Vodoprovod tarmogʻi (rus. vodoprovod suv quvurlari), suv quvurlari tarmogʻi — suv taminotining asosiy qismlaridan biri; isteʼmolchilarga suv yetkazib beriladigan suv quvurlari va qurilmalari majmui. V. t. tashqi va ichki qismlarga boʻlinadi. Tashqi V. t. koʻcha (hovli) tarmogʻi deb ataladi; bu tarmoq quvurlari koʻchalar, yoʻllar, hovlilarda zovur qazib koʻmiladi. Ichki V. t. tashqi tarmoqdan tortib ketiladi. Ichki tarmoqqa koʻp qavatli turar joylar, xususiy uylar, jamoat binolari, korxonalarning i. ch. binolari quvurlari va b. kiradi. V. t. magistral va tarmoqlanuvchi xillarga ham boʻlinadi. Magistral V. t. suv bilan taʼminlanadigan hududning uzoqroq joylariga suv olib ketish uchun moʻljallanadi. Tarmoqlanuvchi V. t.dan ayrim mahalliy tarmoqdarga (uylar, hovlilar, jamoat binolariga) suv beri lad i. Aholi yashaydigan punktlarda yotqiziladigan V. tdagi suv bosimi 6 at dan oshmasligi lozim.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.