Tropik tibbiyot
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tropik tibbiyot — bu tibbiyotning fanlararo boʻlimi hisoblanib, u tropik va subtropik mintaqalarda yuzaga keladigan, keng tarqalgan yoki nazorat qilish qiyinroq boʻlgan sogʻliq muammolari bilan shugʻullanadi[1].
Bu sohadagi shifokorlar keng tarqalgan turli kasalliklar aniqlaydilar va davolashadi. Ular yuqadigan infektsiyalarning aksariyati tropik mintaqalarga xosdir. Ulardan eng mashhurlari bezgak, OIV / OITS va sil hisoblanadi. Ulardan Chagas kasalligi, quturish va dang kabi 18 ta tropik kasalliklar haqida maʼlumotlar keng tarqalgan. Rivojlanmagan tropik mamlakatlarda yomon turmush sharoiti yuqumli boʻlmagan kasalliklar sonining koʻpayishiga olib kelgan. Bu kasalliklarga saraton va yurak-qon tomir kasalliklari kabilar kiradi. Ular ilgari rivojlangan mamlakatlarda koʻproq tashvish tugʻdirgan. Tropik tibbiyot sohasida oʻqigan shifokorlar ham ushbu kasalliklarni tashxislash va davolashga tayyor boʻlishlari kerak[1].
Tropik tibbiyot boʻyicha ixtisoslashmoqchi boʻlgan shifokorlar uchun mashgʻulotlar turli mamlakatlarda juda farq qiladi. Ular epidemiologiya, virusologiya, parazitologiya, statistikani va oddiy tibbiyot fanlari doktori uchun zarur boʻlgan bilimlarni oʻrganishlari kerak. Tropik kasalliklar va ularni qanday davolash boʻyicha tadqiqotlar dala tadqiqoti markazlaridan, asosan harbiy tibbiyotdan olinadi[2].
Ser Patrik Menson tropik tibbiyotning otasi sifatida tan olingan. U 1899-yilda Londondagi gigiena va tropik tibbiyot maktabiga asos solgan[3]. U fil kasalligini odamlarga yuqtirgan tashuvchini kashf etgan. U bu tashuvchi filaria sanguinis hominis deb nomlangan mikroskopik nemotoda qurti ekanligini aniqlaydi. U qurtni va uning hayot aylanishini oʻrganishni davom ettirdi va qurtlarning urgʻochi culex fatigans chivinlari metamorfozga uchraganligini aniqlaydi. Ushbu kashfiyotdan soʻng, u bezgakning chivin vektori orqali yuqishini tekshirish uchun Ronald Ross bilan hamkorlik qiladi. Uning tashuvchilar orqali kasallikni yuqtirish usullarining kashf qilishi tropik tibbiyotning asosini yaratishda va koʻplab tropik kasalliklar haqidagi hozirgi tushunchalar shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan[3].