Qasoskorlar: Intiho
2019-yilda Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan superqahramon film / From Wikipedia, the free encyclopedia
Qasoskorlar: Intiho (inglizcha: Avengers: Endgame) — 2019-yili katta ekranlarga chiqarilgan, Marvel Comics nashriyoti tomonidan chiqarilgan Qasoskorlar nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan superqahramonlar haqidagi AQSh filmi boʻlib, Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. Ushbu film 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar, 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron erasi va 2018-yilda ishlangan Qasoskorlar: Cheksizlik jangi filmlarining davomi boʻlib, kartina Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning The Infinity Saga da final qismi boʻlgan 22chi badiiy filmi hisoblanadi.[6] Film rejissori Anthony va Joe Russo, ssenariy mualliflari Christopher Markus va Stephen McFeely hamda film yulduzlari Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Bradley Cooper va Josh Brolin. Film voqealariga koʻra, Qasoskorlarning omon qolgan aʼzolari Thanosning Abadiyat Jangi da keltirgan zararini bekor qilish uchun harakat qilishadi.
Qasoskorlar: Intiho | |
---|---|
Avengers: Endgame | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) |
Anthony Russo Joe Russo |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) |
Christopher Markus Stephen McFeely |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Alan Silvestri |
Kinematografiya | Trent Opaloch |
Muharrir(lar) | |
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 181 daqiqa[2] |
Mamlakat | AQSh[3] |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $356 million[4] |
Daromadi | $2,797 milliard[5] |
Film Qasoskorlar: Abadiyat Jangi — 2-qism nomi bilan 2014-yil oktabr oyida eʼlon qilindi. Aka-uka Russolar 2015-yilning aprelida film rejissori boʻlishi maʼlum boʻldi va may oyiga kelib, Markus va MakFeely filmni suratga olishga kirishdilar. 2016-yil iyul oyida Marvel filmning nomini Nomsiz Qasoskorlar ga oʻzgartirdi. Filmning suratga olish jarayonlari 2017-yil avgustda Georgiaʼning Fayette tumanidagi Pinewood Atlanta Studiosʼda boshlandi va 2018-yil yanvarida yakuniga yetdi. Bundan tashqari, Metro va Downtown Atlanta va New Yorkda qoʻshimcha sahnalar suratga olindi. Shuningdek, filmning soʻnggi nomi 2018-yilning dekabrida maʼlum qilingan.
Film premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga 3D va IMAX formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $2.797 milliarddan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa ikkinchi eng yuqori daromadli film boʻldi. Birinchi oʻrinda esa Avatar filmi turibdi.