From Wikipedia, the free encyclopedia
Dashtobod — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlogʻi, 1937—74 yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974-yildan 1996 yilgacha Ulyanova, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh.dan 50 km. Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 25 ming kishi (2000). Shaharda paxta tozalash zdi, un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 5 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Sa-marqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.[1]
Dashtobod | |
---|---|
shahar | |
40°7′37″N 68°29′40″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Jizzax viloyati |
tuman | Zomin tumani |
Aholisi (2005) |
23 900 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99870 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.