From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksandr Rudolfovich Geynrix (1984-yil 6-oktyabrda tugʻilgan, Angren, Toshkent viloyati) — Asli nemis oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2018-yildan Qozogʻistonning „Aktobe“ klubini boshqarib kelmoqda. Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston chempioni. U 2002-2017-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan (108 o‘yin va 36 gol).
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Rudolfovich Geynrix | ||
Tavallud sanasi | 6-oktyabr 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Angren Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
Boʻyi | 182 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan. | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Doʻstlik | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001 | Doʻstlik | 12 | (0) |
2002 | Paxtakor | 23 | (9) |
2003-2004 | SSKA | 2 | (1) |
2005 | Paxtakor (Ijara) | 12 | (5) |
2006 | Torpedo | 21 | (0) |
2007-2011 | Paxtakor | 94 | (49) |
2011 | Suvon Samsung | 19 | (3) |
2012 | Emirates | 6 | (2) |
2012-2014 | Aktobe | 52 | (15) |
2014 | Lokomotiv Toshkent | 11, | (7) |
2015-2017 | Ordabasi | 58 | (13) |
Milliy terma jamoa | |||
2002-2017 | Oʻzbekiston | 98 | (31) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Professional faoliyatini 2001-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida boshlagan. 2002-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif etilgan boʻlib, 23 oʻyinda 9 ta gol urdi va 18 yoshida Oʻzbekiston chempioni boʻldi, shuningdek, 2001/02-yilgi Oʻzbekiston Kubogida gʻolib chiqdi.
2003-yilda u Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Moskvaning SSKA klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, 2003-yilda Rossiya chempioni boʻldi, garchi u atigi ikkita oʻyin oʻtkazgan boʻlsa-da, kumush medal sovrindori „Zenit“ darvozasiga gol urdi. Shuningdek, u Premer-liga kubogi, Rossiya kubogi va Rossiya Superkubogi bahslarida ishtirok etgan. Ammo 2003-yilgi Superkubok Moskvaning „Lokomotiv“iga penaltilar seriyasida yutqazilgan edi.
Keyinroq yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijara asosida yoʻl oldi[1] va 2005-yilda u bilan yana Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2006-yilgi mavsumni Moskvada „Torpedo“da oʻynagan.[2]
2007-yilda vataniga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida besh mavsum toʻp surdi. U klubi bilan uchinchi marta mamlakat chempioni, 2007 va 2009-yillarda yana ikkitadan Oʻzbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2011-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogidan soʻng 2011-yilning 26-fevralida Toshkentning „Paxtakor“ klubi Geynrix Janubiy Koreyaning K-Ligadagi „Suvon Blyuvings“ klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida o‘tganini eʼlon qildi.[3] U Suvon uchun K-ligadagi debyutida, 2011-yil 6-mart kuni „Seul“ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda gol urdi.[4][5] Aleksandr Suvon tarkibidagi debyut oʻynini 2011-yil 6-mart kuni K-League vakili FC Seoulga qarshi oʻtkazdi[6] va 2012-yil boshida u Amirliklarning „Emirates“ klubida oʻynadi.
2012-yil 14-iyunda Aktobe Geynrix bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[7] Geynrix ikki kundan soʻng „Aktobe“ning „Sunkar“ga qarshi oʻyinida (2:1) debyut qildi. „Aktobe“ bilan ikki yildan soʻng Geynrixning shartnomasi 2014-yilning 11-iyunida bekor qilindi.[8][9][10] Mavsumning ikkinchi qismida Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazdi.
2015-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubini tark etib, Geynrix oʻsha yilning fevral oyida „Ordabasi“ klubi bilan shartnoma imzolab, Qozog‘iston Premer-ligasiga qaytdi.[11][10]
2012-yilning yozida u qozogʻistonlik „Aktobe“ lageriga koʻchib oʻtdi.[12] Uch mavsumda u 52 oʻyin oʻtkazdi, 15 gol urdi va toʻliq medallar toʻplamini toʻpladi, 2014-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Yevropa ligasining 2013/14-yilgi mavsumida Kiyevning „Dinamo“siga qarshi o‘yinda u har bir o‘yinda bittadan gol urdi. Ammo 2014-yilning iyun oyida klub futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi.[13] Balki bunga Geynrix klubning eng koʻp maosh oluvchi legionerlari uchligidan joy olgani (yiliga 800 000 evro) va „Aktobe“ning endi bunday xarajatlarga klub budjeti toʻgʻri kelmagani sabab boʻlgandir.[14]
2015-yilning fevralida Geynrix Qozogʻistonning boshqa bir klubi „Ordabasi“ bilan shartnoma imzoladi.[15] 2017-yilgi mavsumda Geynrix bilan klub oʻz tarixida birinchi marta chempionat bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Lekin noyabr oyida oʻzbekistonlik futbolchi jamoani tark etdi.[16] Ammo yakunda uning ortidan murabbiy bo‘lish taklifi tushdi. 2018-yilning 15-mart kuni o‘zbekistonlik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Geynrix futboldagi faoliyatini yakunlab, Qozog‘istonning „Aktobe“ klubi murabbiy-seleksioneriga aylandi.[17][18]
U 17 yoshu 7 oy 8 kunligida O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi va jamoa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U 2002-yildan 2017-yilgacha terma jamoada oʻynagan.[19] U terma jamoa tarixida Maksim Shatskixdan (34 gol) keyin ikkinchi toʻpurar (32 gol) hisoblanadi. Shuningdek, oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha (98 oʻyin) kuchli beshlikka kirdi.[20]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Doʻstlik | 2001 | Oʻzbekiston Superligasi | 12 | 0 | - | - | - | 12 | 0 | |||||
Paxtakor Toshkent | 2002 | Oʻzbekiston Superligasi | 23 | 9 | - | - | 23 | 9 | ||||||
CSKA Moskva | 2003[22] | Rossiya Premer-ligasi | 2 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 |
2004[22] | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 0 | 0 | ||||
2005[22] | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | - | 0 | 0 | ||||
Umumiy | 2 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 | ||
Paxtakor Toshkent (Ijara) | 2005 | Oʻzbekiston Superligasi | 12 | 5 | - | - | 12 | 5 | ||||||
Torpedo Moskva | 2005 | Rossiya Premer-ligasi | 11 | 0 | - | - | - | 11 | 0 | |||||
2006 | 10 | 0 | - | - | - | 10 | 0 | |||||||
Umumiy | 21 | 0 | - | - | - | - | - | - | 21 | 0 | ||||
Paxtakor Toshkent | 2007 | Oʻzbekiston Superligasi | 26 | 16 | - | - | 26 | 16 | ||||||
2008 | 25 | 12 | - | - | 25 | 12 | ||||||||
2009 | 21 | 13 | - | 2 | 0 | - | 23 | 13 | ||||||
2010 | 22 | 11 | 1 | 1 | - | 3 | 1 | - | 26 | 13 | ||||
Umumiy | 94 | 49 | - | - | - | - | 94 | 49 | ||||||
Suwon Samsung Bluewings (Ijara) | 2011 | K League | 19 | 3 | 1 | 0 | - | 3 | 0 | - | 23 | 3 | ||
Emirates Club | 2011-12 | UAE Pro-League | 6 | 2 | 1 | 1 | - | - | - | 7 | 3 | |||
Aktobe | 2012 | Qozog‘iston Premer-ligasi | 13 | 6 | 4 | 1 | - | 5 | 1 | - | 22 | 8 | ||
2013 | 26 | 6 | 3 | 0 | - | 7 | 1 | - | 36 | 7 | ||||
2014 | 13 | 3 | 2 | 0 | - | 0 | 0 | - | 15 | 3 | ||||
Umumiy | 52 | 15 | 9 | 1 | - | - | 12 | 2 | - | - | 73 | 18 | ||
Lokomotiv Toshkent | 2014 | Oʻzbekiston Superligasi | 11 | 7 | 1 | 0 | - | 0 | 0 | - | 11 | 7 | ||
Ordabasy | 2015 | Qozog‘iston Premer-ligasi | 22 | 3 | 1 | 0 | - | 2 | 0 | - | 25 | 3 | ||
2016 | 20 | 10 | 2 | 0 | - | 2 | 1 | - | 24 | 11 | ||||
2017 | 16 | 0 | 2 | 0 | - | 0 | 0 | - | 18 | 0 | ||||
Umumiy | 58 | 13 | 5 | 0 | - | - | 4 | 1 | - | - | 67 | 14 | ||
Umumiy faoliyat | 310 | 104 | - | - | - | - | 310 | 104 |
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2002 | 2 | 0 |
2003 | 5 | 2 |
2004 | 7 | 4 |
2005 | 6 | 2 |
2006 | 6 | 2 |
2007 | 9 | 3 |
2008 | 8 | 1 |
2009 | 4 | 2 |
2010 | 7 | 4 |
2011 | 14 | 6 |
2012 | 9 | 2 |
2013 | 7 | 0 |
2014 | 0 | 0 |
2015 | 3 | 2 |
2016 | 7 | 1 |
2017 | 4 | 0 |
Umumiy | 98 | 31 |
2017-yil 5-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[21]
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2 April 2003 | Dinamo Stadium, Minsk, Belarus | Belarus | 2-2 | 2-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 20 August 2003 | Skonto Stadium, Riga, Latvia | Latviya | 3-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
3. | 22 July 2004 | Chengdu Longquanyi Football Stadium, Chengdu, Xitoy | Saudiya Arabistoni | 1-0 | 1-0 | 2004 AFC Asian Cup |
4. | 30 July 2004 | Chengu Longquanyi Football Stadium, Chengdu, Xitoy | Bahrayn | 1-0 | 2-2 (3–4 p) | 2004 AFC Asian Cup |
5. | 13 October 2004 | King Abdullah II Stadium, Amman, Iordaniya | Iroq | 2-0 | 2-1 | 2006 FIFA World Cup qualification |
6. | 17 November 2004 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Xitoy Taypeyi | 1-0 | 6-1 | 2006 FIFA World Cup qualification |
7. | 25 March 2005 | Al-Sadaqua Walsalam Stadium, Al-Quvayt, Quvayt | Kuvayt | 1-2 | 1-2 | 2006 FIFA World Cup qualification |
8. | 30 March 2005 | Seoul World Cup Stadium, Seul, Koreya Respublikasi | Janubiy Koreya | 1-2 | 1-2 | 2006 FIFA World Cup qualification |
9. | 22 February 2006 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Bangladesh | 1-0 | 5-0 | 2007 AFC Asian Cup qualification |
10. | 4-0 | |||||
11. | 11 March 2007 | Hojimuqon Munaitpasov nomidagi markaziy stadion, Astana, Qozogʻiston | Qozogʻiston | 1-1 | 1-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
12. | 18 July 2007 | Shah Alam Stadium, Shah Alam, Malaysia | Xitoy | 3-0 | 3-0 | 2007 AFC Asian Cup |
13. | 22 August 2007 | Valeriy Lobanovskyi Dynamo Stadium, Kyiv, Ukraine | Ukraina | 1-2 | 1-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
14. | 7 June 2008 | MHSK stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Singapur | 1-0 | 1-0 | 2010 FIFA World Cup qualification |
15. | 14 November 2009 | JAR Stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Malayziya | 2-0 | 3-1 | 2011 AFC Asian Cup qualification |
16. | 3-0 | |||||
17. | 25 May 2010 | Vazgen Sargsyan Republican Stadium, Yerevan, Armenia | Armaniston | 1-3 | 1-3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
18. | 7 September 2010 | A. Le Coq Arena, Tallinn, Estonia | Estoniya | 2-1 | 3-3 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
19. | 12 October 2010 | Bahrain National Stadium, Manama, Bahrain | Bahrayn | 2-0 | 4-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
20. | 25 December 2010 | Zabeel Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | Bahrayn | 1-0 | 1-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
21. | 16 January 2011 | Thani bin Jassim Stadium, Doha, Qatar | Xitoy | 2-1 | 2-2 | 2011 AFC Asian Cup |
22. | 28 January 2011 | Jassim Bin Hamad Stadium, Doha, Qatar | Janubiy Koreya | 1-3 | 2-3 | 2011 AFC Asian Cup |
23. | 2-3 | |||||
24. | 23 July 2011 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Qirgʻiziston | 1-0 | 4-0 | 2014 FIFA World Cup qualification |
25. | 11 October 2011 | Yanggakdo Stadium, Pyongyang, Shimoliy Koreya | Shimoliy Koreya | 1-0 | 1-0 | 2014 FIFA World Cup qualification |
26. | 15 November 2011 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Tojikiston | 3-0 | 3-0 | 2014 FIFA World Cup qualification |
27. | 7 September 2012 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Kuvayt | 2-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
28. | 3-0 | |||||
29. | 3 September 2015 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Yaman | 1-0 | 1-0 | 2018 FIFA World Cup qualification |
30. | 12 November 2015 | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Shimoliy Koreya | 2-1 | 3-1 | 2018 FIFA World Cup qualification |
31. | 1 September 2016 | Milliy stadion, Toshkent, Oʻzbekiston | Suriya | 1-0 | 1-0 | 2018 FIFA World Cup qualification |
2017-yil 25-avgust holatiga koʻra toʻgʻri[23][24] |
Xalqaro
Millati nemis. Uylangan. 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi vaqtida Aleksandr Geynrix oilasida qiz tugʻildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.