Uy hayvonlari

From Wikipedia, the free encyclopedia

Uy hayvonlari
Remove ads
Remove ads

Barcha uy hayvonlari yovvoyi ajdodlaridan kelib chiqqan, lekin tashqi koʻrinishi, xulq-odati, mahsuldorligi bilan yovvoyi hayvonlardan farq qiladi. Bu farqlar odam koʻrsatgan taʼsir natijasidir. Koʻpdan-koʻp turga mansub yovvoyi hayvonlarning har xil tip, sinf, turkum, oilaga kiradigan bir qismigina xonakilashtirilgan. Uy hayvonlariga: qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, it, mushuk, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz, kaptar, asalari, ipak qurti va boshqalar kiradi. Akvarium va hovuzlarda koʻpaytiriladigan baʼzi baliqlar, koʻrkam qushlar (kanareyka, tovus) misol boʻladi. Katakda boqilayotgan maral „xoldor bugʻu“ tulki, oq tulki, suvsar, nutriya va boshqa yovvoyi hayvonlar ham xonakilashtirilmoqda.

Thumb
Ot
Thumb
Tovuq
Thumb
It

Dastlabki hayvonlar qachon va qayerda xonakilashtirilgani haqida, asosan, arxeologik, paleontologik maʼlumotlarga qarab xulosa chiqariladi.

Koʻpchilik hayvon zotlari odam ehtiyojiga qarab qoʻlga oʻrgatilgan. Odam dastlab ongsiz, keyinchalik maqsadga muvofiq ravishda hayvonlar mahsuldorligini oshirib bordi. Masalan yovvoyi tovuq yiliga 15 tuxum qilgan, hozir 300—365 ta gacha tuxum qiladigan tovuq zotlari bor; yovvoyi qoramol bir necha yuz kg sut bergan, hozir bir sigirdan oʻrtacha 3500–4000 kg sut sogʻib olinmoqda. Duragaylash, tanlash va saralash, mollarni ilgʻor zootexnika talablariga muvofiq parvarishlash bilan qishloq xoʻjaligi va sanoat talablarini qanoatlantiradigan yangi zotlar yetishtirilmoqda.

Remove ads

Yana qarang

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads