidan oldin limon kislotasining asosiy tijorat manbai boʻlgan[18].
Limon moyining xushboʻyligi inson immunitet tizimiga taʼsir qilmaydi[19] ammo asab tizimini yaxshilashda kerakli hissa qoʻshishi mumkin[20].
Limon sharbati issiqlik bilan ishlab chiqilgan oddiy koʻrinmas siyoh sifatida ishlatilishi mumkin[21].
Limon sharbati sochlarning sariq rangini oshirish uchun ishlatiladi.Natijada namlangan sochlar quyosh nuriga taʼsir qilgandan soʻng, tabiiy yorugʻlik vazifasini bajaradi. Bu sayqallash vazifasini bajaradigan limon kislotasi bilan chambarchas bogʻliq[22][23].
Limonlar kamida 7 °C (45 °F) daraja haroratga muhtoj, shuning uchun ular mo''tadil iqlimda yil davomida chidamli bo'lolmaydi, ammo ular yetuklashgach qattiqroq va chidamliroq bo'ladi[24]. Sitruslar toʻlib toshgan novdalarni kesish orqali minimal kesishni talab qiladi, eng baland shoxlari esa buta oʻsishini ragʻbatlantirish uchun kesiladi[24]. Yoz davomida eng kuchli oʻsishning uchlarini chimchilash soyabonning yanada moʻl-koʻl rivojlanishini taʼminlaydi. Yetuk oʻsimliklar istalmagan, tez oʻsadigan kurtaklar („suv kurtaklari“ deb ataladi) hosil qilishi mumkinligi sababli, ular oʻsimlikning pastki yoki oʻrta qismidagi asosiy shoxlardan olib tashlanadi[24].
2020-yilda dunyoda limon ishlab chiqarish (hisobot uchun ohak bilan birgalikda) 21,4 million tonnani tashkil etdi[25]. Yuqori ishlab chiqaruvchilar – Hindiston, Meksika, Xitoy, Argentina, Braziliya va Turkiya – umumiy ishlab chiqarishning 65 % ni tashkil qiladi (jadval batafsil yoritilgan)[25].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.