From Wikipedia, the free encyclopedia
Katta Oʻzbekiston trakti — Oʻzbekistondagi umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan dastlabki eng yirik avtomobil yoʻli. Poytaxt Toshkentni mamlakatning eng janubiyda joylashgan Termiz shahar bilan bogʻlaydi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari aholisining tashabbusini eʼtiborga olib hamda Mirzachoʻlda yangi yerlar oʻzlashtirib, paxtazorlarga aylantirilishi, Samarqand viloyatida paxta va don yetishtirishni koʻpaytirish, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining togʻli tumanlari bilan transport aloqasini yaxshilash maqsadida 1940 y. respublika hukumati uz. 724 km boʻlgan Katta Oʻzbekiston traktini qurish toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgan (trakt qurilishiga qadar shu yoʻnalishda oʻtgan karvon yoʻllari mil. av. V asrdan maʼlum boʻlgan. XIX asrning 2-yarmidan 1940-yillargacha „Uyezd-pochta yoʻli“ nomi bilan atalgan).
Katta Oʻzbekiston trakti 1940—41-yillarda hashar usulida qurilgan, uni qurishda yoʻl boʻylab joylashgan 41 tuman mehnatkashlari qatnashgan. Trakt oʻz vaqtida respublikada eng yirik, shuningdek, eng shinam yoʻllardan biri boʻlib, Oʻzbekiston hududini shim.dan jan.ga kesib oʻtgan, 8 shahar va 6 yirik viloyatlar hududi orqali oʻtib, viloyatlar maʼmuriy markazlarini oʻzaro bogʻlagan, iqtisodiyotda muhim oʻrin tutgan.
1960—80-yillarda Oʻzbekistonda xalq xoʻjaligi va sanoatning rivojlanishi, transportga boʻlgan talabning oshishi, yoʻllarda harakat jadalligining keskin koʻpayishi natijasida koʻplab xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari qurildi. Mavjud yoʻllar esa talab darajasida qayta taʼmirlanib, kengaytirilib, yangidan titul raqam berilib qaytadan nomlandi.
Hozir sobiq Katta Oʻzbekiston trakti xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yoʻllarining ayrim qismlariga boʻlinib ketgan: M-34—"Toshkent-Dushanba" avtomagistralining Toshkentdan Xovosgacha qismi (160 km); A-376 — „Qoʻqon-KonibodomXoʻjand-Jizzax“ avtomagistralining Xovosdan Jizzaxgacha qismi (90 km); M-39 — „Olmaota-Bishkek-ToshkentSamarqand-Termiz“ (1475 km) avtomagistralining Jizzaxdan Termizgacha qismi (474 km). 90-y.lardan boshlab trakt yoʻnalishi xalqaro miqyosdagi magistral yoʻllarga aylandi, kengaytirilib, obodonlashtirildi, yoʻl boʻylarida koʻplab zamonaviy yonilgʻi quyish shoxobchalari, kemping-motellar, yoʻl-industriya korxonalari, chet ellar bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar barpo etildi.
Trakt chet mamlakatlar turistik tranzit aloqalarida ham muhim oʻrin tutadi. Yoʻldagi avtomobillarning kunlik qatnov jadalligi 10000—15000 avtomobilga teng . Tohirjon Mirzayev.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.