Amerika (qitʼa)
qitʼa From Wikipedia, the free encyclopedia
qitʼa From Wikipedia, the free encyclopedia
Amerika — ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa[2][3][4]; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km2. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021)[1]. Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili 10—11-asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan[5].
Maydoni | 42 549 000 km2 |
---|---|
Aholisi | 1,2 milliard[1] |
Aholi zichligi | 22,67/km2 |
Etnoxoronim | amerikalik |
Davlatlar | 35 |
Tillar | ispancha, inglizcha, portugalcha, fransuzcha va boshqalar |
Vaqt mintaqalari | UTC−10:00 dan UTC gacha |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.