![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/60/Scarlett_Johansson_by_Gage_Skidmore_2_%2528cropped%2529.jpg/640px-Scarlett_Johansson_by_Gage_Skidmore_2_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Scarlett Johansson
From Wikipedia, the free encyclopedia
Scarlett Ingrid Johansson (talaffuzi: Skarlett IIngrid Yohansson; 1984-yil 22-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. 2021-yilda Time jurnalining jahondagi 100 nafar eng nufuzli shaxs roʻyxatiga kiritilgan. Uning ishtirokidagi filmlar umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $14,3 milliard ishlab topgan. Koʻplab yutuqlarga, jumladan, Tony va BAFTAga sazovor boʻlgan.
Scarlett Johansson | |
---|---|
![]() Johansson San Diego Comic-Conda (2019) | |
Tavalludi |
Scarlett Ingrid Johansson 22-noyabr 1984-yil (1984-11-22) (39 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi |
Aktrisa qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1994 – hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 1 |
Qarindoshlari | Ejner Johansson [en] (buvasi) |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Johansson Nyu-York shahrining Manhattan borosida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida aktrisa boʻlishni orzu qilgan. Kinodagi debyutini North (1994) nomli kinokomediya bilan boshlagan. Manny & Lo (1996), The Horse Whisperer (1998) va Ghost World (2001) filmlaridagi rollari unga shuhrat keltirgan. Lost in Translation (2003) filmidagi roli ortidan „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA bilan taqdirlangan. Keyinchalik, Girl with a Pearl Earring (2003), A Love Song for Bobby Long (2004), Match Point (2005), The Prestige (2006) va Vicky Cristina Barcelona (2008) kabi kinokartinalarda suratga tushgan. Bundan tashqari, Johanssonning Anywhere I Lay My Head (2008) va Break Up (2009) albomlari Billboard 200 xit-paradidan oʻrin olgan.
Johansson OAVda Hollywoodning seks-ramzi va jahondagi eng dilbar ayollardan biri sifatida izzatlangan. Filantrop oʻlaroq bir necha xayriya loyihalarida qatnashgan. 2008-yilda kanadalik aktyor Ryan Reynolds bilan turmush qurib, 2011-yilda ajrashgan; 2014-yilda fransiyalik biznesmen Romain Dauriac bilan turmush qurib, 2017-yilda ajrashgan; 2020-yilda qiziqchi Colin Jost bilan turmush qurgan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/89/ScarlettJohanssonFeb2009.jpg/320px-ScarlettJohanssonFeb2009.jpg)