Qoʻy — quvushshoxlilar oilasi qoʻylar turkumiga mansub juft tuyoq-li, kavsh qaytaruvchi uy hayvoni. Qoʻy bundan 8 ming yil avval xonakilashtirilgan. Uning ajdodi yovvoyi qoʻylar (muflonlar, arxar, arkallar) hisoblanadi. Mavjud kalta dumli qoʻy zotlari muflonlardan, uzun dumli qoʻy zotlari va yogʻli dumli qorakoʻl qoʻylari arxarlardan, dumbali (hisori, jaydari va shahrik.) qoʻylar arkallardan kelib chiqqan.
Qoʻy asrlar mobaynida inson hayotida muhim oziq-ovqat mahsuloti (goʻshti, yogʻi), kiyim-kechak (teri, juni) va boshqa sifatida katta rol oʻynagan. Tanasining balandligi 55—100 sm, uz. 60—100 sm. Koʻpgina zotlarda qoʻchqorlari yaxshi rivojlangan burama shoxli, sovliqlari shox-siz yoki kalta shoxli. Tumshugʻi toʻgʻri, uchi ingichkaroq lablari yupqa, serha-rakat, kurak tishlari oʻtkir, oyoqlari baquvvat. Voyaga yetgan Qoʻylarda 32 tish boʻladi. Tusi oq, qora, malla va koʻk. Mayin junli, yarim mayin junli va dagʻal junli (qarang Dagʻal junli qoʻylar, Mayin junli qoʻylar), kalta dumli (10—12 umurtqali), uzun dumli (20—22 umurtqali), dumli va dumbali Qoʻylarga boʻlinadi (qarang Dumbali qoʻylar, Dumli qoʻylar). Qoʻylar14—15 yil yashaydi. Xoʻjalikda 6 — 8 yil foydalanipadi. 5—7 oyligida jinsiy yetiladi. 15—18 oyligida qochirishga qoʻyiladi. Boʻgʻozlik davri 145-155 kun.
Koʻpgina Qoʻylardan bittadan, ayrimlaridan 2 tadan, ro-manov zotli qoʻylardan 5 va undan ortiq qoʻzi olinadi. Qoʻzilar 2–6 kg tugʻiladi. 2—4 yoshida oʻsishdan toʻxtaydi. Mayin junli Qoʻyning jun qoplami diametri oʻrtacha 18—25 mkm boʻlgan bir xildagi tivit tolalaridan, dagʻal junli Qoʻylarning jun qoplami diametri 100—200 mkm boʻlgan aralash dagʻal tolalardan iborat. Mayin junli Qoʻyning jun tolasi uz. 6—10 sm dan uzunroq, yarim mayin junli Qoʻylarda 10—20 sm va dagʻal junli Qoʻylarda 10—15 sm. Mayin junli Qoʻydan yiliga oʻrtacha 5—6, yarim mayin junli Qoʻydan 3—6 va dagʻal junli Qoʻylardan 1–4 kg jun olinadi. Mayin junli va yarim mayin junli Qoʻylarning juni yiliga bir marta, dagʻal junli Qoʻylarniki 2 marta — bahorda va kuzda qirqiladi. Qoʻchqorlarining ogʻirligi 60—180, sovliqlariniki 35–110 kg. Soʻyim chiqimi 45—60%. Qoʻylar tabiiy va mahalliy sharoitlarni hamda Qoʻy zotlarining oʻziga xos biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yaylovda (10—11 oy), yay-lovda-qoʻlda, qoʻlda-yaylovda va qoʻlda boqiladi.
Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan Qoʻylarni goʻshti, yogʻi, terisi va suti uchun boqadi. Uzoq asrlar mobaynida Oʻzbekistonda xalq seleksiyasida hisori qoʻy zoti, qorakoʻl qoʻy zoti va olimlar va chorvadorlar hamkorligida olib borilgan seleksiya — naslchilik ishlari natijasida bu zotning bir qancha zavod tiplari yaratildi.
Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ortiq turli yoʻnalishga mansub qoʻy zotlari urchitilib koʻpaytirilmoqda. Ulardan — askaniya qoʻy zoti, degeres qoʻyi, merinoslar, prekos, ram-bulye, romanov qoʻy zoti, saraji qoʻy zoti, Tojikiston qoʻy zoti, edilboy qoʻy zoti kabi zotlar goʻsht, jun yoʻnalishidagi eng sermahsul zotlar hisoblanadi. Oʻzbekistonda, asosan, qorakoʻl qoʻy zoti, dumbali hisori qoʻy zoti va dumbali jaydari qoʻylar boqiladi. Qoʻylar yaylovda boqilganda kuniga 8– 10 kg oʻt isteʼmol qiladi. Dagʻal ozu-qalar (pichan, silos) va boshqalarni yaxshi hazm qiladi. Yozda choʻl sharoitida ikki marta, qishda kunora sugʻoriladi (yana qarang Qoʻychilik).
Abdusattor Amirov.
Yana qarang
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.