Los-Anjeles
From Wikipedia, the free encyclopedia
Los Angeles (Los Anjeles) (inglizcha: Los Angeles, ispancha: Los Ángeles, shuningdek, va — Farishtalar shahri nomlari bilan mashhur) — AQSHning Kaliforniya shtatidagi eng yirik shahar. Shahar ichida yashovchi 3.9 million aholi hisobiga Los Angeles AQSHda Nyu York shahridan keyingi eng yirik shahar hisoblanadi. Shahar Janubiy Kaliforniya mintaqasining tijoriy, moliyaviy va madaniy markazidir. Los Angeles O'rtayer dengizi iqlimiga, etnik va madaniy jihatdan rang-barang aholiga ega va shaharni keng miqyosli metropoliya o'rab turadi.
Los Angeles | |
---|---|
Shahar | |
34°02′0″N 118°16′0″W | |
Mamlakat | AQSh |
Hukumat | |
• Mer | Karen Bass D |
Asos solingan | 4-senytabr, 1781-yil |
Maydon | 1,299.01 km2 (501.55 kv mi) |
Markazi balandligi | 93 m |
Aholisi | 3,898,747 |
Zichligi | 3,206.29 kishi/km2 |
Shaharning asosiy qismi Janubiy Kaliforniya basseynida joylashgan bo'lib, g'arbda Tinch okeaniga tomon, Santa Monica tog'lari orqali shimolda San Fernando vodiysigacha, sharqda esa San Gabriel vodiysigacha cho'zilgan. Hududi 1,210 km2 bo'lgan shahar[1] Los Angeles okrugi markazidir va ushbu okrug 9.86 million aholisi bilan AQSHdagi eng ko'p aholi istiqomat qiluvchi okrug hisoblanadi. 2019-yilda 4.6 million sayyohlar bilan shahar tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha AQSHda uchinchi o'rinda turadi.
Los Angeles hududida avvaliga mahalliy Tongva qabilalari istiqomat qilgan bo'lib, keyinchalik 1542-yilda Juan Rodríguez Cabrillo hududni Ispaniya mulki deb e'lon qilgan. 1781-yil 4-sentyabrida ispan gubernatori Felipe de Neve idorasi ostida Yaanga qishlog'i hududida shaharga asos solingan.[2] Meksika mustaqillik urushidan so'ng, 1821-yilda shashar Meksika imperiyasining bir qismiga aylandi. 1848-yilda, Meksika-Amerika urushi yakuniga yetishi bilan Los Angeles va Kaliforniyaning boshqa qismlari Guadelupe Hidalgo shartnomasiga ko'ra AQSH tomonidan xarid qilindi va Qo'shma Shtatlarning bir qismiga aylandi. Los Angeles 1850-yil 4-aprelda, Kaliforniyaga shtat maqomi berilishidan besh oy oldin munitsipal maqomni qo'lga kiritdi. 1980-yillarda hududda neft topilishi shaharning shiddat bilan o'sishiga sabab bo'ldi.[3] 1913-yilda shaharga Sharqiy Kaliforniyadan suv olib kelish uchun mo'ljallangan Los Angeles Akveduktining qurib bitkazilishi shaharning yanada shiddat bilan o'sishiga olib keldi.
Los Angeles iqtisodiyoti xilma-xil va ulardan eng mashhuri Hollywood kino sanoatidir. Shaharda shuningdek Amerika qit'asidagi eng tirband konteyner portlaridan biri joylashgan.[4][5][6] 2018-yilda Los Angeles metropoliten hududining yalpi ichki mahsuloti $1.0 trillionni tashkil qilib, shahar bu ko'rsatkich bo'yicha jahonda uchinchi o'rinni egalladi.[7] Los Angeles 1932- va 1984-yillarda Yozgi olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qildi va 2028-yilgi O'yinlarga ham mezbonlik qiladi. So'nggi yillarda, Kaliforniya shtati miqyosidagi qurg'oqchiliklar shaharda ham, Los Angeles okrugida ham ichimlik suvi xavfsizligi bilan bog'liq xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.[8][9]