Dashtobod
Dashtobod — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlogʻi, 1937—74 yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974-yildan 1996 yilgacha Ulyanova, oʻsha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi Jizzax sh.dan 56 Km .Tumanning shimoli-sharqiy qismida, Turkiston tizmasining shim. togʻ oldi bilan Mirzachoʻl oraligʻidagi qad. karvon yoʻlida joylashgan. Aholisi 23 900 kishi (2005). Shaharda paxta tozalash Zavodi un kombinati, devor qoplama materiallari, lak-boʻyoq, qurilish, avtotransport korxonalari, notoʻqima mato tayyorlash firmasi, dehqon bozori, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mehmonxonalar, 5 umumiy taʼlim, sport maktablari, kasalxona, tugʻruqxona, sport majmuasi bor. Dashtoboddan Toshkent — Sa-marqand temir yoʻl va Katta Oʻzbekiston trakti kabi magistral yoʻllar oʻtgan. Zomin—Dashtobod suv kuvuri qurilgan.